B A X Í T L A N D I Y A 🛸
314 subscribers
2.78K photos
379 videos
70 files
747 links
Психология, жеке раўажланыў ҳаққында Гүлзада Өтениязовадан📎
@Grace_Gulzadaa
Download Telegram
Forwarded from MUZAFFAR VAKKOSOV
Muammolar faqat muammodan alohida "men" mavjud bo'lganda paydo bo'lishi mumkin. Agar modda, ya'ni kuzatuvchi va kuzatilgan narsa bir xil deb hisoblansa, muammo va muammoni boshdan kechiruvchi birlashadi va u yo'qoladi.

📚 "Kvant ongi" kitobidan.



* Atrofingizda sizga nisbatan sodir bo'layotgan barcha voqealar aslida sizniki, ya'ni sizga kerakli. Ularga men munosib emasman deyishlik bu ularga "muommo" degan nom qo'yishlikka sabab bo'ladi.
Qachonki, biz har bir vaziyat bejiz bo'lmasligini, asosiysi ulardan saboq olishimiz kerakligini tushunish darajasiga chiqsak, hayotimizda aslida muommolar yo'q ekanini anglaymiz.

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Forwarded from MUZAFFAR VAKKOSOV
O'zbekiston dunyodagi kitob eng arzon bo'lgan davlatlardan biri. Rivojlangan davlatlardan deyari 10 barobar, Rossiyadan 5 barobar, hatto qo'shni Qozogʻistondan ham 3 barobar arzon bizdagi kitob narxlari.

Insonning bu dunyoda mavjudligining birlamchi mohiyati bu ongini rivojlantirish va shu orqali ruhini poklashga erishishdir.

Endi bir o'ylab ko'raylik da, hatto bir oyda atigi bitta kitob uchun, ya'ni asl missiyamiz uchun topgan pullarimizni arzimagan bir qismini ham sarflashni istamasak va ilmdan pul qizgʻonsak. Xo'sh biz nega yashamoqdamiz o'zi?!

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Forwarded from MUZAFFAR VAKKOSOV
Ko'rinmas olam dengizga o'xshaydi, unda juda ko'plab mavjudliklar bor, lekin oddiy odam o'z cheklangan ongi bilan buni ko'rmaydi. Donishmand inson esa, aynan shu oddiy odam ko'rmaydigan narsalarni ko'ra olishi bilan ajralib turadi. Ammo donishmand ham ko'rinmas olamdagi hayotlarga aralasholmaydi.

✍️ Mir Said Baraka
(Bu inson Payg'ambarimiz S.A.V avlodlaridan. O'z davrining eng buyuk Sofiysi, 30 yildan ortiq vaqt Amur Temurga ruhiy ustoz bo'lganlar)

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Forwarded from MUZAFFAR VAKKOSOV
B A X Í T L A N D I Y A 🛸
Ko'rinmas olam dengizga o'xshaydi, unda juda ko'plab mavjudliklar bor, lekin oddiy odam o'z cheklangan ongi bilan buni ko'rmaydi. Donishmand inson esa, aynan shu oddiy odam ko'rmaydigan narsalarni ko'ra olishi bilan ajralib turadi. Ammo donishmand ham ko'rinmas…
Agar shu postni avtori nomisiz yozganimda, ko'p ehtimol ba'zilar meni yana hayolparastga chiqarar edi. To'g'rimi? 🙋‍♂

Bir necha yillardan beri o'zbek xalqini turli ijtimoiy tarmoqlardagi, turli mavzudagi Video va postlarga munosabatlarini kuzatib kelaman. Shu narsani tushunganmanki xalqimizni juda katta qismi uchun siz so'zlayotgan so'zlar mohiyati emas, siz o'zingizni kimligingiz muhim. Agar siz rost gapirayotgan bo'lsangiz ham lekin Yolgʻon gapirayotgan obroʻli insondan mashhur boʻlmasangiz, uni haq sizni esa nohaq deb bilishadi!

Balki, bu ham qaysidir ma'noda bunday insonlarni ongi hali moddiyatdan yuksalmaganlik belgisidir?!
Chunki obroʻ va mashhurlik ham moddiyatdir. Kimda u ko'p bo'lsa shunga ishoniladi!
Ongi yuksalgan insonlar esa, so'zlovchidan ko'ra so'zlarni mohiyatiga e'tibor berishadi va uning zamiridagi haqiqatlarni anglay olishadi.

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Forwarded from MUZAFFAR VAKKOSOV
Ruhiy darajangizdan yuqori bo'lgan boylik yoki lavozim ruhingizni kasal qiladi!

Shu bois, yoki barchasida parallel ravishda yuksalib borishingiz kerak, yoki avval ruhan yuksalib, so'ng katta masuliyatlarni o'z yelkangizga olishingiz kerak. Shunda ruhingizni yeriy jarayonlar yenga olmaydi.

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Forwarded from MUZAFFAR VAKKOSOV
Tengdoshlariga nisbatan tez qarib ketishni sababi nimada?


Atrofni kuzatsak, kimlardir o'z yoshiga nisbatan ancha qariroq ko'rinadi, kimdir esa, yoshroq. Ayniqsa yoshi taxminan 40 ga yaqinlashgan tengdoshlarni kuzatsangiz birini ikkinchisida yoshida katta farq bordek ko'rinadi. Chunki ular allaqachon hayotining yarmini katta va kurashga boy hayotda o'tkazgan bo'ladi.

Tana bu inson ruhiyatini o'zida aks ettiruvchi moddiylashgan kiyim misolidir.
Har bir inson hayotida ko'plab ijobiy va salbiy voqealaarni boshdan kechiradi. Agar qachonki, odam har bir voqelikka his tuygʻu darajasida tasirlanaversa, uning nozik qatlami yeriy jarayonlardan ortirilgan informatsion omborga aylanib qoladi. Bu ichki ombordagi tartibsizlik va negativlar keyin ruhiy holatni o'zida aks ettiruvchi tana hujayralarini shunga mos ravishda doimiy shakillantiririb boradi.

Har qanday biologik jarayonni hayotiyligi cheklangan bo'ladi. Shu qatori odam tanasining ham bosib o'tishi yo'llari cheklangandir. Qachonki odam qanchalik har bir jarayonga ta'sirlanaversa, u shunchalik hujayralarini hayotiylik davriyligini vaqt energiyasi ichida qisqartirayotgan bo'ladi. Qachonki odam hotirjam va negativ his tuygʻularga berilmay hayot kechirishni uddalasa, u hujayralarini hayotiylik bosqichlarini sekinlashtira oladi.

Buni elektron qurilmani ishlash davriyligiga ham qiyoslash mumkin. Agar uni tinmay ishlatsangiz tez buziladi. Agar ortiqcha yuklanishlarsiz ishlatilsa ko'p vaqt xizmat qiladi. Chunki vaqt bu nisbiy energiya. Hujayralarini yashash davriyligi ham, ularga berilgan vazifa va bosqichlarni qanchalik tigʻiz bajartirishga urinishimizga qarab, vaqt ichida qisqarishi va kengayishi mumkin.

Bu degani g'amlarsiz yashash bu hech nimaga urinmay, harakatsiz g'orga kirib yashash degani emas. Jarayonlarning Buyuk boshqaruvchisi bor ekanini anglagan holda asl bandalik darajamizni qabul qilishimiz kerak degani.
Qachonki asl Taslimiyatni anglasangiz. Endi siz g'ayratsiz va lanch bo'lib qolmaysiz. Aksincha endi avvalgidan ham kattaroq ishlarga qodir insonga aylanasiz. Chunki avval o'zingizdagi narsalarni "meniki" deb bilardingiz va boridan ham ayrilishdan qo'rib ko'plab ishlardan cho'chirdingiz. Taslimiyatga kirganingizda hayotingizdagi keskin oʻzgarishlar sizni havotirga solmaydi va hotirjam insoniyat uchun foydali ishlarni amalga oshira olasiz.

Qani endi anglasangiz edi, Taslimiyat bu ham uzoq umr, ham sog'liq, ham muvaffaqiyat, ham baxt, ham katta ishlar va uning ortidan keladigan katta pullar kaliti ekanini. Hayotingizni Xudo yaratgan tizimni o'zgartirishga urinib, U bilan kurashishga emas, Uning sevimli bandasi bo'lgan holda U istagan ezgulik ishlarini mazza qilib bajargan holda yashashga sarflardingiz!



#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1