BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
200 subscribers
6.25K photos
1.14K videos
151 files
3.57K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Forwarded from 𝐎𝐲𝐛𝐞𝐤​
#Bekobod_tumani
#uyma_uy🏘

📍Bekobod tumanidan boshlangan xonadonlarni uyma-uy xatlovdan o‘tkazish jarayonlari bugun ham dolzarblik bilan davom etmoqda.
⚡️Bugun tongdan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig'i R.Raimov tomonidan xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish jarayonlarini sifatli tashkil qilish maqsadida 80 nafar malakali davlat soliq xizmati organlari xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda mahalla raislari va ko‘cha boshlari jalb qilinib, ularga xatlov jarayonlarini olib borish bo‘yicha kerakli tushuntirishlar berildi hamda aholi bilan xushmuomala bolgan holda ishni tashkil qilish zarurligi uqtirildi.
📝Albatta, DSB boshlig'i boshchiligida tashkil etilgan ushbu ishchi guruhi tomonidan bugunning o'zida tumanning 4 ta Farxod, Turon, Saryuz va Bo'ston mahallalarida joylashgan 2125 ta xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish rejalshtirilmoqda.
Tashkil qilingan ishchi guruhi xatlov jarayonlarini sifatli olib borishi uchun har bir mahallaning har bir kochasi boyicha taqsimlanib, hozirda esa ular aholi orasida xatlov ishlarini olib bormoqda.
🗒Darhaqiqat, ushbu xatlov jarayonlari orqali har bir xonadondagi muhit ko'zdan kechirilmoqda, ularning ijtimoiy ahvoli o`rganilmoqda va uni yaxshilash maqsadida ish bilan ta‘minlash hamda daromadini oshirish bo'yicha talab va takliflari hamda ularning bu boradagi qiziqishlari o'rganilmoqda.
📌Zero, xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladi.

✍️Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi
👉@soliq_bekobod_t