BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
204 subscribers
6.25K photos
1.14K videos
151 files
3.57K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
#Bekobod_tumani

#Konferentsiya

Bekobod tumani Zafar shaharchasida O'zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi Toshkent viloyati bo'limining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda Assotsiatsiyaning Toshkent viloyati bosh treneri, bosh hakami va trenerlari ishtirok etdilar.

Tashkil etilgan konferentsiyada Kikboksing assotsiatsiyasi Toshkent viloyati bo'limida 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kuzatilgan xato, kamchiliklar tahlil qilindi hamda o'tkazilishi kutilayotgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko'rish masalasi ko'tarildi.

Shu o'rinda konferentsiya yakunida, 2020 yilda nufuzli musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan va mazkur sport turining rivojlanishiga o'zining hissasini qo'shgan murabbiylarga "Faxriy murabbiy" ko'krak nishonlari topshirildi.

Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati