BMTI YANGILIKLAR
519 subscribers
1.86K photos
118 videos
4 files
450 links
Download Telegram
🏛️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Energetika fakulteti tyutori Rizayeva Dilnoza G'iyozovna, 601-22 EEE guruh talabalari va fakultet Yoshlar yetakchi To'rayev Shohjahon bilan birgalikda
🏢Buxoro shahar “Bolalar muruvvat va internat uyi”ga tashrif buyurishdi. Bolalarni madaniy xordiq chiqarish maqsadida, ularga "Qizaloq va Maymoq"sahna ko'rinishi namoyish etildi.
📌Insonga e’tibor — butun xalqqa, jamiyatga, mamlakatga e’tibor demakdir. Insonlarning dard-u tashvishlarini o‘ylab yashash odamiylikning eng oliy mezoni.
🏢4-may kuni 2-son TTJ “To’qimachilik   va charm sanoat” fakulteti “Charm  buyumlari  texnologiyasi  va  dizayni”  kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Inson aziz, xotira muqaddas” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda TCHSF” dekani prof. Z.SH.To‘xtayeva, dekan o‘rinbosarlari va institut YBIva MM bo’limi boshlig’i Sh.Ochilov va TTJ talabalari ishtirok etishdi.   
📎Ushbu tadbir institutimizda faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchi  xotirasiga bag‘ishlandi. Ta’kidlash joizki, Vatanimizning ertangi kuni, kelajagi bo‘lmish, bizning tayanchimiz va suyanchimiz bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash, farzandlarimizga zamonaviy bilim berish va ularni haqiqatan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish eng ustuvor vazifamiz ekanini hech qachon unutmasligimiz darkor. 
🏛️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Toʻqimachilik va charm sanoati”fakulteti tyutori E.Elbekova, hamda “Neft-gaz texnologiyasi” fakulteti tyutori S.Sharipovalar boshchiligida
⚽️Sportning mini futbol turidan talabalar oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil etishdi. Natijalarga koʻra “Toʻqimachilik va charm sanoati” fakulteti gʻoliblikni qoʻlga kiritib, talabalarga tyutorlar tomonidan esdalik sovgʻalar va diplom taqdim etildi.
Forwarded from UTG.UZ
Давлат раҳбарининг “Олий маълумотли мутахассислар тайёрлаш сифатини оширишда иқтисодиёт соҳалари ва тармоқларининг иштирокини янада кенгайтириш чора тадбирлари тўғрисидаги”ги қарорида юқори савияли кадрлар тайёрлашнинг сифатини оширишда фан, таълим ва ишлаб чиқариш интеграцияси таъминланиши кўзда тутилган.

Шу мақсадда Газли МГҚБ ҳамда Бухоро муҳандислик-технология институти ўртасида инновацион корпоратив ҳамкорлик йўлга қўйилган. Унинг доирасида институт талабалари, илмий изланувчилари учун корхонада амалиёт базаси ташкил этилган. Куни кеча таълим муассасаси педагог ходимлари ва талабалардан иборат гуруҳ заводда бўлишди, бу ерда бажариладиган технологик жараёнлар билан танишди. Компрессор станциялари, агрегатлар ҳамда диспетчерлик пультларини кўздан кечириб, зарур маълумотларга эга бўлишди.

UTG.UZ|Facebok|Instagram|YouTube|Telegram