BMTI YANGILIKLAR
519 subscribers
1.86K photos
118 videos
4 files
450 links
Download Telegram
📌OIV VA OITS - XAVFLI KASALLIK
Butun jahonda millionlab insonlarning umriga zomin bo‘layotgan, ko‘plab oilalarning tinchligini buzayotgan va shu bilan birgalikda dunyodagi davlatlar iqtisodiga katta zarar yetkazayotgan OIV infeksiyasi o‘zining oqibatlari bilan insoniyatning eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda. OITS xastaligi alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish maqsadida "Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi" kafedrasi katta o‘qituvchisi Hikmatov N. I. talabalar o‘rtasida “1-dekabr Butun jahon oitsga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “OIV VA OITS - XAVFLI KASALLIK” mavzusida tadbirda o‘tkazdi. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan mavzuga doir plakatlar ko‘rgazmasi va slaydlar namoyish etildi.
Бухоро муҳандислик -технологияси институти "Пахта ва енгил саноат технологиялари" факултети 316-22 ТДИ гурух талабалари ва тьтютор М.Хамидова , декан муовини Ҳ.Қувватов ҳамда Коррупция бўлим бошлиғи К. Абдуллаев, Ш. Зайниевлар хамкорлигида “Коррупция – мамлакат тараққиётига тўсиқ бўладиган иллат” мавзусида давра суҳбати ўтказилди. Дарҳақиқат, коррупция ҳар қандай жамиятнинг иқтисодий, ижтимоий, маънавий ҳаётига хавф соладиган, қолаверса, мамлакат тараққиётига тўсиқ бўладиган иллатдир.
⚡️⚡️⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Arxitektura-qurilish” fakulteti Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi professor - o‘qituvchilari va tyutorlari tomonidan koʻngli yarim talabalar holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy jihatdan yordam berish ishlari boshlab yuborildi.
📌Jumladan, 510-20  BIQ guruh talabasi I - guruh nogironi bo’lgan Barnoyev Shohijhon, 534-21 ARX guruh talabasi Rayimberdiyev Jahongir, 524-21DPM Istamova Anora va 510-20 BIQ Jalolov Murodjonlarning ko‘ngillarini ko‘tarish maqsadida "Ustoz-shogird an'anasiga" sodiq qolgan xolda fakultet jamoasi tomonidan ushbu talabalar holidan xabar olish davom etyapti, esdalik sovgʻalar topshirilib, tahsil olishlari uchun neki zarur sharoit boʻlsa amaliy koʻmak berilyapti.
📌Бухоро муҳадислик-технология институти " Озик-Овкат ва кимёвий технология " факультети 103-22 КТ ва 107-22 ООТ гуруҳ талабалари иштирокида Мухаммад ал-Хоразмий хаёти ва ижодига бағишланган "Хоразмий бўлмаса нетардинг дунё , ҳисобда адашиб юрардинг дунё " мавзусида тадбир ўтказилди. " Олий математика" кафедраси профессори Пулатова М. талабаларга буюк Ўрта Осиё математиги ал-Хоразмийнинг ижоди ва фанга қўшган хиссаси ҳақида ма'лумот бердилар . 107-22 ООТ гуруҳ талабалари Маҳмудова Барчиной ва Алимов Исмоил, ал-Хоразмийга бағишланган қизиқарли маълумотларни такдим этдилар.
Ўтказилган тадбир талабаларга катта та'сурот колдирди.
Профессор Пулатова М. тадбирда иштирок этган талабалар ўқишларига омадлар тилаб , 107-22 ООТ гуруҳ сардори Асадов Шавкатга яқиндан ёрдам бергани учун ўз миннатдорчиликларини изҳор этдилар.
⚡️⚡️⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Arxitektura-qurilish” fakulteti Qurilish materiallari texnologiyasi kafedrasi professor - o‘qituvchilari va tyutorlari tomonidan koʻngli yarim talabalar holidan xabar olib, ularga moddiy va maʼnaviy jihatdan yordam berilmoqda
📌Jumladan, 518-20  QMB guruh talabasi Baxronov Sherzod, 514-20 QMB guruh talabasi Taniyev Doston va 518-20 guruh talabasi Roziqov Suxandiyorlarning ko‘ngillarini ko‘tarish maqsadida "Ustoz-shogird an'anasiga" sodiq qolgan xolda esdalik sovgʻalar topshirilib, tahsil olishlari uchun neki zarur sharoit boʻlsa amaliy koʻmak berilyapti.