BMTI YANGILIKLAR
498 subscribers
1.86K photos
118 videos
4 files
450 links
Download Telegram
Forwarded from MA'RIFAT TARG'IBOTCHILAR JAMIYATI (A.Azimov)
#Manaviyat_festivali
#Ozbekiston_Qahramoni

🔰 Buxoro viloyatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro viloyat bo'limi "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari bilan birgalikda "O‘zbekiston Qahramonlari" kitob-albomining taqdimoti o‘tkazildi.

🔹Tadbirni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro viloyat bo'limi rahbari Marxabo Pardayeva ochib berdi:

🔹“Bugun oramizda shunday fidoyi insonlar borki, ular jamiyatimizning ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida katta niyat, so‘nmas shijoat bilan jonbozlik ko‘rsatib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lishmoqda.

🔹Tadbir davomida Qahramonlarning turli sohalardagi sermazmun faoliyati alohida ta’kidlanib, ularga "O‘zbekiston Qahramonlari" kitob-albomi taqdim etildi.

🔹Shuningdek, oʼz mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning hurmatiga sazovor boʼlgan, fidokornona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolar “Maʼnaviyat fidoyisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.

https://t.me/marifat_jamiyati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro Muhandislik-texnologiya instituti
Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining 2022-yil mobaynidagi faoliyatidan qisqacha...

@BMTIrektorirasmiykanali
📣Diqqat!!!
🏛Buxoro Muhandislik-texnologiya institutida ilk bor
Kubik Rubik 3×3×3 yig'ish bo'yicha musobaqa

📌"SpeedCubing-2023"


🏆Faxrli uchta o'rinni qo'lga kiritgan ishtirokchilar
Diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

‼️Biz barchani qo'llarning tezligi va epchilligini sinab ko'rishga taklif etamiz!!!

📝Ro'yxatdan o'tish: 10-yanvargacha.

📑Murojaat uchun: @BuxMTI_1

https://t.me/BMTIrektorirasmiykanali
Buxoro Muhandislik-texnologiya instituti 2022-2023-o'quv yili nomdor davlat stipendiya sovrindorlari.

https://t.me/BMTIrektorirasmiykanali
BMTI YANGILIKLAR
Photo
Инсон-хаёт гултожи. Айниқса ўзининг ҳалол меҳнати, ибратли турмуш тарзи, мазмунли умр йули билан эл ҳурматига сазовор бўлган, кўплаб юртдошларимиз борки улар билан фахрланса арзийди.
Мамлакатимиз мустақилликка эришгандан рухан юксалиб, янада шижоат билан эл-юрт хизматига ўзини бағишлаган инсонлардан бири Бухоро муҳандислик-технология институтининг "Олий математика" кафедраси профессори, қолаверса Республика "Олий таълим муассасасининг энг яхши педагоги" номинацияси голиби (2018) Пўлатова Манзура Исхаковна 2002-йилдан буён Бухоро вилоят Фтизиатрия ва Пульмонология марказида даволанаётган беморлар учун ташкил этилган
"Наврўз", "Янги йил", "Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни"га бағишланган байрам ва тадбирларда, фаол иштирок этиб, телевизор, гиламлар, чойшаблар, уйинчоклар, бадиий китоблар, тиббий анжомлар, шахсий гигиена воситалари ва бошқа совғаларни улашиб келмоқдалар: оилавий бюджети ҳисобидан хайрия-саховат кўрсатиб,
Навбатдаги ташрифида 2022-йил 28-декабрь кунида болалар бўлимида ташкил этилган:
"Янги йил байрамига аталган тадбиримизда М.Пўлатова иштирок этиб, беминнат совғалар, ширинликлар мажмуини ҳар бир болага улашиб, болажонларнинг кайфиятларини кўтариб, байрам тантанасини янада кўтаринки рухда ўтказилишига фаол кўмаклашишди.
Беморларнинг ота-оналари ва қариндошлари томонидан М.Пўлатовага ўз миннатдорчиликларини билдиришди.
"Ҳурматли меҳр-саховатли устоз М.Пўлатова сизнинг марказимизда сил хасталигидан даволанаётган беморларни мунтазам моддий, маънавий, маърифий томонлама қўллаб кувватлаб, соғайиб кетишларига узок йиллар давомида ўз ҳиссангизни кўшиб келаётганингиз учун, марказимиз жамоаси номидан миннатдорчилик билдириб, сизга узок умр, сиҳат-саломатлик ва бир умр халкимиз назарига тушиб, куч-қувват тилаймиз".
Марказ директори: Н.Кобилов

https://t.me/BMTIrektorirasmiykanali
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🎓 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Maʼrifat maydoni” Respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda sanʼat oliygohlaridan tashqari Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari 10 nafargacha boʻlgan talabalardan tashkil topgan jamoalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda jamoalar oʻzaro 3 ta shart boʻyicha bellashadilar:
🔵1-sharti: “Adib hayoti” koʻrgazmali taqdimot chiqish;
🔵2-shart: Tezkor savol-javob;
🔵3-shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.

🏆 Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🎁 Mintaqaviy bosqichda gʻolib boʻlgan jamoa aʼzolari oʻzi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

🟢Respublika bosqichi gʻoliblari esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
🟢1-oʻrin 40 million soʻm;
🟢2-oʻrin 25 million soʻm;
🟢3-oʻrin 20 million soʻm;
🟢4-oʻrin 10 million soʻm;
🟢5-oʻrin 5 million soʻm.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar oʻzi tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

📌 Tanlov nizomi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Rasmiy xabar: qishki ta’til uzaytirildi

🇺🇿O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.

O‘qish jarayonlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

https://t.me/BMTIrektorirasmiykanali