BOLAJON PARVARISHI
7.34K subscribers
369 photos
137 videos
5 files
303 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
Bolalarda sut tishlari qachondan chiqishni boshlaydi?

🦷Bolalarda sut tishlari chiqishi – bu bola bir yoshga kirgunga qadar sodir boʻladigan eng muhim holatlardan biridir. Sut tishlarining chiqishi bola sogʻlom oʻsayotganligidan dalolat beradi. Odatda sut tishlari bola 6 oyligida chiqa boshlaydi. Ammo, bu albatta nisbiy muddat. Sut tishlari ertaroq yaʼni 3-4 oylikda, yoki kechroq 8-9 oylikda ham chiqishi mumkin. Yodda tutish zarur, sut tishlari qancha erta muddatlarda chiqsa, bolakay parvarishi shunchalik eʼtibor talab etadi. Baʼzida bolakaylar tugʻilgan vaqtlaridayoq tishlarga ega boʻladi.

Bolakaylarda sut tishlarining chiqishida tana harorati koʻtariladi, uyquchanlik, burun bitishi, oshqozon ichak tizimida oʻzgarishlar kuzatiladi. Bunday holatlarda albatta shifokor tavsiyalarini olish zarur. Ammo, bu kabi belgilar barcha bolalarda kuzatilmasligi mumkin.

Bolakayda ilk sut tishi chiqishi oson emas. Bu vaqtda bolakay injiq, doimiy yigʻlaydigan va notinch holatga keladi. Albatta, bu bolakay va ota-ona uchun yetarlicha qiyinchilik tugʻdiradi. Xoʻsh, bu vaziyatda bolakayga qanday yordam berish mumkin? Ilk tishlar chiqayotgan vaqtda kelib chiqadigan diskomfortlarni bartaraf etuvchi biror bir preparat yoki muolaja mavjud emas. Shunday boʻlsada bolakayga yordam berish va holatni “yumshatish”ning iloji bor.

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
​​Kun tartibi tarbiya ustunidir.

Bolalar salomatligini mustahkamlovchi eng katta omillardan biri - bu kun tartibidir. Ayniqsa, bolalarning intizomga rioya qilishi va tartibli bo'lishi kun tartibiga go'dakligidan rioya qilishidir.

Yurtimizda juda ko'p onalar uy bekalaridir va aksariyat hollarda bolaning kun tartibini o'z yumushlariga moslaydilar, natijada bola vaqtida ovqatlanmaydi va vaqtida uxlamaydi. Bu esa asab tizimining buzilishiga olib keladi.

Asosan, bog'chaga bormaydigan 1-2 yoshdagi bolalar uchun kun tartibiga rioya qilish juda muhimdir.

1-2 yoshgacha bolalar uchun kun tartibi:

7.00 - uyg'onish;
7.00-7.30 - nonushta;
8.00-11.00 - o'yin, sayr;
11.30-12.00 - tushlik;
12.00-15.00 - uyqu!;
15.30-16.00 - tolmachoy (yengil ovqatlanish);
16.30-18.30 - sayr, o'yin, chiniqish;
19.00-19.30 - kechki ovqat;
20.30-7.00 - tungi uyqu.

Aziz ota-onalar, siz 3 kun shu tartibga rioya qiling va bola kayfiyatidagi mo'jizaga hayron qolasiz!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolajonlarimizga soatni qiziqarli tarzda órgatamiz.

Kanalga ulanish:👉

@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Кам таъминланган оилаларга болалар нафақаси ва моддий ёрдам тайинлашга онлайн ариза бериш бўйича видеойўриқнома

Талабгорлар ушбу хизматдан фойдаланиш учун:
▪️my.gov.uz да рўйхатдан ўтиши;
▪️тегишли хизматни танлаши;
▪️ ундаги сўровномани тўлдириши ва юбориши керак.

Хизматдан фойдаланиш бепул.

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
#Bilasizmi #qonunchilik

🔰 Qonunchilikka muvofiq, nogironlik pensiyalari, shu jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasining eng kam miqdori 747 000 so‘m etib belgilangan.

📝 O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lganlarga har oyda 500 ming so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi to‘lanadi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
Go'daklarda tish chiqish alomatlari

▪️Bolaning milklari bo'rtishni boshlaydi.
▪️Bolaning milklari och pushti yoki oqish rangga kiradi.
▪️Tish chiqishidan taxminan bir oy oldin ko'p so'lak oqishni boshlaydi
▪️Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni xohlaydi(milklardagi qichishish hisobiga).
▪️Tana harorati ko'tariladi ( ko'pi bilan 37-38 °C gacha) va ko'p vaqt o'tmay o'zi tushadi.
▪️Bola injiqroq bo'lib qoladi, ba'zan emishni ham xohlamasligi mumkin.
▪️ Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi.
▪️Bola emayotganda ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi.
▪️ Bolaning ishtahasi pasayadi
▪️Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi(najas rangi va hidi o'zgarmagan holda)

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
BOLANI SUTDAN CHIQARISHDA YOʻL QOʻYILADIGAN XATOLAR❗️

Bolani sutdan chiqarish har bir ona uchun muammoli jarayon boʻlib, bunda koʻpchilik onalar quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyadilar:

1⃣ Bolani birdaniga sutdan ayirish.
Bu holat bolani sutdan ayirishda yoʻl qoʻyiladigan qoʻpol xatolardan biri boʻlib, bunda bola organizmi va ayniqsa ruhiyati yaxshigina zarar koʻrishi mumkin.

2⃣Farzanddan uzoqlashish.

Koʻpchilik onalar farzandlarini bir-ikki kunga xolasi, buvisinikiga berib, emizishdan chiqarmoqchi boʻlishadi. Ruhshunoslar bu davrda ona-bola muloqoti va bolaning ona mehri va koʻmagini his etib turishi gʻoyat muhim deya taʼkidlashadi. Demak-ki, bolani oʻzingizdan uzoqlashtirib vaziyatni nazorat qilolmaysiz. Yaxshisi uning yonida boʻlib, tinchlanishi va oʻzgarishlarni qarshi olishiga koʻmaklashing.

3⃣Boʻtqa, shirin choy yoki...

Har birida meʼyor boʻlishi lozim. Ona sutining oʻrniga hadeb shirin choy bersangiz bola bir xil taʼmli narsaga oʻrganib qoladi. Boʻtqalar ham kerakli ozuqani taʼminlamasligi mumkin. Yaxshisi bolangizning bir kunlik taomnomasini tuzing. Masalan, ertalabki nonushta uchun guruchli boʻtqa boʻlsa, birozdan soʻng mevali sharbat berish mumkin. Mahsulotlar rang-barang va bolaning diqqatini jalb qiladigan koʻrinishda boʻlsa, taʼmidan oldin koʻrinishi bilan qiziqtiradi. Oz-ozdan turli yeguliklardan tatib koʻrsa, taʼm bilish reseptorlari faollashadi.

4⃣Achchiq qalampir yoki rangli surtma....

Koʻkrakka achchiq qalampir yoki yod, zelenka kabi surtmalarni surtish orqali bolani qoʻrqitish har doim ham kutilgan natijani beravermaydi. Qolaversa, bunday usullar boshqa muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun:

Oshqozon tabiiy mikroflorasining buzilish va qorin ogʻriqlarining kelib chiqishi;
Bolaning ruhiyatiga zarba boʻlib, onasiga nisbatan ishonchi yoʻqolishi mumkin.
Baʼzi bolalar hatto qoʻrqitgangizga ham qaramay, baribir koʻkrak tutishingizni talab qilishadi. Bunday bolalarga sabr-toqat bilan “kurashish”dan boshqa ilojingiz yoʻq. Agar bosim oʻtkazishni davom ettirsangiz, keyinchalik farzandingiz tajang va qaysar xarakterini namoyish etishi mumkin. Qoʻrqitishlaringiz kor qilmadimi, unda bolangiz oʻz xohishi bilan koʻkrak sutidan voz kechishini kuting.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from Doctor Muxtorov
Xurshid Abdurashidning dardi sari, Musofir Jin bilan yo'l oldim!

Xurshid Abdurashid qalamiga mansub "Dardisar" romani fantasmagoriya, satira, yumor, romantika, shafqatsiz realizm elementlari qorishib ketgan, ushbu asarda xolis bir kuzatuvchi bizga chetdan nazar tashlaydi, o‘zimiz sezmay qo‘ygan, odat tusiga kirgan illatlarga oyna tutadi.

Ajabtovur qahramonlar va qora yumor yordamida jamiyatdagi muammolar mohirlik bilan yoritilgan. Asarda inson o'zini yoki jamiyatdagi kimnidir ko'rishi ehtimoldan holi emas.

Kitob haqidagi adabiyotshunos fikrlarini bu yerda o'qishingiz mumkin. Kitobni eng arzon narxda bu yerdan topishingiz mumkin.

Kitobni o'qib maza qilyapman. Sizlarga ham tavsiya qilaman!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Assalomu Alaykum 🥰Bizni qidirayotganlarga🤩

👫7 yoshdan 70 yoshgacha👨‍👩‍👧‍👦 bölganlar uchun didingizdagi pastel naborlarini aynan bizning guruhdan topasiz
Avvalambor guruhimizni yöqotib qöymaslik un hoziroq qöshilib oling🙃👇

@pastelarzonn
@pastelarzonn
@pastelarzonn

Haaa yashang bu boshqa gap

Bizda supper- mupper skidka
e' lon qilindi
Buyurtma berganlar birinchi qöl,sexdan chiqiboq issiqqina holida qölida böladigan rang barangu ajoyib naborlarni egasiga aylanadi😍😍😍



Narxlar💰💰💰250-350 ming
Endi esa chegirmada 💰💰💰180-190 ming

💣💣💣Bunday imkon doim ham bölavermaydi💣💣💣

📌12 ta viloyatga dastavka xizmati mavjud📌

📝Adminkalar bn ham ishlaymiz.
Donaga ham optom narxda beramiz🎁

🧸🪆Shirin toy bolajonlarimiz yodimizda🧸🪆
Ular un ham tabiiy tolali matolardan xb,satın,poplindan siz istagan dizayn Va razmerda🛌 pastel naborlari tayyorlab beramiz😊
Sehimizda yana dasturxonlar, sochiqlar, oshxona uchun naborlar tikiladi😍😍😍
Doimo xizmatingizga shaymiz
🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰
Tel nomer: +99890-166-11-97
Zakaz uchun👆🤝
😴Bolaga kunduzgi uyqu kerakmi?

Kunduzgi uyqu — to‘g‘ri rivojlanishi uchun bolaga zarur bo‘lgan jismoniy ehtiyoj hisoblanadi. Bola o‘rtacha olganda bir yarim yoshdan boshlab bir martalik 2,5 — 3 soatga yaqin davom etadigan kunduzi uxlash tartibiga o‘tadi.

Bunday tartib odatda asta-sekinlik bilan uyqu davomining kamayishi bilan 6-7 yoshgacha saqlanib qoladi. Ba’zan bolalar kunduzi uxlashdan ertaroq — 3−4 yoshida voz kechishadi.

Bolaning uxlashiga qanday yordam berish mumkin?

Bolaning krovatchasini qulay va shinam qilib jihozlash juda muhim. Bolaning xotirjam uxlashiga o‘yinchoqlar ham yordam berishi mumkin — masalan, krovatda bola bilan birga “uxlaydigan” qo‘g‘irchoq yoki yumshoq ayiqcha.

Kunduzgi uyquni qachon bekor qilish mumkin?

Bolaning asab tizimi doimiy og‘irliklarni boshdan kechirib endigina rivojlanayotgan bo‘ladi va faqat uyquda to‘liq dam oladi. Yoshi o‘lg‘ayishi bilan uning kunduzgi uyquga bo‘lgan ehtiyoji kamaya boshlaydi. Olti yoshdagi bolalarga bir soatlik uyqu ham yetarli bo‘ladi.

Bolalar ko‘pincha kunduzi uxlashdan bosh tortadi. Bu qiziqarli o‘yindan ajralgisi kelmaganidan yoki ertalab kech uyg‘ongani sababli yuz beradi.

Bola kunduzgi uyqudan qachon bosh torta boshlaydi?

Bolalar kunduzgi uyqudan doimiy ravishda bosh tortishni ko‘pincha uch yoshdan boshlaydilar. Bu yoshda hali kunduzgi uyqu juda zarur bo‘ladi va ota-onalar yaxshisi bolaning kunduzi uxlashni davom ettirishiga harakat qilishlari lozim.

Agar bola kunduzgi uyqudan juda erta bosh tortayotgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Agar bola kunduzi uxlamayotgan va bundan hech qanday noqulaylik his qilmayotgan bo‘lsa, unda ota-onalar kunduzi bolaning biroz bo‘lsa ham xotirjam sharoitda dam olib yotishi uchun vaqt ajratishlari kerak. Bunday sokin hordiq kuch yig‘ilishiga va asab tizimining mustahkamlanishiga yordam beradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari

Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak. O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi, gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur Rossiyalik pediatr Komarovskiy.

Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi bilan muloyim gaplashishni, klassik musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.

2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani tili chiqishi oson bo'ladi.

3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning. Savolingizga javob berish niyatida uning aqliy va nutqiy rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o'yinlari bolani tili chiqishini keskin sekinlashtiradi.

5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.

6. Bola bilan birga yoki bola uchun qo'shiq ayting.
Musiqa va qo'shiq nutq apparatini rivojlantriadi.

7. Bola bilan doimiy ravishda muloqotda bo'ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa bo'ladi. Ko'chada atrfodagi buyum va manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa bo'ladi.

8. Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o'tgach u bilan og'izni cho'chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo'q. Bolaning tili chiqishida bu qiyinchilik tug'diradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi