BOLAJON PARVARISHI
7.34K subscribers
369 photos
137 videos
5 files
303 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
Bolalar tish tozalashni necha yoshdan boshlashi kerak?

Ota-onalar 3 yoshdan boshlab tish cho‘tkasi va pastasidan qanday foydalanishni o‘rgatishlari mumkin. Bu yoshda bola ota-ona yordamida bilan tozalashni boshlaydi. 7 yoshdan boshlab esa nerv-muskul tizimi to‘liq rivojlangach, o‘zlari mustaqil tozalashlari mumkin.
Bu davr sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinishni boshlagan davr bo‘lib, ko‘proq e’tiborni talab qiladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Sabzi va kabachkidan pyure - 6 oylikdan oshgan bolalar uchun
#taomnoma

Mahsulotlar:
•120 g sabzi
•150 g kabachki
•1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i

Tayyorlanishi:
Sabzavotlar mayda kub ko‘rinishida kesiladi va bug‘da tayyorlanadi. Pyuresimon holatga kelguncha eziladi va o‘simlik moyi qo‘shib, aralashtiriladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning terisi

Bolaning terisi kattalarnikidan farq qiladi, shuning uchun bolaning terisiga alohida ahamiyat berish lozim.

Birinchidan, bolada ter chiqaruvchi bezlar rivojlanmagan bo'ladi. Shuning uchun bola badanidan issiqlikni ter orqali emas, o'pkasi orqali chiqaradi. Quruq yoki issiq havo o'pka orqali badan issiqligini chiqarishga to'sqinlik qiladi va bolaning hali yaxshi rivojlanmagan ter bezlariga og'irilik tushib, bola terisiga ziyon yetadi.

Ikkinchidan, bola terisining eng yuqori qismi kattalarnikiga nisbatan ingichka bo'ladi. Shuning uchun arzimagan kimyoviy yoki mexanik ziyon bola terisiga qattiq ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Uchinchidan, bola terisi yog'lar (lipidlar)ga boy bo'ladi. Bu yog'lar kattalar uchun zararsiz bo'lgan moddalarni (kimyoviy poroshok, siydik, kal) bola terisida tez parchalab yallig'lanish oson hosil bo'lishiga olib keladi.

Bola terisining do'stlari:

1. Harorati 20 gradus atrofida, va namlik darajasi 50-70% bo'lgan xona;
2. Sifatli paxta tolasidan qilingan kiyim;
3. Yalong'och bo'lish - bola terisini toza havo bilan kontakt qildirish lozim;
4. Nam gigienik salfetkalar;

Bola terisining dushmanlari:

1. Quruq va issiq havo;
2. Siydik va najas;
3. Teri bilan munosabatda bo'lgan kimyoviy moddalar (kir yuvish vositalari, xlorli suv, sintetik kiyim, sifatsiz parvarish anjomlari);
4. Bola terisi uchun mo'ljallanmagan sovun;
5. Mexanik ziyon keltiruvchi omillar: kiyimga ishqalanish, gilamda emaklash, gigiyenaga rioya qilmaslik.

Krem, losyon, yog'larga kelsak, bu moddalarni ehtiyoj bo'lsagina ishlatish lozim, ya'ni qish kuni ko'chaga chiqmoqchi bo'lsangiz, albatta quruqdan saqlovchi maxsus kremni bola terisi ochiq qolgan joylariga surtib qo'ygan ma'qul. Bolaning terisi siydik va najas bilan doimiy kontaktda bo'lgan joylarni ham maxsus vositalar bilan parvarish qilish lozim.
Lekin ehtiyoj bo'lmaganda turli xil krem va losyonlardan foydalanish kerak emas. Yangi tug'ilgan chaqaloqni cho'miltirib bo'lgach oddiy sterillangan o'simlik(zaytun) yog'i bilan parvarish qilsa, yetarli bo'ladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish

Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak.

Qo‘shimcha ovqat berish tartibi

📌Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi.
📌Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi.
📌Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin.
📌Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan).

Kerakli tavsiyalar
▪️Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak.
▪️Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring.
▪️Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang.
▪️Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
😴Bolaga kunduzgi uyqu kerakmi?

Kunduzgi uyqu — to‘g‘ri rivojlanishi uchun bolaga zarur bo‘lgan jismoniy ehtiyoj hisoblanadi. Bola o‘rtacha olganda bir yarim yoshdan boshlab bir martalik 2,5 — 3 soatga yaqin davom etadigan kunduzi uxlash tartibiga o‘tadi.

Bunday tartib odatda asta-sekinlik bilan uyqu davomining kamayishi bilan 6-7 yoshgacha saqlanib qoladi. Ba’zan bolalar kunduzi uxlashdan ertaroq — 3−4 yoshida voz kechishadi.

Bolaning uxlashiga qanday yordam berish mumkin?

Bolaning krovatchasini qulay va shinam qilib jihozlash juda muhim. Bolaning xotirjam uxlashiga o‘yinchoqlar ham yordam berishi mumkin — masalan, krovatda bola bilan birga “uxlaydigan” qo‘g‘irchoq yoki yumshoq ayiqcha.

Kunduzgi uyquni qachon bekor qilish mumkin?

Bolaning asab tizimi doimiy og‘irliklarni boshdan kechirib endigina rivojlanayotgan bo‘ladi va faqat uyquda to‘liq dam oladi. Yoshi o‘lg‘ayishi bilan uning kunduzgi uyquga bo‘lgan ehtiyoji kamaya boshlaydi. Olti yoshdagi bolalarga bir soatlik uyqu ham yetarli bo‘ladi.

Bolalar ko‘pincha kunduzi uxlashdan bosh tortadi. Bu qiziqarli o‘yindan ajralgisi kelmaganidan yoki ertalab kech uyg‘ongani sababli yuz beradi.

Bola kunduzgi uyqudan qachon bosh torta boshlaydi?

Bolalar kunduzgi uyqudan doimiy ravishda bosh tortishni ko‘pincha uch yoshdan boshlaydilar. Bu yoshda hali kunduzgi uyqu juda zarur bo‘ladi va ota-onalar yaxshisi bolaning kunduzi uxlashni davom ettirishiga harakat qilishlari lozim.

Agar bola kunduzgi uyqudan juda erta bosh tortayotgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Agar bola kunduzi uxlamayotgan va bundan hech qanday noqulaylik his qilmayotgan bo‘lsa, unda ota-onalar kunduzi bolaning biroz bo‘lsa ham xotirjam sharoitda dam olib yotishi uchun vaqt ajratishlari kerak. Bunday sokin hordiq kuch yig‘ilishiga va asab tizimining mustahkamlanishiga yordam beradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
1,5 yoshdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatish qanchalik to‘g‘ri?

👶Bir martalik tagliklar(pampers) - bu juda qulay ayniqsa vaqtni tejaydi, lekin onajonlar undan qancha ko‘p foydalansa, bolani tuvakka o‘rgatish shunchalik qiyin bo‘ladi.

O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, pampersda bola tagini ho‘llab qo‘ysa ham, issiq, quruq va eng asosiysi unga noqulaylik tug‘dirmaydi.

Agar siz bolani ishtoncha va polzunkalarga o‘tkazsangiz, u yoqimsiz namlik holatini his qila boshlaydi va tuvakka o‘tirishni o‘rganishi ancha tez bo‘ladi.

👨‍⚕Kaminaning tavsiyasi, 18 oylikdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatmaganingiz ma’qul. Bu bilan siz bolangizda yana bir shartli refleksni o‘z vaqtida paydo bo‘lishiga yo‘l ochib bergan bo‘lasiz.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Uy sharoitida kindik yarasini qanday parvarish qilish lozim! (Onalar bilishi zarur)

Kindik yarasi chaqaloqning zaif joyidir, unga infeksiya tushib qolish ehtimoli yuqori, shuning uchun chaqaloqqa malakali parvarish zarur.

Biz Pediatrlar kindikni quyidagi vositalar bilan parvarishlashni tavsiya etamiz:

☑️Vodorod peroksid (3% eritma);
☑️Spirtli suv eritmasi (1% li brilliant yashili);
☑️Moychechak eritmasi.

Muolaja o’tkazish uchun steril paxtali diskchalar, paxtali tayoqchalar, pipetka va salfetka kerak bo’ladi. Tug’ruqxonadan javob berilganda keyin birinchi haftada kindikka kuniga 2 marta(ertalab va kechqurun) ishlov berish tavsiya etiladi. Juda tez-tez parvarish choralari chaqaloqning nozik va sezgir terisida ta’sirlanish keltirib chiqarishi mumkin.

Muolaja chaqaloqni cho’miltirishdan so’ng amalga oshirilishi kerak, cho’miltirish vaqtida esa kindikni moychechak eritmasi bilan yengil yuvish mumkin.
Vodorod peroksid eritmasiga botirilgan paxtali tayoqcha bilan yara joyi yengillik va muloyimlik bilan artib chiqiladi. Agar peroksid ko’pirib, shivillagan ovoz chiqarsa, vahima tushmang, bu infeksiya borgini anglatmaydi, shunchaki kindikda qon qoldiqlari borligidan dalolat beradi, buning xavfli joyi yo’q.

Artib bo‘lingandan keyin, yara joyi paxtali diskcha yoki quruq mato yordamida yaxshilab quruq qilib artib olinishi zarur. So’ng yaraga brilliant yashili eritmasi surtiladi, u yarani quritadi va infeksiyalanish xavfini kamaytiradi. Eritmani surtganda yaraning holati ko’rinadigan bo’lib qolishi kerak. Bundan tashqari, uni haddan tashqari ko’p surtish bolaning terisini kuydirishi mumkin, shuning uchun bu masalada juda ehtiyot bo’lish kerak.

Qachon pediatrga murojaat qilish kerak?

Quyidagi holatlarda Pediatr ko‘rigi juda zarur:

☑️Kindik doimo nam bo’lsa;
☑️Ajralayotgan suyuqlikdan yoqimsiz hid kelsa;
☑️Yara atrofidagi teri qizarib ketsa;
☑️Bola kuchangan paytda kindik kattalashsa;
☑️Kindikdan qon aralash ajralmalar kelsa.

Agar biron bir muammo aniqlansa, darhol bolani pediatr ko‘rigiga olib boring, pediatr yangi tug’ilgan chaqaloqning kindigini qanday parvarish qilish kerakligini batafsil ko’rsatib tushuntirib beradi.

Yosh onalar yuqoridagi muammolarni mustaqil hal qilishlari, internetdan javob topishlari yoki tibbiy mutaxassisligi bo’lmagan dono buvijonlarning maslahatlarini tinglashlari tavsiya etilmaydi.

❗️Esda tuting! Kindik yarasiga infeksiya tushishi sepsisga va boshqa og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Issiqda toshmalar toshsa, qanday chora ko‘rish kerak?

Yoz jaziramasida bolalar va ayrim yoshi kattalar issiqlik toshishidan aziyat chekadi. Bundan kuchli va yoqimsiz qichishish, achishish paydo bo‘ladi. Uni keltirib chiqaruvchi sabablar va davolash usullari haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz.

Issiqlik toshishi kuchli terlash va terning sekin bug‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi. Issiq kunlarda go‘daklar va yosh bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Bola badaniga issiqlik toshishining birinchi sababi uning haddan ortiq isib ketishidir. Ularda tana haroratini muvozanatlashtirib turuvchi markaz yaxshi rivojlanmagani bois, ter teri hujayralarida uzoq vaqt ushlanib qoladi. Oqibatda teri hujayralari ta’sirlanib, toshmalar toshadi.

Kattalarda esa o‘tkir yuqumli kasalliklarda isitmalash va qattiq terlash natijasida, semiz kishilarga isituvchi kom­press qo‘yilganda ham issiqlik toshishi mumkin.

Issiqlik badanning yopiq joylariga — bolalarda ko‘pincha orqa, bo‘yin terisiga, qo‘ltiq ostidagi teri burmalariga, bosh, yelka, qo‘l-oyoqlarning ichki sohasiga, kattalarda ko‘pincha ko‘krak bezlari tagidagi teri burmalari, chov-yorg‘oq burmalari va qo‘ltiq ostiga yoyilib yoki to‘p-to‘p bo‘lib toshadi. Toshmalar ichida tiniq suyuqligi bo‘lgan pufakchalardan iborat bo‘lib, kattaligi to‘g‘nag‘ich boshchasidek keladi. Ba’zida bir-biriga qo‘shilib ketadi. Davolamay o‘tkazib yuborilganda esa yiringlab turuvchi joylar (ayniqsa, teri burmalarida) hosil bo‘ladi.

Badanga issiqlik toshishi kasallik emas. Shu bois bolaning umumiy ahvoli o‘zgarmaydi, isitma, bezovtalik kuzatilmaydi. Toshmalar kun davomida tashqi muhit haroratiga bog‘liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin.

💊Davolash
Issiqlik toshishiga shifokor tavsiyasiga ko‘ra davo qilinadi. Qizib ketishga olib keladigan omillarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Ko‘proq ochiq havoda bo‘lish, xonani tez-tez shamollatib turish foydalidir. Bunday vaziyatda sintetik matodan tikilgan kiyim kiyish tavsiya etilmaydi.

❗️Oldini olish
Issiqlik toshishi oldini olish uchun terlashga qarshi kurashish maqsadida bemor terisini toza saqlab, ichki kiyimlarini tez-tez almashtirib turishi, issiq kunda tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar kiyishi maqsadga muvofiq. Bolalarni haddan tashqari issiq kiyintirish, ortiqcha o‘rab-chirmash yaramaydi. Ularga muntazam ravishda havo va suv vannalari qabul qildirib turish foydali.

Foydali tavsiyalar:
1️⃣bolaga paxta matodan kiyim kiydiring;
2️⃣yoz oylarida bolalar tagliklaridan kamroq foydalaning;
3️⃣toshma toshgan sohalarni nam latta bilan artib oling;
4️⃣yozda iloji boricha farzandingizni har kuni cho‘miltiring;
5️⃣bolani imkon qadar ertalab va kechqurun tashqarida ko‘proq sayr qildiring;
6️⃣toshma toshgan sohalarga malhamlar va losonlar surmang;
7️⃣bolaning shaxsiy gigiyenasiga e’tibor qiling;
8️⃣bola yotadigan xonani har kuni shamollatib turing, xona harorati +25 darajadan oshmasligi kerak;
9️⃣bolaning teri burmalariga tez-tez e’tibor bering.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?

Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra ko‘krak suti balan parvarishlanayotgan bolalar 6 oylik bo‘lgunlaricha ularga suv ichirmasa ham bo‘ladi. Chunki barcha kerakli suyuqlikni go‘dak ona sutidan oladi. Sun’iy aralashmalar berib boqilayotgan bolaga ovqatlanishlar oralig‘ida 20-30 millilitr (bir oshqoshiq) suv berish mumkin.

Ko‘pchilik onalar “Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?” deb so‘rashadi. Aytish joizki, bunda go‘dak organizmining suvga ehtiyoji ham hisobga olinadi. Demak, sog‘lom go‘dakka suvni majburlab ichirish kerak emas. O‘zi qancha hohlasa shuncha ichsin, lekin me’yordan oshmasin. Ovqatlantirish o‘rniga suv berish ham noto‘g‘ri. Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim.

Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig‘ida, ya’ni kun davomida bir oylik chaqaloqlarga 60 millilitr (uch qoshiq)dan, 3 oylikkacha bo‘lganlariga 60-130 millilitr (3-6 oshqoshiq)dan, yarim yoshgacha 130-180 millilitr (6-12 oshqoshiq)dan, 6 oylikdan 1 yoshgacha 260 millilitr (1 stakan)dan ko‘p suv bermaslik kerak. Bolaga beriladigan suv toza, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak.

Bola salomatligida ayrim muammolar bo‘lganida pediatr bilan maslahatlashgan holda unga giyohli choylar ichirish ham mumkin. Bunda bolaning yoshiga bog‘liq ko‘rsatmalarga amal qilish lozim.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
😴Farzandingiz kechasi yomon uxlaydimi? Bolalar “oltin” uyqusining qoidalarini o‘rganamiz

Go‘daklarning “oltin” uyqusi — har bir ota-onaning orzusi hisoblanadi. Bola ko‘p va qattiq uxlasa — u tez o‘sadi va rivojlanadi, kam kasal bo‘ladi. Kechalari yaxshi uxlashi uchun kunduzi bola bilan qanday shug‘ullanish kerak?

Agar bola kechasi yomon uxlasa, kunduzi nima qilish kerak?

Bola kechasi yaxshi uxlashi uchun, kunduzi uni “holdan toydirish” kerak – u kechga borib butun kuchini sarflashi va charchab qolishi kerak. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: bolada jismoniy harakatlanishni yoki his-tuyg‘uli holatlarni oshirish.

Ertalab va kechqurun bevosita cho‘miltirish va ovqatlantirishdan oldingi jismoniy faollik – bu qattiq uyquning garovi hisoblanadi. Agar bola emaklayotgan, o‘tiradigan yoki hatto yuradigan bo‘lsa – bolaga qo‘shilib emaklang, o‘tiring, birga yuring va harakat qilishga majbur qiling.

His-tuyg‘uli holatlarga bog‘liq yuklamalar alohida yondashishni talab qiladi – qarindoshlar va boshqa bolalar bilan faol muloqot, har qanday rivojlantiruvchi o‘yinlar bolani ertalabgacha qattiq uxlaydigan holatda charchatishi yoki aksincha – uni haddan tashqari bezovta qilishi va kechasi bilan uxlamay yig‘lab chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday usulni ehtiyotlik bilan va avval tajribada sinab ko‘rib keyin qo‘llash tavsiya qilinadi.

Bolalar qattiq uyqusi qoidalari

Shunday qilib, bola kechasi yaxshi uxlashi uchun uni quyidagi sharoitlar bilan ta’minlash zarur:

Kunning ikkinchi yarmi va kechqurun jo‘shqin jismoniy faollik bilan o‘tishi kerak.
Uxlashdan 2-3 soat oldin toza havoda sayr qilishni tashkillashtiring.
Uxlashdan 1-1,5 soat oldin 30-40 daqiqa cho‘milish.
Uxlashdan yarim soat oldin — to‘yimli “kechki ovqat”.
Bolalar xonasi iqlimi salqin va nam bo‘lishi kerak: harorat 18-20 daraja, namlik esa 60-70 %.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolani ovqatlantirishda nimalarga e’tibor qaratilishi lozim?

Birinchidan, onalar bolani to‘g‘ri ovqatlantirishlari kerak. Ikkinchidan, ayniqsa iliq-issiq kunlarda bolaga ko‘proq suv berish lozim, bu terlash tufayli organizm yo‘qotgan suyuqlik o‘rnini to‘ldiradi. Uchinchidan esa o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida shaxsiy gigena qoidalariga rioya etish alohida o‘rin egallaydi. Chunki o‘tkir me’da-ichak infeksiyalari bilan kasallanish 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 65-70 foizni tashkil qiladi.

Kasallik ko‘pincha iste’mol qilingan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishini inobatga olib issiq kunlarda bolalarning ochiq suv havzalarida cho‘milishlarini nazorat qilish, ayniqsa mevalarni qaynagan suvda yuvib berish muhim hisoblanadi.

Vitaminga boy ko‘katlarni to‘g‘rab, bola ovqatiga qo‘shib yedirish lozim. Umuman, vitaminli yeguliklar kundalik dasturxonda doimo bo‘lishi shart. Oddiygina misol. Bola organizmida vitamin C yetishmasa, uning aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi, me’da-ichak faoliyati buziladi, bola tez-tez shamollaydigan bo‘lib qoladi. Shunday ekan, askorbin kislotasiga boy petrushka, karam, na’matak, limon, pomidor va sabzi iste’mol qilishni yo‘lga qo‘ygan ma’qul.

Vitaminlarning B guruhi yetishmasa, bolada ishtaha yo‘qolishi, asab tizimi faoliyati buzilishi, lanjlik, ozib ketish kabi belgilar kuzatiladi, shu sababli bolalarga go‘sht, jigar, dukkakli donlar, sut mahsulotlari, tuxum va turli sabazavotlarni ko‘proq berish tavsiya etiladi.

Vitamin A tanqisligi yosh bolalarning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, moddalar almashinuvining bir me’yorda bo‘lmasligiga olib keladi. Bolalarga go‘sht, baliq, sut, tuxum, sariyog‘ va ko‘k no‘xatli taomlarni ko‘proq berish lozim.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bu kun ko‘pchilik onalar bola tinchligini o‘ylab pampersdan foydalanishadi…

Bolalarga uy sharoitida pampers taqishda me’yorga amal qilish shart. Ayniqsa o‘g‘il bolalarga pampersni uzoq muddat taqish kelajakda o‘z salbiy asoratlarini berishi (bepushtlikka olib kelishi) mumkin.

Bolalar qisqa muddatga, (ya’ni uni poliklinikaga olib chiqqanda yoki mehmonga borganda) ortiqcha noqulayliklarning oldini olish maqsadida pampersdan foydalanish mumkin. Ayrim onalar kun davomida bolalarni pampersda qoldirishadi, bu mutlaqo noto‘g‘ri.

Pampers tanlaganda albatta uning havo o‘tkazuvchanligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Uzoq muddat pampersda yuradigan bolalarda hojatga chiqish ko‘nikmalari shakllanmay qoladi, natijada bunday bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga borganda qiynalishadi.

Onalar o‘z farzandlarini uy sharoitida pamperssiz parvarish qilishlari hamda ularda zarur ko‘nikmalar shakllanishida yordam berishlari kerak.

Bolani qanday kiyintirgan ma’qul?

Yil fasllari almashadigan paytda bolalar salomatligiga alohida e’tibor talab etiladi, chunki iqlim, ob-havo salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Faslga qarab ovqatlantirish kabi, faslga mos qilib kiyintirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Bolalarga paxtali matodan tikilgan, tana uchun qulay (tor yoki juda ham keng bo‘lmagan) kiyimlar kiydirish ular organizmi uchun foydali. Kiyim bola tanasiga havo o‘tkazadigan bo‘lsa, u organizmda moddalar almashinuvi me’yorida kechishiga yordam beradi.

Bolaning boshiga oq matodan tikilgan soyabonli qalpoqcha kiydirish lozim (sababi, u quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bola yuziga tushishidan saqlaydi).

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
👩‍👧‍👦Bolani chiniqtirish uchun rioya qilinadigan an’anaviy qoidalar quyidagicha:

Har kuni va har qanday ob-havoda ham sayr qilish (ba’zi istisnolardan tashqari).
Yeyishga majbur qilmaslik.
Har qanday jismoniy mashqlarni rag‘batlantirish – bola faol harakat qiladigan har qanday qiziqish va har qanday o‘yinlar to‘g‘ri keladi.
Har qanday sharoitda ham bolani shahardan tashqariga, tabiat qo‘yniga chiqarib turish.
Maishiy kimyoviy mahsulotlar bilan aloqani kamaytirishga harakat qilish.
Aqliy mehnat talab qilinadigan mashg‘ulotlarni oqilona joylashtirish (agar bola uzoq vaqt va tez-tez kasal bo‘lib tursa, aslini olganda balki siz uni yozdirgan 2-3 ta to‘garak ortiqchalik qilishi ham mumkin).
Bolalar xonasida sog‘lom iqlimni tutib turish — mo‘tadil harorat bilan va yetarlicha namlikda.
Agar istasangiz — muntazam ravishda bolalar bilan birga oddiy chiniqtiruvchi mashqlar to‘plamini bajarish.
Albatta, bunday yashash tarzini yaratish ota-onalardan jiddiy harakatlarni talab qiladi: axir bolani hadeb kun bo‘yi o‘rmonga yoki daryo bo‘yiga olib borish uchun otaning ham, onaning “issiq joyidan qo‘zg‘alishi”ga to‘g‘ri keladi-da…

Lekin natija ko‘ringanidan ham yoqimliroq — nafaqat bolaning bir o‘zi, balki butun oila a’zolari ham sog‘lom bo‘ladi!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖐 Bolalarda kichik matorikani rivojlantiruvchi mashqlar

📤Yaqinlaringizga ham ulashing.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chilla davri: chaqaloq parvarishi va ona salomatligi

«Chillali ayol» yoki «Chillali chaqaloq» degan gaplarni ko‘p eshitamizu, ammo hamma ham chilla davri haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasa kerak. Chilla chaqaloq va ayol salomatligi uchun g‘oyat muhim davr hisoblanib, o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor.

Chaqaloq tug‘ruqxonadan uyga olib kelingach, qanday urf-odatlar o‘tkaziladi?

📌Azon aytish

Yoshishi ulug‘ buvilarimiz chaqaloqning kindigi tushishi bilan qulog‘iga azon aytilishi kerak, deyishadi. Bu ishning xosiyati chaqaloqning o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga takbir aytish orqali muborak kalimalarni bola qalbiga jo qilishdan iboratdir. Azon aytilishidan avval chaqaloq cho‘miltirilib, poklanadi.

📌Ism qo‘yish

Hadis va rivoyatlarda keltirilishicha, ota-ona farzandiga ism tanlashda uning mas’uliyati va oxiratdagi savol-so‘rog‘ini o‘ylashlari lozim ekan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ism tanlashni ko‘pni ko‘rgan, hayotiy tajribasi bor buvayu buvijonlar, ya’niki oila kattalari bajarsalar to‘g‘ri bo‘lardi.

📌Soch kesish, tirnoq olish

Chaqaloqning soch va tirnoqlari o‘sgan bo‘lsa, avval yoshi katta buvilar Allohning kalomini keltirgan holda bola tirnog‘iga qaychi urishadi. So‘ng tirnoq va sochlar yana o‘sishi bilan bu ishni onaning o‘zi ham bajarishi mumkin. Asosiysi, bolaning terisiga shikast yetkazmaslikka harakat qiling.

Beshikka solish udumi chilla davrining yetti kuni davomida amalga oshiriladi. Hatto shifokorlar bolani beshikka solishni tavsiya etishmagan bo‘lsa ham irimi uchun beshikka solish marosimini bajarish mumkin. Bu «beshikka solingan bola «o‘z yotog‘i»ga ega bo‘ldi, endi uning ham o‘z makoni bor» degan ma’noni anglatadi.

📌Chilla kiyimlari

Qirq kun davomida chaqaloqqa bir necha xil liboslarni kiydirsangiz, chillasi chiqqach, ularni yuvib-tozalab, alohida olib qo‘ying. Boisi chilla vaqtidan so‘ng «bolaning chinakam hayoti boshlandi» degan ma’noda avval ishlatilgan kiyimlardan foydalanilmaydi. Ba’zi irimlarga ko‘ra, chilla vaqtidagi kiyimlardan davomiy foydalanaverish chilla toshmalari yuzaga kelishiga sabab bo‘lar ekan. Ammo bu kiyimlarni keyingi farzandingiz uchun bemalol ishlatsangiz bo‘ladi.

📌Aqiqa marosimi

Oilada farzand dunyoga kelgach, imkon qadar Alloh roziligi yo‘lida qurbonlik uchun biron jonliq so‘yiladi. Aqiqani chaqaloqning 21 kunligida yoki 4 oygacha bo‘lgan vaqtida bajarish mumkin. Bu marosim oilaning imkoniyatidan kelib chiqib bajarilgani ma’qul.

📌«Chillasi chiqdi!»

Chilla davrida shom vaqtida kelgan mehmonlarga chaqaloq ko‘rsatilmaydi. Kech tushishi bilan bolaning yuvilgan kiyimlari tashqarida qoldirilmaydi. Onaga ham shom vaqti tashqariga chiqish ma’n etiladi. Chillaning 40-kuni esa yoshi ulug‘ buvilar tomonidan bola «tilla suvi»da cho‘miltiriladi. Bunda onaning barcha tilla taqinchoqlari chelakdagi suvga solinib, bola cho‘miltirilgach, ustidan quyiladi. Bu marosimning ma’nosi «bolaning hayoti tilla kabi toza bo‘lsin» degani. Chaqaloq chilladan eson-omon chiqdi degan xabarni bildirish uchun esa yupqa pishirilib, qo‘ni-qo‘shnilarga tarqatiladi. Chaqaloq cho‘miltirilgandan so‘ng albatta yangi ust-bosh kiydirilishi kerak.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
🧠Chaqaloq miyasi rivojlanishida ota-ona o‘rni qanday?

Kulol loyni xohlagan shaklga keltirib undan chiroyli ko‘za yasay oladi, u ko‘zaga xohlasa naqsh berib chiroyidan kimdnidir bahramand qiladi yoki uni shunchaki foydalish uchungina, buyum sifatida qoldiradi.
Chaqaloq miyasini bir bitmagan imorat deb hisoblasak uning eng mohir quruvchilari – ota-onadir.
Chaqaloq dunyoga kelgandan so‘ng uning miyasi ma’lum yoshgacha «birlamchi» miya deb hisoblanadi. Ya’ni miya chaqaloq tirik qolish uchun vaqtincha «birlamchi» miya sifatida faoliyat ko‘rstib turadi misol uchun: Barcha hayotiy zarur organlar foliyatini boshqarish bular – nafas olish, ko‘rish, eshitish, siydik chiqarish, immunitet va yana go‘dkada tug‘ma shartsiz reflekslar bo‘ladi: tashqi muhit ta’sirlariga tegishli ravishda javob qaytarishga harakat qilishi, so‘rg‘ich refleksi – sut emish uchun, ko‘zini ochib-yumish, qidiruv reflekslari – onasi ko‘kragini qidirib topish uchun, va jahli chiqib yoki hafa bo‘lib yig‘lash – onasini e’tibirini o‘ziga qaratish uchun, havf tug‘ilganda qaltirab himoyalanish.
Chaqaloq miyasi ongli faoliyat ko‘rsatib «ijtimoiy» miyaga aylanish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Aynan «birlamchi» miyadan «ijtimoiy» miyaga o‘tish oralig‘idagi vaqt ota ona uchun eng muhim vaqt hisoblanadi,chunki bu vaqtda bolaning ongi rivojlanayotgan bo‘ladi.

Bolaling ijtimoiy ko‘nikmalari – tarbiya, gapirish, odob-axloq, o‘qish, xotira va barcha insoniylik hilsalatlari miyada hali nofaol holatda uni faollashtirish ota ona va ommaning zimmasida. Bosh miya po‘stlogining ko‘z-peshona (fronto-orbital) sohasi chaqaloq tug‘ilgandan keyin rivojlana boshlaydi, bola yura boshlgach bu soha rivojlanib bo‘ladi odatda bir yoshdan keyin.

Amerikalik psixoterapevt va psixoanalitik –Syu Gerxardt o‘zing «Onaning sevgisi bola miyasini qanday shakllantiradi» (Why Love Matters: How Affection Shapes a Baby’s Brain) kitobida: «miyaning ko‘z-peshona (fronto-orbital)sohasi insonni inson deb nomlanishiga sababchi bo‘ladi. Miyaning shu sohasi rivojlanguncha ota-ona bolaga barcha hayotiy ko‘nikmalrni berishda juda faol bo‘lish kerak, chunki inson miyasi ijtimoiy malakalar orqaligina rivojlanadi, tadqiqotchi olimlar buni «malaka qaramligi» deb nomlaydilar» deya ta’rif beradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Ko'krak sutini ko'paytirish

Quyidagi maslahatlar ko'krakda sut ishlab chiqarilishini ko'paytirishga yordam beradi.

1. Emizish bo'yicha mutaxassislar bilan suhbatlashing. Chaqaloq ko'krakni to'g'ri og'ziga olayotganini, ona to'g'ri pozitsiyada emizayotganini, bola ko'krakni qanday emayotganini ko'rib baho bersin.

2. Yomon maslahatchilardan yiroqroq yuring. "Ko'krak suti bilan emizish shart emas", "Men bolamni emizmaganman", "Bola ko'krak sutiga to'ymayapti, qo'shimcha berish kerak" degan do'stlar maslahatiga quloq solmang. Ular bilan iloji boricha suhbat qurmang, chunki bu gaplar emizish uchun o'zingizda ishonch paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

3. Uyingizni ko'zdan kechiring. Uyda mehmon juda ko'p emasmi? Siz bolaga qarashdan tashqari ish qilib urinib qolmadingizmi? Uy-yumush ishlari sizni qiynab yubormadimi? Bu ish va yumushlar sizdagi emizishga kerak bo'lgan kuchingizni olib qo'yadi.

4. Bolani yoningizga yotqizib emizing. Sizning tanangiz bola tanasi bilan qanchalik yaqin bo'lsa, sut ishlab chiqarilishi shunchalik kuchayadi.

5. Emizish davomida bolani yechintiring. Agar sovuq bo'lsa ustidan adyol yopib qo'yish mumkin. Lekin bolaning badani sizning badaningizga tegib tursa, uxlab qolayotgan bola uyg'onib yaxshilab emishiga yordam bo'ladi.

6. Emizish davomiyligidan ko'ra soni ko'p bo'lishi kerak.

Charchagan ayol nafaqat emizishga, balki bolaga kerakli mehr ajratishga ham holi bo'lmaydi.

7. Bola haqida, sut haqida ko'p o'ylang. Bolani ko'p silab erkalang. Bu onalik mehr onada sut ishlab chiqaruvchi gormon ko'payishiga ta'sir qiladi.

8. Bola uxlaganda uxlang. Qancha ko'p dam olsangiz, sut shuncha yaxshi keladi.

9. Emizayotganingizda chap va o'ng ko'krakni almashtirib berishni unutmang.

10. Bolani ko'tarib yuring. Bola ko'krakka yaqin bo'lsa sut ishlab chiqish jarayoni jadallashadi.

11. Emizishdan oldin va emizishdan so'ng ko'kragingizni massaj qiling.

12. Emizish davomida asabiylashmasdan, tinch va xotirjam bo'ling.

13. Sut ko'payishiga ta'sir qiluvchi maxsus o'tlik choy(pajitnik)dan iching.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bola qachon o'giriladi (dumalaydi)?

Chaqaloqning rivojlanishini ota-onalar jiddiy kuzatadi. Bola qachon ag'darilishi kerak? Qachon boshini ushlashi kerak? Bola qachon dumalashi kerak? Shu kabi savollar ota-onani qiziqtirishi tabiiy holat.

Bola 3 oyida kelib ilk bora boshini biron tovushga o'girishni boshlaydi. Lekin butun badani bilan dumalashni yoki o'girilishni 4-5 oyiga kelib o'rganadi.

Bu davrda uning oyoq-qo'l va badan mushaklari ancha kuchaygan bo'ladi.

Birinchi bo'lib, odatda chaqaloqlar belida yotgan holda yon tomonga o'girila oladilar. Bundan so'ng belida yotgan holda qoringa dumalab olishni bilib oladilar. Oxirida qorinda bo'la turib belga ag'darilishni o'rganadilar.

Bola 4-5 oyga kelib dumalay olmasligiga yordam berish mumkin. Muhimi, bu davrda bola boshini ushlay olgan yoki ko'tarishga urinayotgan bo'lishi kerak. Buning uchun:

Bola yotgan holida uni badanini kunda bir necha bor 10 daqiqa davomida silash lozim. Bu massaj samarasini beradi. Bolaning mushaklari kuchayadi.
Bola belida yotgan holida uni jalb qiluvchi tovushlar va yorqin ranglik o'yinchoqlar bilan yonga qarashiga undash kerak. Kerak bo'lsa, sekin yordam berib yuborish ham mumkin.
Bola 5 oyga kelib ham dumalamayotgan, o'girilmayotgan bo'lishiga sabab nima?

Bolaning xarakteri. Ba'zi bolajonlar tug'ilganidan sho'xligi, harakatchanligi bilan ajralib turadi. Ba'zida esa bola biroz yumshoq xarakterga ega bo'lib, rivojlanishda tengdoshlaridan ozroq ortda qoladi. Bu muammo emas, balki bolaning temperamenti natijasidir.

Temperamenti past bolalar ham barcha rivojlanish bosqichlaridan(emaklash, o'tirish, turish, yurish va hokazolar) o'tadilar. Faqat o'tish muddatlari sho'x bolalarnikidan ko'ra ortda qolishi mumkin.

Nevrologik muammolar. Agar bola 5 oyiga kelib dumalamayotgan, o'girilmayotgan bo'lib, qo'shimcha ravishda injiq, asabiy, kam uxlaydigan va yaxshi emmaydigan bo'lsa, uni nevrapotolog ko'rigiga oborish tavsiya etiladi.

Jarohat. Ba'zida tug'ish jarayonida bolaga shikkast yetkazilishi mumkin. Ana shuning natijasi keyinchalik uning rivojlanishida namoyon bo'lishi mumkin.

Ba'zi infeksiya va kasalliklar. Bu holat kelib chiqishini faqat pediatr bilan maslahatlashgan holda aniqlash mumkin.

Bolaning jismoniy rivojlanishi hamma chaqaloqlarda har xil tezlikda bo'ladi, kimdur tezroq kimdur sekinroq rivojlanishi tabiiy holat. Farq normadan yiroq bo'lmasligi muhim. Normada muammosiz tug'ilib, sog'lom rivojlanib kelayotgan chaqaloq 4-5 oyiga kelib joyidan qimirlaydi, o'giriladi va dumalaydi. Shuning uchun uni bu davrda ayniqsa beqarov qoldirish mumkin emas. Qaysi zahoti qanchalik masofaga holatini o'zgartira olishini bilib bo'lmaydi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
⚡️Nihoyat, Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritilmoqda

Prezident farzandlarini xususiy bog‘cha va maktablarga berayotgan ota-onalarga soliq imtiyozi berilishini aytgan edi. Lekin haligacha qonunchilikka tegishli o‘zgartishlar kiritilgani yo‘q edi.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi.

Hujjat parlament quyi palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
​​Kun tartibi tarbiya ustunidir.

Bolalar salomatligini mustahkamlovchi eng katta omillardan biri - bu kun tartibidir. Ayniqsa, bolalarning intizomga rioya qilishi va tartibli bo'lishi kun tartibiga go'dakligidan rioya qilishidir.

Yurtimizda juda ko'p onalar uy bekalaridir va aksariyat hollarda bolaning kun tartibini o'z yumushlariga moslaydilar, natijada bola vaqtida ovqatlanmaydi va vaqtida uxlamaydi. Bu esa asab tizimining buzilishiga olib keladi.

Asosan, bog'chaga bormaydigan 1-2 yoshdagi bolalar uchun kun tartibiga rioya qilish juda muhimdir.

1-2 yoshgacha bolalar uchun kun tartibi:

7.00 - uyg'onish;
7.00-7.30 - nonushta;
8.00-11.00 - o'yin, sayr;
11.30-12.00 - tushlik;
12.00-15.00 - uyqu!;
15.30-16.00 - tolmachoy (yengil ovqatlanish);
16.30-18.30 - sayr, o'yin, chiniqish;
19.00-19.30 - kechki ovqat;
20.30-7.00 - tungi uyqu.

Aziz ota-onalar, siz 3 kun shu tartibga rioya qiling va bola kayfiyatidagi mo'jizaga hayron qolasiz!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi