Bolalik kunlarimda
17.7K subscribers
688 photos
1 video
1 link
Tasavvuringizda jonlanuvchi ertaklar!


2019 yildan boshlab biz sizga o'zbek va rus tillaridagi audio ertaklarni ulashib kelmoqdamiz.

❤️ Goya muallifi va badiiy rahbar : Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna.

😎 Loyiha Bilim Makon ko'magida Aqlvoy ijodiy j
Download Telegram
Oq o'rdak (rus xalq ertagi)

Berilgan va'daga doimo amal qilish kerak. Aks holda ko'ngilsizlik yuz berishi hech gap emas. Galdagi ertakda ham xuddi shunday voqea yuz beradi. Go'zal qiz oq o'rdakka aylanib, uzoq vaqt yolgizlikda yashaydi. Ammo har qanday ertakda bo'lgani kabi bu ertakning nihoyasi ham yaxshilik bilan tugaydi. "Oq o'rdak" ertagini tinglang va yolg'onning umri qisqa ekanligiga amin bo'ling.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Xizmatkor Mambet (qirg’iz xalq ertagi)

Yordamga muhtoj insonga ko'mak berish insoniy fazilat. Bu yaxshilik izsiz yo'qolmaydi. Xizmatkor Mambet ham kasal yotgan bola yonidan e'tiborsiz o'tib ketmaуdi. Tog'lar malikasi esa unga bu ishi uchun behisob tilla hadya qiladi. Ammo... Yaxshisi, "Xizmatkor Mambet" deb nomlangan qirg'iz xalq ertagini tinglab, ertak nima haqida ekanligini bilib oling.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Hasan va Husan (10+)

Ular egizak emas, ammo hamisha birga. Ular sarguzashttalab, shuning uchun doimo qiziq vaziyatlarga duch kelishadi. “Ular kim?” degan savolga “Hasan va Husan” ertagini tinglab, javob topish mumkin.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Cho'rtan baliq amri bilan (rus xalq ertagi)

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim o'tgan zamonda juda erinchoq bir tentak yashagan ekan. Bir kuni u sochlari taqimigachа tushаdigan go'zalni uchratib, unga bo’lgan muhabbati sabab butkul o'zgaribdi. Voqea qanday bo'lganini bilishni istaysizmi? Unda “Сho'rtan baliq amri bilan” ertagiga diqqat qiling.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Sohibjamol Kunkey (qozoq xalq ertagi)

Xondan mukofot olish ilinjida bo'lgan yigit bu istagi sabab ko'p sinovlarga duch keladi. Mehribon va sofdil bo'lgani uchun ularni osongina yengib o'tadi. Voqealar rivojiga qiziqsangiz, “Sohibjamol Kunkey” deb nomlangan qozoq xalq ertagiga diqqat qiling.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Qochqoq ko'mach, ayyor tulki va ochko'z bo'ri haqida ertak

Aziz bolajonlar, siz "Bo'g'irsoq" ertagini bilasiz-a? O'zbek xalq ertaklaridan biri - "Qochqoq ko'mach, ayyor tulki va ochkо'z bo'ri haqidagi ertak" shu ertakka o'xshab ketadi. Ammo ertakni tinglasangiz, uning yana ham qiziqroq ekanligiga o'zingiz amin bo'lasiz. Bu ertak sarguzashtlarga boy va yanada maroqli!

#arxiv
@bolalikkunlarimda
🌟 Birgalikda eslaymiz!

Bizning ajoyib o'zbek xalq ertakimizni eslaysizmi "Komach, ayyor tulki va ochko'z bo'ri haqidagi ertak"?

Ushbu hikoya bizning kanalimizning ko'plab kichik tinglovchilarining qalbini zabt etdi. Sarguzashtlar va kutilmagan uchrashuvlarga to'la dunyoga qaytish uchun bizga qo'shiling!

#arxiv

@bolalikkunlarimda
🌟 Вспомним вместе!

Помните ли вы нашу увлекательную узбекскую народную сказку «Сказка про комач, хитрую лису и жадного волка»?

Эта история завоевала сердца многих маленьких слушателей нашего канала. Присоединяйтесь к нам, чтобы вновь окунуться в мир полный приключений и неожиданных встреч!

#arxiv

@bolalikkunlarimda