ππ”π†π”ππ†πˆ πŒπ€πƒπ€ππˆπ˜π€π“ (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
417 subscribers
6.56K photos
1.49K videos
34 files
1.27K links
Maydonga qaytdim, men sizlar bilanman!!!
Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi!
Download Telegram
#Xotira_kechasi

Termiz ixtisoslashtirilgan sanΚΌat maktabida ushbu dargohda uzoq yillar rahbarlik lavozimida samarali faoliyat olib, shogirdlar qalbida mangu barhayot bo'lib qolgan O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi Karimov Amin Karimovich tavallud ayyomiga bag'ishlangan "Qalbimizda yashaysiz ustoz!" nomli badiiy xotira kechasi bo'lib o'tdi. Unda so'zga chiqgan maktab direktori Bahriddin Ishmuratov boshchiligida barcha shogirdlari - ustozning bosib o'tgan hayot va ijod yo'li bilan bog'liq xotiralarini eslab, rahbarlik davridagi san'at yo'nalishida amalga oshirgan ishlari haqida to'xtalib o'tishdi. Shundan so'ng, tadbirning badiiy qismida xalq cholgΚ»ulari orkestri, changchilar ansambli va boshqa yo'nalishdagi ijrochilari tomonidan asarlar ijro etildiπŸ€—


✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling πŸ€—

#Batafsil πŸ‘‰ t.me/surxonmadaniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Baxshichilik_va_an'anaviy_xonandalik_fan_haftaligi

Madaniyat vazirligi taΚΌlim muassasalari tizimida 11-16 mart kunlari "Baxshichilik va an'anaviy xonandalik fan haftaligi" deb eΚΌlon qilinganligi munosabati bilan
2024-yil 15-mart kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Termiz davlat universitetining "Milliy libos va san'at" fakulteti "Musiqiy ta'lim" kafedrasi professor o'qituvchisi Abduraim Tursunov, katta o'qituvchilar Zohid Tursunov, Jamshed Tursunov va Xurshid Tursunovlar tomonidan "Ustoz san'atkorlar ijodiga bir nazar" mavzusida MAHORAT DARSI tashkil etildi. Unda Orif ota Alimahsumov ijodiga mansub "So'lim" ashulasi, shuningdek o'zbek milliy musiqa san'atining oltin meroslaridan hisoblangan "Segoh" maqomidan namunalar hamda "Adolat tanovari" kuylari ijro etildi. Uchrashuv davomida ishtirok etgan o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Mahorat darsi yakunida faol ishtirok etgan o'qituvchilar maktab ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.


✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling πŸ€—

#Batafsil πŸ‘‰ t.me/surxonmadaniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitoblar_taqdimoti_va_ijodiy_kecha

Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida sobiq Termiz davlat musiqa bilim yurti hamda sobiq sanΚΌat kolleji o'qituvchisi, bastakor Shamsutdinov Halim Ismatovich hayoti va ijodiga bag'ishlangan kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda Termiz ixtisoslashtirilgan sanΚΌat maktabi o'qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibi, oliy toifali pedagog Normurod Bakarov, oliy toifali pedagog Tamara Xolmatova, Termiz davlat universitetining "San'atshunoslik" fakulteti musiqa taΚΌlimi kafedrasi katta oΚ»qituvchisi Orifjon Hakimovlar ishtirok etishib, Halim Shamsutdinovning ijodiy faoliyati bilan bog'liq xotiralar, bastakor yozgan asarlar haqida fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Ushrashuv davomida Normurod Bakarov va Orif Hakimovlar qalamiga mansub "Surxondaryo kompozitorlari va bastakorlari" nomli kitobi taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Ushbu kitoblar barcha o'quvchi yoshlar va yosh pedagoglar uchun kerakli o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.


✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling πŸ€—

#Batafsil πŸ‘‰ t.me/surxonmadaniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM