ππ”π†π”ππ†πˆ πŒπ€πƒπ€ππˆπ˜π€π“ (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
417 subscribers
6.56K photos
1.49K videos
34 files
1.27K links
Maydonga qaytdim, men sizlar bilanman!!!
Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi!
Download Telegram
#Xotira_kechasi

Termiz ixtisoslashtirilgan sanΚΌat maktabida ushbu dargohda uzoq yillar rahbarlik lavozimida samarali faoliyat olib, shogirdlar qalbida mangu barhayot bo'lib qolgan O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi Karimov Amin Karimovich tavallud ayyomiga bag'ishlangan "Qalbimizda yashaysiz ustoz!" nomli badiiy xotira kechasi bo'lib o'tdi. Unda so'zga chiqgan maktab direktori Bahriddin Ishmuratov boshchiligida barcha shogirdlari - ustozning bosib o'tgan hayot va ijod yo'li bilan bog'liq xotiralarini eslab, rahbarlik davridagi san'at yo'nalishida amalga oshirgan ishlari haqida to'xtalib o'tishdi. Shundan so'ng, tadbirning badiiy qismida xalq cholgΚ»ulari orkestri, changchilar ansambli va boshqa yo'nalishdagi ijrochilari tomonidan asarlar ijro etildiπŸ€—


✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling πŸ€—

#Batafsil πŸ‘‰ t.me/surxonmadaniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Baxshichilik_va_an'anaviy_xonandalik_fan_haftaligi

Madaniyat vazirligi taΚΌlim muassasalari tizimida 11-16 mart kunlari "Baxshichilik va an'anaviy xonandalik fan haftaligi" deb eΚΌlon qilinganligi munosabati bilan
2024-yil 15-mart kuni Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Termiz davlat universitetining "Milliy libos va san'at" fakulteti "Musiqiy ta'lim" kafedrasi professor o'qituvchisi Abduraim Tursunov, katta o'qituvchilar Zohid Tursunov, Jamshed Tursunov va Xurshid Tursunovlar tomonidan "Ustoz san'atkorlar ijodiga bir nazar" mavzusida MAHORAT DARSI tashkil etildi. Unda Orif ota Alimahsumov ijodiga mansub "So'lim" ashulasi, shuningdek o'zbek milliy musiqa san'atining oltin meroslaridan hisoblangan "Segoh" maqomidan namunalar hamda "Adolat tanovari" kuylari ijro etildi. Uchrashuv davomida ishtirok etgan o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Mahorat darsi yakunida faol ishtirok etgan o'qituvchilar maktab ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.


✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling πŸ€—

#Batafsil πŸ‘‰ t.me/surxonmadaniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitoblar_taqdimoti_va_ijodiy_kecha

Termiz shahar 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida sobiq Termiz davlat musiqa bilim yurti hamda sobiq sanΚΌat kolleji o'qituvchisi, bastakor Shamsutdinov Halim Ismatovich hayoti va ijodiga bag'ishlangan kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda Termiz ixtisoslashtirilgan sanΚΌat maktabi o'qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibi, oliy toifali pedagog Normurod Bakarov, oliy toifali pedagog Tamara Xolmatova, Termiz davlat universitetining "San'atshunoslik" fakulteti musiqa taΚΌlimi kafedrasi katta oΚ»qituvchisi Orifjon Hakimovlar ishtirok etishib, Halim Shamsutdinovning ijodiy faoliyati bilan bog'liq xotiralar, bastakor yozgan asarlar haqida fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Ushrashuv davomida Normurod Bakarov va Orif Hakimovlar qalamiga mansub "Surxondaryo kompozitorlari va bastakorlari" nomli kitobi taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Ushbu kitoblar barcha o'quvchi yoshlar va yosh pedagoglar uchun kerakli o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.


✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling πŸ€—

#Batafsil πŸ‘‰ t.me/surxonmadaniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Madaniy_tadbirlar_davom_etmoqda

Termiz shahar madaniyat bo'limi ijodiy jamoasi tomonidan shahardagi 3 va 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil olayotgan o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Yurtimga bahor keldi" nomli konsert dasturi namoyish etildi. Unda ishtirok etgan maktab jamoasi va o'quvchilar madaniy hordiq olish barobarida sho'x qo'shiqlar ijrosida raqslarga tushishdi. Sahnadagi maftunkor milliy raqslarni ijro etgan "Barchinoy" va "Lola" havaskorlik raqs to'garaklari chiqishlarini tomosha qilgan maktab o'quvchilari tengqurlaridan Termiz shahar madaniyat bo'limida tashkil etilgan to'garaklar faoliyatiga qiziqib, ishtirok etish haqida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Konsert dastur yakunida havaskor o'quvchilar ham sahnada o'zlari sevgan vatanni madh etuvchi qo'shiqlar va taronalarni ijro etishdi


✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling πŸ€—

#Batafsil πŸ‘‰ t.me/surxonmadaniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_muborak

Surxondaryo viloyati va shaharu tumanlari bo'ylab o'tkaziladigan "Navro'z - umumxalq bayramini" davom etmoqda. Erta tongdan Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Qumqo'rg'on va Sherobod tumanlari aholisini xursand etish hamda bayram shukuhini ulashish maqsadida quyidagi poytaxtlik taniqli san'atkorlar xizmatda bo'lishadi:

πŸ₯° 16-mart kuni

πŸ“ Oltinsoy tumanidagi
β€œQorliq” mahallasi adirligida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Mahmud Namozov va taniqli estrada yulduzlari Hamdam Sobirov;

πŸ“ Qumqoβ€˜rgβ€˜on tumanidagi
β€œSurxon sohili” mahallasi Yoshlar istirohat bogβ€˜ida O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist Hosila Rahimova va "VIA Maroqang guruhi";

πŸ“ Sherobod tumanidagi
β€œChoβ€˜yinchi” mahallasidagi Sport majmuasida taniqli estrada yulduzlari Shohruxon va Dilnoza Hakimovalar xizmatda bo'lishadiπŸ€—

17-18 va 19-mart kunlari yana qaysi taniqli estrada yulduzlari bayram dasturlari mehmoni bo'lishin bilishni xohlasangiz, kanalimizdan uzoqlashmang va barcha yaqinlaringizni kanalimizga obuna bo'lishga taklif etingπŸ‘‡πŸ€—


✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling πŸ€—

#Batafsil πŸ‘‰ t.me/surxonmadaniyati