CEFR (Multi level) with Mr Pro
1.75K subscribers
2.75K photos
1.72K videos
531 files
4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
мотивация

Гоҳида, ўтмишга қайтишни ва бошқача ҳаёт кечириш учун ҳамма нарсани ўзгартиришни хоҳлайсиз... гўё ёш бўлиш ҳаётда иккинчи имконият берадигандек!

Турмуш тарзингизни ўзгартитиш учун нега ўтмишга қайтиш керак...? Сиз ўзингизни шу ҳолингизда ҳам ўзгартира оласиз, шунчаки ҳаракат қилинг ва хозирги ҳаётигизга хоҳлаганингиздек ўзгаришлар киритинг....

https://t.me/cefrprofessionals
Useful vocabulary for Listening 🎧

Bilamiz, listeningda ko’p hollarda Part 1 da umumiy suhbatlar qo'yib beriladi. Suhbatlarda eng ko'p uchraydigan mavzulardan biri bu uydir. Yana, uyni ijaraga olish, xarid qilish yoki uni ta'mirlash kabilar.

Keling, shunday so’zlar ro’yxati bilan tanishamiz. Quyidagi so’zlar albatta sizga Listening paytida asqotadi.

Housing vocabulary 🏠

1. Landlord/landlady - uy egasi

2. Ventilation - havo aylanishi

3. Tenant - ijarada turuvchi

4. Accommodate - uy bilan
ta’minlamoq/joylashtirmoq

5. Apartment/flat - ko’p qavatli uy

6. Dwell - yashamoq

7. Residence - turar joy

8. Downtown - shahar markazi

9. Hallway - zal

10. Suburb - shahar cheti

11. Spare room - bo’sh xona

12. Neighborhood - mahalla

13. Burglar - uy o’g’risi

14. Transportation - transport tizimi

15. House-warming party - uy ko'rdi tadbiri

16. Subway entrance - metroga kirish

Bu so’zlar ro’yxati sizga ma’qul bo’ldimi? Unda uni do’stlaringiz bilan ulashing.

https://t.me/cefrprofessionals
Speaking Vocabulary – Friends and Familyfamily 👨‍👩‍👧‍👦

A lifelong friend
– A friend that you have had for most of your life;
(Bir umrlik do’st)

Anyone who has had a lifelong friend would understand that she will always be dear to my heart.
Bir umrlik do'sti bo'lgan har bir kishi u mening yuragim uchun har doim aziz bo'lishini tushunar edi.

A shoulder to cry on – Someone to sympathize with you;
(sizga hamdard bo’ladigan kishi)

If you have relationship problems, you may one day need a shoulder to cry on.
Agar sizning munosabatlaringizda muammolar bo’lsa, biror kun sizga hamdard bo’ladigan insonga muhtoj bo’lasiz.

Dear to my heart – Someone that I care about;
(siz uchun qadrli inson)

He is very dear to my heart.
U men uchun juda qadrli inson.

Distant cousins – People who share a common ancestor but are not closely related;
(uzoq qarindosh)

Social media allows us to build up relationships with distant cousins, even with those that live on foreign soil.
Ijtimoiy tarmoq bizga uzoq qarindoshlar bilan, xatto begona tuproqda yashaydiganlari bilan ham munosabatlar o’rnatishga imkon beradi.

Share the same ideas – To have similar opinions and views;
(o’xshash fikr va qarashlarga ega bo’lish)

We share the same ideas.
Biz bir xil fikrlarga egamiz.

To have a good working relationshipTo work together well;
(yaxshi ish munosabatlariga ega bo’lish)

I think that it is important to have a good working relationship.
Yaxshi ish munosabatlariga ega bo’lish muhim deb o’ylayman.

To keep in touch with – To keep in contact;
(aloqada bo’lish)

We like to keep in touch with each other.
Biz aloqada bo'lib turishni yaxshi ko’ramiz.

To lose touch with – To lose contact;
(munosabatlarni yo’qotish)

We have to some degree lost touch.
Biz ma’lum bir darajada aloqani yo’qotdik.

https://t.me/cefrprofessionals
Natijalar yuklanib bormoqda hammaga yuqori natijalar tilab qolamiz🥳
Assalomu alaykum yana bir bor. Sertifikatni o'zgartirib beramiz yoki olib beramiz degan aldovlarga ishonmang. Firibgarlar hammasi. Allohdan qorqmidigan, birovni haqqini yidiganlar.
Yaxshi harakat qiling Inshaalloh kutilgan natija bo'ladi
☺️
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 6-maydan 31-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (8-10-iyun) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha iyun oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 10-11- va 17-18-iyun kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 12-iyun1-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): telegra.ph/Chet-tili-06-05

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (8-iyul kuni) e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
хайрли_тонг

Ҳар банда Яратгандан умидвор ҳолда яшар экан, албатта, унинг қаршисида мақсад эшиклари очилади...

Ушбу янги тонг нафасидан баҳра олётган сиз Азизларга бошлаётган бугунги эзгу ишларизга улкан ривожлар тилаб қоламиз.

Яна бир гўзал Тонг муборак бўлсин.
Ассалому алайкум!

https://t.me/cefrprofessionals
vocabulary about CLIMATE CHANGE | Part 1 🌎🌍🌏

The ravages of something - destruction of something;
(biror narsani yo’q qilish)

Hybrid car - a car that uses both petrol and electricity;
(benzin va elektr energiyasidan foydalanadigan mashina)

Recycle - breaking down products to create new products from the materials;
(qayta ishlash)

Yields - amount of a crop produced;
(hosil)

Crops - a plant grown in large amounts;
(katta miqdorda o'stirilgan o'simliklar)

Natural fertilizer - fertilizers that come from animal waste, animal matter or plant matter;
(tabiiy o’g’it)

Chemical fertilizer - fertilizers that are made from synthetic materials;
(kimyoviy o’g’it)

Groundwater - water that is below the earth’s surface;
(yer osti suvlari)

Vegetable scraps - bits of vegetables that are discarded;
(tashlab yuborilgan sabzavot bo’laklari)

Solar panels - panels that collect rays from the sun to be used as energy for electricity or heating;
(quyosh panellari)

Household cleaning products - products that are used to clean one’s home;
(uyni tozalash uchun ishlatiladigan mahsulotlar)

Green lifestyle - a way of living that attempts to reduce usage of water & power, waste and toxic substances;
(suv va elektr energiyasi, chiqindilar va zaharli moddalardan foydalanishni kamaytirishga harakat qiladigan turmush tarzi)

Emulate - to copy someone’s behavior out of respect;
(taqlid qilish)

https://t.me/cefrprofessionals
Nega turli texnika va strategiyalar sizga yordam berolmasligi mumkin?

Keling bugun shu savolga batafsil to’xtalaylik.

Biror bir natijaga erishish uchun eng avvalo nima qilish kerak?

Ha, albatta, natijaga erishish yo’llari haqida o’rganish kerak. Buning uchun sizga turli video, kitob va boshqa manbalar yordam beradi. 📚

Xo’sh, bu videolarni ko’rib, kitoblarni o’qib bo’lgandan keyinchi? Shuning o’zi yetadimi?

Afsuski, yo’q. Siz natijaga erishish yo’llarni o’rganganingizdan so’ng, shu natijaga olib boruvchi jarayonlarni amalga oshirishingiz kerak. Ya’ni, sizga berilgan maslahatlarga doimiy amal qilib borishingiz kerak.

Agar so’z yodlash aytilgan bo’lsa, doimiy so’z yodlash kerak. Ingliz tilida kitob o’qish kerak. Ko’proq tilni tinglash va uning ichida bo’lish kerak.

Ammo, bu hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Chunki bunday muhim vazifalarni muttasil bajarish uchun, shunga mos shaxsiyat va xarakterga ega bo’lishingiz kerak.

Ya’ni, maqsadlar kaliti texnika yoki strategiya emas, bu kalit SIZsiz.
☝️ Ha, sizning o’zingiz. Agar siz sabrli, aytilgan maslahatlarga doimiy amal qiluvchi va ularni hayotda faol tadbiq qiluvchi bo’lsangiz, siz ko’zda tutilgan maqsadga erishasiz.

Yo’qsa, millionlab pul sovurib, turli onlayn yoki offlayn kurslarda o’qisangiz ham, hech nimaga erishmasligingiz mumkin.

motivation

https://t.me/cefrprofessionals
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
мотивация

Мақсад кўп... Лек, умр қисқадир..!
Ҳар бир ўтаётган вақтимиздан унумли фойдаланишимиз эса ўзимизга боғлиқдир!

https://t.me/cefrprofessionals
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xайрли_тонг

Аллоҳимдан нима эзгу ният сўраган бўлсангиз,барчаси мустажоб бўлсин. Бугунги кунингиз кечаги кунингиздан хайрли ва файзли манфатли ва баракалироқ бўлсин...

Йўлимиз бир экан, доимо ўзингизни эхтиёт қилинг қадрдон. Ассалому алайкум!

https://t.me/cefrprofessionals
IELTS speaking vocabulary about CLIMATE CHANGE | Part 2 🌏🌍🌎

Conventional products
- products that have been in use for a long time;
(uzoq vaqt davomida ishlatilgan mahsulotlar)

Energy saving - describe products designed to reduce use of electricity or other form of energy;
(energiyani tejash)

Fuel emissions - gases that lead to air pollution through the burning of fuel;
(yoqilg'ini yoqish orqali havoning ifloslanishiga olib keladigan gazlar)

Electric cars - vehicles that run on electricity;
(elektr avtomobillari)

Local food - food that is produced a short distance from where it is consumed;
(mahalliy oziq-ovqat)

Fossil fuels - coal, gas or oil that is used in industry, homes and vehicles;
(sanoatda, uylarda va transport vositalarida ishlatiladigan ko'mir, gaz yoki neft)

Dispose - throw away;
(tashlab yubormoq)

Waterways - lakes, rivers, oceans and canals;
(suv yo’llari)

Tackle - to try to deal with a problem;
(muammoni bartaraf etishga harakat qilmoq)

Source: ieltspodcast.com

Telegram | Instagram | Youtube | Tiktok
Useful vocabulary for Listening 🎧

Bilamiz, IELTS vaCEFR listeningda ko’p hollarda Part 1 da umumiy suhbatlar qo'yib beriladi. Suhbatlarda eng ko'p uchraydigan mavzulardan biri bu uydir. Yana, uyni bezash, jihozlash yoki ta'mirlash kabilar.

Keling, shunday so’zlar ro’yxati bilan tanishamiz. Quyidagi so’zlar albatta sizga Listening paytida asqotadi.

Decoration & Repair 🛠

1. Furnished - jihozlangan

2. Crack - yoriq

3. Unfurnished - jiozlanmagan

4. Install - o’rnatmoq

5. Baby crib - bolalar kravati

6. Maintenance - uyni yaxshi sharoitda saqlash

7. Decoration - bezash

8. Plumber - santexnik

9. Multiple glazing - derazaga 2 qavatli oyna o’rnatish

10. Washing machine - kir yuvish mashinasi

11. Cupboard - kichkinashkaf

12. Refrigerator/fridge - muzlatgich

13. Sideboard - idish saqlanadigan shkaf

14. Light bulb - lampochka

15. Sink - rakovina

16. Heater - isitgich

17. Pipe - quvur

18. Furnace - isitish qozoni

19. Leak - teshik

20. Air conditioning - konditsioner

Bu so’zlar ro’yxati sizga ma’qul bo’ldimi? Unda uni do’stlaringiz bilan ulashing.


https://t.me/cefrprofessionals
Muvaffaqqiyatning ko’rinishi aslida qanday? 🏋️‍♂️🏋️


Siz dars qilyapsiz. O’qituvchingiz bergan barcha vazifalarni qo’ldan kelgancha qilyapsiz.

Natijalaringiz 40 ta savoldan 15-18 ta atrofida.

Yana dars qilyapsiz. Darslarga qoldirmasdan boryapsiz.

Kunlar, haftalar o’tyapdi. Natijalaringiz hamon shunday.

Yana dars qilyapsiz. Vazifalarni ulgurgancha bajaryapsiz.

Ammo ko’pi bilan 20 ta topasiz.

Yana kunlar, haftalar o’tadi.

Barchasi joningizga tega boshlaydi.

Hammasini tashlab, qochib ketgingiz keladi. 😣

Axir, natijaga yo’qku! Balkim, umuman IELTS men uchunmasdir deb o’ylay boshlaysiz.

Balkim, o’qituvchim yaxshi o’rgata olmayotgandir.

Yoki, ayb o’zimdamikan deb ikkilana boshlaysiz.

Yana, o’qishda davom etasiz.

Yana, kunlar, haftalar o’taveradi.

Shunday oddiy kunlarning birida yana bir test ishlab ko’rasiz. Bu safar savollarni, matn yoki audioni qandaydir yaxshiroq tushunganday bo’lasiz.

Natijalarni tekshirasiz.

Shunda 24-25 atrofda chiqadi.

O’zingizda yo’q xursand bo’lib ketasiz.


Ha, muvaffaqqiyat lop etib birdan yuzaga chiqadigan narsa emas.

Uning uchun vaqt kerak. Sabr kerak. 🧘🧘‍♀️
Siz o’zingizni xuddi hech nima o’zgarmayotgandek his qilganingizda, aslida miyangiz siz o’rgangan ma’lumotlarni analiz qilayotgan, ularni kerakli fayllarga joylab, sortirovka qilayotgan bo’ladi. Faqat, siz buni sezmaysiz.

Miyangizga yangi ma’lumotlarni qabul qilish va o’zlashtirish uchun vaqt kerak. Unga yetarli vaqt va mashg’ulot bersangiz, u albatta siz kutgan natijaga olib chiqadi.

https://t.me/cefrprofessionals
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Nadeem Mohammed - Just Keep Repeating (Official Nasheed)

English_Nasheeds


I DO RECOMMEND THIS SONG👆
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xайрли_тонг

Яна бир тонг...
Бу тонгда Сизни имкон кутмоқда...
Барча эзгуликлар - ҳар бир кунни шукрона билан қарши олишдадир. Аллоҳим ҳар бир қилаётган ишингиздан, босган изингиздан рози бўлсин. Кунингиз файзу барокатли солих амалларга тўла ўтсин!

Ассалому алайкум. Умримизнинг яна бир қайтарилмас тонги муборак бўлсин!

https://t.me/cefrprofessionals
💥ASSALOMU ALAYKUM HURMATLI GURUHIMIZ A'ZOLARI. BUGUNGI IMTIHONGA KIRADIGANLARGA YUQORI NATIJALARNI TILAB QOLAMIZ.
ALLOH BARCHANGIZNI QOLLASIN.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xайрли_тонг

Яна бир тонг...
Бу тонгда Сизни имкон кутмоқда...
Барча эзгуликлар - ҳар бир кунни шукрона билан қарши олишдадир. Аллоҳим ҳар бир қилаётган ишингиздан, босган изингиздан рози бўлсин. Кунингиз файзу барокатли солих амалларга тўла ўтсин!

Ассалому алайкум. Умримизнинг яна бир қайтарилмас тонги муборак бўлсин!

https://t.me/cefrprofessionals
Quick tip for you about writing ✍️

A lot of people feel the need to put a 'background statement' or a 'hook' at the beginning of the introduction. I don't recommend doing this.

Why?

Firstly, simply paraphrasing what they have already given you in the question is always enough to present the topic of discussion.

Secondly, writing an appropriate background statement is quite difficult. You have to be a bit creative to make a catchy relevant statement.
Thirdly, it wastes time. You want to get the body paragraphs quickly. This is where you can impress the examiner with the depth of your arguments and quality of your writing. It would be so much better to squeeze in an extra example rather than an unnecessary intro sentence. ☝️

In summary, no background statement is needed in your introduction. Just paraphrase whatever is given.

https://t.me/cefrprofessionals
Introductionda “background statement” yoki “hook” yozish ✍️

Ko’pchilik introductionda examinerni e’tiborini jalb qiladigan zo’r gap o’ylab topishim kerak deb o’ylashadi.

Mening maslahatim: bunday gap kerak emas.

Negaki, birinchidan, shunchaki insho savolida berilgan mavzuni o’zini o’z so’zlaringiz bilan qayta yozishning o’zi kifoya.

Ikkinchidan, bunday gap yozish qiyin, Uning uchun siz yaratuvchan va mavzu bo’yicha yaxshi bilimga ega bo’lishingiz kerak.

Uchinchidan, kerak emas. Inshoyingizni asosi bu body paragraflar. Introda keraksiz gap yozishga vaqt ketgazgandan ko’ra, asosiy qismda fikrlaringizni qanday asoslab, ochib bermoqchisiz shu haqida ko’proq o’ylang.☝️


https://t.me/cefrprofessionals