"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
38 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
#Hikoya #Ibrat

Bir  ko‘ngli  keng  ayol  mehribonlik  uyidan jajji  qizaloq  asrab  olibdi.  Ayol  unga  g‘amxo‘rlik qilib  yaxshi  qarabdi  va  bolalar  bog‘chasiga  joylashtiribdi.  Kunlarning  birida  bog‘chadagi  boshqa  bolalar  qizni  «yetimcha,  asrandi»,  deb  masxara  qilishibdi  (Aslida,  bolalarning  pok  fikrida  bunday  masxaralash  odati   bo‘lmaydi,  oilasidan o‘rganib qiladi).
Kechki  vaqt  qizni  olgani  onasi  kelganida, qizaloq  ko‘zlarida  jiqqa  yosh  bilan  onasidan so‘rabdi: «Oyijon, asrandi nima degani?»
Ona  mehr  to‘la  ko‘zlari  bilan  qiziga  qarab, shunday  debdi:  «Boshqa  bolalar  kabi  onasining qornida  emas,  qalbida  katta  bo‘lgan  deganidir, qizim». Qizaloq quvonib ketib onasini quchoqlabdi.


@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik