Bekhruz Goffarov <|> FULL-BRAIN
14 subscribers
9 photos
1 video
3 links
Bekhruz Goffarov IT blogg
Download Telegram
#timegold

Ustoz oʻz oʻquvchisini kamondan oʻq uzishga oʻrgatayotgan edi. Oʻquvchi kamonni va ikkita oʻqni olib, mashq bajarishga shaylandi. Biroq, Ustoz uning oldiga borib, undan oʻqning birini olib qoʻydi.
— Nima uchun ikkinchi oʻqimni olib qoʻydingiz? — soʻradi oʻquvchi.
— Men sendan ikkinchi oʻqingni emas, birinchi oʻqingni olib qoʻydim, chunki birinchi oʻqing baribir nishonga tegmas edi.
— Ammo nima uchun? — hayrat bilan soʻradi oʻquvchi.
— Chunki oʻq uzayotib, sen zaxirada yana bitta urinish borligini anglab turgan boʻlar eding, mana shu xotirjamlik, insonning eng katta dushmanidir, — dedi Ustoz.


P.S.: "Hali vaqt bor" yoki "Keyinroq imkon boʻladi" deb umringizni behuda oʻtkazib yubormang! Har bir imkondan oxirgisi kabi foydalaning. Shundagina muvaffaqiyatga erishasiz!

🪐Telegram channel: @classminx