Daryo — LIVE
69.5K subscribers
40.2K photos
9.16K videos
55 files
38.5K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Rossiyaning Odessadagi raketa hujumi oqibatida 3 kishi halok boʻldi

Rossiya harbiylari Odessa tomon uchta “Iskender-M” ballistik raketasi uchirgani xabar qilingan.

@daryo_live
Turkiya maxsus kuchlari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yoʻq qildi

Terrorchilarga qarshi maxsus operatsiya Iroq shimolidagi Hakurk mintaqasida amalga oshirilgan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining boʻlajak navbatdagi yigʻilishi kun tartibini tayyorlash, eng avvalo, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

@daryo_live
Gruziyada hukumat qaroridan norozi boʻlib, namoyishga chiqqan 63 nafar fuqaro hibsga olindi

Namoyishchilar parlament binosiga kirish va chiqish yoʻllarini toʻsib qoʻyishgan.

@daryo_live
⛽️ Toshkent viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shaxobchasiga (AGTKSh) muvofiqlik sertifikatisiz mahsulot uchun jarima qo'llanildi.

@daryo_live
Yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 63,8 mln nafar yoʻlovchi tashilgan

Bir kunda esa oʻrtacha 700,8 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 64,7 foizga oshgan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Davlat rahbari suv taʼminoti, energetika, yoʻl infratuzilmasi, “yashil” shaharlarni rivojlantirish borasida yangi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini taʼkidladi. Boʻlajak Xorijiy investorlar kengashi majlisining kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

@daryo_live
AQSHning Kolumbiya universitetida yana 200 dan ortiq talaba hibsga olindi

Shuningdek, Janubiy Florida universitetida 10 nafar, Tulane universitetida esa 14 nafar talaba hibsga olingani xabar qilingan.

@daryo_live
Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar joriy yilning birinchi choragida 23,6 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

@daryo_live
📚 Toshkentdagi 340 ta maktabga “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi 6800 ta kitob-albomlar topshirildi

@daryo_live
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari koʻrgazmasi oʻtkazildi

NATO harbiy texnikalari koʻrgazmasi 32 ta turli xil zirhli texnikani oʻz ichiga olgan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifani qabul qildi

Davlat rahbari OPEK jamgʻarmasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim oʻrnini qayd etib, Oʻzbekistonda sanoat, infratuzilma, suv taʼminoti va boshqa sohalarda moliyalashtirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini yuqori baholadi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston yosh rassomlarining asarlari Gruziya Prezidenti rezidensiyasi kolleksiyasidan joy oldi

@daryo_live
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi

Rasmiylar voqea joyida tez yordam va qutqaruv xizmatlari ishlayotganini maʼlum qilgan.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash maqsadida yaqin fursatda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi hamda ikki mamlakat hududlarining ikkinchi forumi oʻtkaziladi.

@daryo_live
Iordaniyadagi Isroil elchixonasi oldida norozilik namoyishlari yuzaga keldi — IRNA

Hukumat norozilik kuchaygan hududlarda mahalliy politsiya vakillarini koʻpaytirgani xabar qilingan.

@daryo_live