Daryo — LIVE
70.6K subscribers
42K photos
9.57K videos
55 files
39.8K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Toshkent viloyatida 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

@daryo_live
1-maydan minimal isteʼmol xarajatlari 648 ming soʻm miqdorda belgilanganligi sababli quyidagi pensiyalarning miqdori oshirildi:

ish staji toʻliqsiz chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm;

boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm etib belgilandi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“40 yildan beri mashq qilaman”. 72 yoshli “terminator” otaxon bilan suhbat

Navqiron yoshda sport bilan shug‘ullanish oddiy hol, lekin 70 dan oshganda ham sport bilan hamnafas yashovchi insonlar oramizda kam topiladi. “Daryo” mana shunday insonlardan biri – O‘lmas Oxunjonov bilan suhbatlashdi.

📹 To’liq video

@daryo_live
Moskvadagi Vnukovo aeroporti orqali Tojikistonning 650 nafar fuqarosi deportatsiya qilindi

Fuqarolarning koʻpchiligi deportatsiya qilinishidan oldin bir necha kun davomida tegishli sharoitlarsiz ushlab turilgan.

@daryo_live
Zaporojye viloyatining Rabotino shaharchasi shimolida Rossiya bayrogʻi koʻtarildi — “TASS”

Yaqin vaqtgacha Ukraina armiyasi boshqa hududlardan qoʻshimcha kuchlarni olib kelib, yoʻqotilgan pozitsiyalarni qaytarib olishga urinib koʻrgan.

@daryo_live
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 69 yoshida vafot etdi

@daryo_live
🌤 Bugun harorat 24-29 daraja iliq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi — “O‘zgidromet”

@daryo_live
Daryo — LIVE
Gruziya parlamentida xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqishdan avval deputatlar mushtlashdi. @daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gruziyada noroziliklarga sabab bo‘lgan xorijiy agentlar haqidagi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ma’qullandi

Birinchi o‘qishda bo‘lgani kabi, hujjatni 150 nafar deputatdan 83 nafari qo‘llab-quvvatladi. Uchinchi o‘qish shartli ravishda 17-mayga belgilangan.

@daryo_live
Germaniyada Rheinmetall konserni rahbarining dachasini yoqib yuborishdi

Rheinmetall Yevropadagi eng yirik harbiy texnika ishlab chiqaruvchi konsernlardan biridir. O‘t qo‘yish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan aktivistlar konsern Ukrainaga qurol yetkazib bergani sabab shunday yo‘l tutganini aytmoqda.

@daryo_live
Ostona aeroporti 24-dekabrgacha tungi vaqtda ishlamaydi

Tegishli chora uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash bilan bog‘liq. Aviaqatnovlarni qabul qilish va amalga oshirish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.

@daryo_live
Bugun Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi

Davlat rahbarining forum yalpi majlisidagi nutqini Facebook va YouTube orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

@daryo_live
❗️Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarini uzdi

“Falastinning vayron bo‘lishiga, falastinliklarning qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz” — deya ta’kidlagan mamlakat prezidenti.

@daryo_live