Daryo — LIVE
70.3K subscribers
41.4K photos
9.44K videos
55 files
39.4K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
Kuvayt kompaniyasi Farg‘onada Markaziy laboratoriya va diagnostika markazini quradi

@daryo_live
Isroil hujumlari oqibatida Gʻazoda bedarak yoʻqolganlar soni 10 ming nafardan oshdi

Gʻazo shimoli va markazida yuzlab ommaviy qabrlar boʻlishi mumkinligi haqida xabar qilingan.

@daryo_live
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi

Dushanba kunidan beri Tbilisida muxolifat va fuqarolik faollari hukumatning yangi qonun loyihasiga qarshi mitinglar oʻtkazmoqda.

@daryo_live
🌤 Bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29 daraja iliq bo‘ladi“O‘zgidromet”

@daryo_live
AstraZeneca ilk bor kovidga qarshi vaksinalari tromb hosil qilishini tan oldi

AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarda tromb hosil bo‘lgani haqida xabarlar 2021-yilda boshlangan, ammo Yevropa regulyatori bunga dalil topmagan. Sudda kompaniya vaksina trombni keltirib chiqarishi, ammo kamdan-kam hollarda ekanini tan oldi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi Dushanba kunidan beri Tbilisida muxolifat va fuqarolik faollari hukumatning yangi qonun loyihasiga qarshi mitinglar oʻtkazmoqda. @daryo_live
Tbilisida “xorijiy agentlar” qonuniga qarshi bo‘lgan namoyishchilarni tarqatish va hibsga olish mahalliy vaqt bilan ertalab soat 05:00 ga qadar davom etdi

Xavfsizlik kuchlari bir necha bor ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan va agressiv namoyishchilarni hibsga olgan. Muxolifat namoyishlarni davom ettirishga va’da bermoqda.

@daryo_live
Qurbon Tursunov Buxoro shahar hokimi etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi issiqlik taʼminotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shaharning sobiq hokimi Jamol Nosirov sogʻligi yomonlashgani sabab zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqargani aytildi.

@daryo_live
MAR sobiq prezidentini hibsga olishga xalqaro order berildi

Markaziy Afrika Respublikasi maxsus jinoiy sudi Fransua Bozizeni hibsga olishga order chiqargan. Sobiq prezident insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda.

@daryo_live
Oʻtkirbek Maʼmurov Marhamat tumani hokimi lavozimiga tayinladi

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar u Buloqboshi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

@daryo_live
🗓 O‘zbekistonda 1-maydan kuchga kiradigan o‘zgarish va yangiliklar

🔹“tabaqalashtirilgan tariflar” bo‘yicha elektr energiyasi va gaz narxi o‘zgaradi;
🔹yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etiladi;
🔹ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish jarayoniga tadbirkorlar jalb etiladi;
🔹Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi;
🔹zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda joylardagi hokimliklarga kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
🔹fermerlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha eksperiment yakunlanadi.

@daryo_live
Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘l velosport musobaqasi uchun ma’lum vaqtga yopiladi

1—3-may kunlari soat 08:00 dan 14:00 gacha 4R12 Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34-54 kilometrlari oralig‘ida transport vositalari harakati cheklanadi.

@daryo_live
Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari tog‘li hududlarida 8-maygacha qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Duel” loyihasi yangi mavsumi boshlandi. Mukofot jamg‘armasi 424 mln so‘m

Tanlov kattalar va bolalar she’riyati yo‘nalishida ijod qiladigan 15–30 yosh oralig‘idagi shoirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Respublika bosqichi g‘oliblari:
1-o‘rin50 mln so‘m;
2-o‘rin40 mln so‘m bilan taqdirlanadi.

Arizalar 29-maygacha @duel_ariza_bot orqali qabul qilinadi.

Tanlov nizomi

@daryo_live
Binance asoschisi 4 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

Dunyodagi eng yirik kriptovaluta birjasi asoschisi Changpeng Chjao pul yuvishdagi qonunbuzarliklarda aybdor deb topilgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10 yildan ortiq fursat ichida Daryo nimalarga erishdi:

— Hozirda nashr yangiliklarini 1 oyda 4 milliondan ortiq kishi o‘qiydi;

— Saytdagi ko‘rishlar soni esa 1 oyda 21 milliondan oshadi;

— Jami platformalardagi ko‘rishlar soni bir oyda o‘rtacha 45 million bo‘ladi;

— Bu darajaga chiqish mobaynida yuzlab muammolar hal qilindi, muharrir-u musahhih, jurnalistlarning beminnat xizmati singdi, va albatta, auditoriya qo‘llab-quvvatlovi bizni doimo ishlashga undab turdi.

Daryo — biz bilan xabarlarni o‘qishni emas, ularni his qilishni boshlang!

@daryo_live
❗️Bugun, 1-may kuni Toshkent shahrining barcha tuman davlat xizmatlari markazlarida internet tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli tuman davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishini ma’lum qilindi

@daryo_live
Namanganda erkak 7 yashar qizni avtomashinasiga chiqarib, unga uyatsiz buzuq harakatlar qilgani aytilmoqda

@daryo_live