Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
848 subscribers
8.53K photos
722 videos
15 files
3.85K links
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali:

www.ecokash.uz
instagram.com/ekoqash
facebook.com/ekoqash
youtube.com/c/ecogovuz
twitter.com/ecogovuz

Telefon: +99875 221-09-59
Download Telegram
🦌Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorlikda "Xalqaro sayg'oqlar kuni" munosabati bilan o'tkazilgan tadbirdan foto lavhalar.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarqalayotgan badbo'y hid aholi e'tiroziga sabab bo'lyapti

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
♻️BIZ CHIQINDILARNI BETARTIB TASHLANISHIGA QARSHIMIZ!

💐Bahor fasli kelsa , tabiat uygʻona boshlaydi. Qahratonning zahri ketib, tabiat uyg‘onayotgan shu kunlarda quyosh nuri, iliq havo tanaga xush yoqadi. Shabada shiviri qalbimizda bahor sog‘inchini uyg‘otib yuboradi go‘yo.

💐Bahor oyida viloyatimizning eng go'zal va so'lim joylarida dam oluvchyilar ko'payib hordiq oloshga oshiqadilar. Jumladan, viloyatimizning Chiroqchi tumanidagi Taragʻay, Langar va Quruqsoy mahallalari ana shunday dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi.

♻️Ming afsuslar bo'lsinkim, ayrim ekologik madaniyatga umuman ega bo'lmagan dam oluvchilarimiz oʻzlari bilan olib borilgan oziq-ovqat idishlariyu, turli xil qoldiq chiqindilarni tashlab, ona tabiatga zarar yetkazadilar. Vaholanki, Tuproq, suv, havo va ona zaminimizni toza tutish va ularni ifloslantiruvchi va zarar beruvchi narsalardan saqlash har birimizning burchimizdir.

♻️Qashqadaryo viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi Bobir Yazdanov boshchiligida tuman masʼullari bilan birgalikda Chiroqchi tumanining Taragʻay qishlogʻida tabiat qoʻynida dam olayotgan fuqarolar bilan uchrashib, suhbat o'tkazdilar.

♻️Uchrashuv davomida dam oluvchilarga chiqindilarni to'g'ri kelgan joylarga tashlash, ona tabiatga zarar yetkazish O'zbekiston Respublikasi MJtKsining tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilib jarimaga tortilishiga sabab bo'lishi to'g'risida tushintirib o'tdi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi boshlig'i Bobur Yazdanov boshchiligida tuman mutaxassislari bilan birgalikda "Biz chiqindilarni betartib tashlanishiga qarshimiz!" shiori ostida viloyatimizning Chiroqchi tumanidagi Tarag'ay qishlog'iga tashrif buyurgan sayyohlar bilan o'tkazilgan uchrashuvdan foto lavhalar

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
♻️ KUNLIK MA'LUMOT

Qashqdaryo viloyati Ekologiya,atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan 2024 yil 29 aprel kuni o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida

👮
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79 modda 3 qismi 1ta
👮O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91-prim 1-1qismi 2ta
👮
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 95 modda 1ta
Jami: 4 ta

Bulardan tuman shaharlar kesimida


🌱Koson tumani- 1 nafar
🌱 Dehqonobod tumani- 1 nafar
🌱 Nishon tumani-1 nafar
🌱Qarshi tuman- 1nafar

Jami: 4 nafar

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌳Ekilgan daraxtlarni sug'orishga alohida e'tibor qaratilmoqda

🌳 Yurtboshimiz tashabbuslari bilan "Yashil makon"
umummilliy loyihasining bahorgi mavsumida Viloyatimizda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari qizg'in amalga oshirildi.

🌳 Yahshi niyatda ekilgah har-bir daraxtlarni sug'orish, ularni parvarishlash ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yerga qadalgan yosh novdalarning tuproq ostida mustahkam o'rnashib, ildiz olishi uchun suv muhim ahamiyatga ega.

🌳Kasbi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ekilgan daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash hamda sug‘orish ishlari amalga oshirildi.

🌳 Xalqimiz "Yaxshidan bog' qolar" deb be'jizga aytishmagan.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram |
ecokash.uz
🚍 Noqonuniy tuproq qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi

🗻Yer osti va yer usti tabiiy boyliklari, qora qum, tuproq va qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy talon-toroj etilishining oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Kasbi tumani bo'limi hamda IIB YCHHB xodimlari bilan hamkorlikda doimiy ishlar amalga oshirib borilmoqda.

🗻Hamkorlikda amalga oshirilayotgan reyd tadbiri davomida Kasbi tuman Mirzo Ulugʻbek MFY hududidan Koson tumanida yashovchi fuqaro M.X tomonidan noqonuniy ravishda tuproq qazib olib ketayotganligi holati aniqlandi.

👮‍♀️Aniqlangan holat yuzasidan huqubuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKsining 70-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so'm miqdorida jarima qoʻllanildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌿Ko'kdala tuman bo'limi xodimlari uchun yangi xona foydalanishga topshirildi

🌱Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tuman hokimligi yangi binosidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsirini oldini olish sohasida o'z hissalarini qo'shib kelayotgan, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Ko'kdala tuman bo'limi xodimlarining ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida zamonaviy kompyuter va yangi mebellar bilan jihozlangan, 2 xonadan iborat xizmat xonasi to'liq foydalanishga topshirildi.

🌱Ma'lumot uchun: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani tarkibida yangi Ko‘kdala tumani tashkil etildi. Unga Chiroqchidagi 420 ming nafar aholining 176,3 ming nafari yashayotgan 32 ta mahalla kiritiladi.

🌱Chiroqchi tumanida yashayotgan aholiga ijtimoiy va maishiy qulayliklar yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash maqsadida, ushbu tumanning bir qismi Ko‘kdala tumani deb nomlandi. Uning markazi Yettitom shaharchasi etib belgilandi.

🌱Shu munosabat bilan yangidan tuzilgan tumanda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Ko'kdala tuman bo'limi tashkil etildi.


🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz