Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
800 subscribers
8.41K photos
717 videos
15 files
3.81K links
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali:

www.ecokash.uz
instagram.com/ekoqash
facebook.com/ekoqash
youtube.com/c/ecogovuz
twitter.com/ecogovuz

Telefon: +99875 221-09-59
Download Telegram
🌱Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tuman hokimligi yangi binosidan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Ko'kdala tuman bo'limi xodimlari uchun ajratilgan zamonaviy kompyuter va yangi mebellar bilan jihozlangan 2 xonadan iborat xizmat xonasidan olingan fotolavhalar

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🚯Chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash qonunda belgilangan moddalarga asosan jarimaga tortiladi

♻️So'ngi yillarda maishiy chiqindilar bilan bog'liq global muammolar kun sayin ortib bormoqda.

♻️ Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Mirishkor tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan navbatdagi reyd tadbirida chiqindi bilan bog'liq bo'lgan yana bir holat aniqlandi.

♻️Mirishkor tuman "Shodlik" MFY hududida yashovchi 2 nafar fuqaro A.I va K.Rlar tomonidan belgilanmagan joyga maishiy chiqindilarni tashlaganlik holati dillarni hira qiladi.

♻️Aniqlangan holat bo'yicha huquqbuzarlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTK 91-modda pr 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, huquqbuzarlarning har biriga 340 ming so'mdan jarima qo'llanildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
♻️ KUNLIK MA'LUMOT

Qashqdaryo viloyati Ekologiya,atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan 2024 yil 30 aprel kuni o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida

👮
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70 modda 1 qismi 1ta
👮O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79 modda 1-qismi 1ta
Jami: 2 ta

Bulardan tuman shaharlar kesimida


🌱Koson tumani- 1 nafar
🌱Kitob tumani- 1 nafar

Jami: 2 nafar

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
👮‍♀️Ilm dargohidan noqonuniy ravishda qimmatbaho daraxtlarni kesilishiga sababchi boʻlgan shaxslar qonun oldida javob beradi

🌱O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Ekologik nazorat inspeksiyasiga va boshqa organlarga Koson tumani Surxon MFY, 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bo‘yicha  kelib tushgan murojaati atroflicha o'rganib chiqildi.

🌱O'rganishlar davomida haqiqatdan ham maktab hovlisidan 51 tup olma daraxtlari tag qismidan kesilganligi, olma daraxtlari yashil novda chiqarib o‘sib turganligi ma’lum bo‘lgan. Maktab hovlisiga kirishda o‘ng tomondan qimmatbaho turdagi Sharq jiydasi (Yeleagnus angustifolia L) 21 tup tag qismidan kesib ketilganligi, maktab hovlisidan jami 98 tup Yapon toli (Chanomeles japonika) o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlantirilganligi, jiyda, tol, terak daraxtlari hammasi bo‘lib turli xil diametrdagi 176 tup o‘sib turgan qimmatbaho va arzonbaho daraxtlar kesib olinganligi aniqlangan.

🌱Aniqlangan holat yuzasidan Koson tumani Surxon MFY 24 umumiy oʻrta taʼlim maktabidan noqonuniy kesib OLIB ketilgan 176 tup shundan qimmatbaho turdagi Sharq jiydasi va Yapon toli daraxtlari kesilishi amaldagi qonun talablariga zid ravishda amalga oshirilishi Davlatga, Tabiatga yetkazilgan zarar miqdoriga nisbatan jinoyat alomatlari borligi sababli toʻplangan xujjatlar xuquqiy baho berilishi uchun to'plangan xujjatlar viloyat prokuraturasiga jo'natildi.

🌱Ma'lumot uchun: Tabiatga yetkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2021 yil 22 avgustdagi 464-sonli “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomida ko‘rsatilgan tartibda hisoblanganda  176 tup daraxtlar uchun haqiqiy zarar 283 390 000 (ikki yuz sakson uch million uch yuz to‘qson ming) so‘mni tashkil qiladi. Nizomning ilovasiga ko‘ra zarar hisobi daraxtlarning qimmatbaho turlagi nisbatan 2 barobarga ko‘paytirib hisoblanishi umumiy zarar 524 450 000 (besh yuz yigirma to‘rt million to‘rt yuz ellik ming) so‘mni tashkil qiladi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🪵Qashqadaryo viloyati Koson tumani Surxon MFY, 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bo‘yicha kelib tushgan murojaatidan kelib chiqib tasvirga olingan foto lavhalar

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda "Qashqadaryo aholisi och bo‘rilardan jabr ko‘rmoqda" sarlavhasi ostida chiqqan murojaat Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Shahrisabz tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish ishlari Yangiobod MFY raisi, tuman IIB profilaktika inspektori, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlabtirish bo'limi shifokori, tuman obodonlashtirish boshqarmasi qarovsiz itlarni tutish bo'limi boshlig'i bilan hamkorlikda olib borilganda tumanning Yangiobod MFY Saksonkapa qishlog'idan oqib o'tuvchi Tanhoz daryosining muhofaza qismida ikkita bo'ri bolalari o'lik holatda toplidi.

Ushbu qishlog'da yashovchi fuqarolar ma'lum qilishicha 19 dona chorva mollariga zarar yetkazganligi aniqlandi. Topilgan bo'ri bolalari tuman veterinariya laboratoriya bo'limiga topshirildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🌿Qashqadaryo vjloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Kasbi tuman bo'limi xodimlari hamda tuman IIB YPX xodimlari hamkorligida o'tkazilgan "Toza havo oyligi" tadbiridan foto lavhalar

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
🚍 Yana bir noqonuniy qum qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi

🗻 Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Kasbi tumani bo'limi hamda IIB YCHHB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan navbatdagi reyd tadbirida Kasbi tumani Do'stlik MFYda yashovch fuqaro (A.S) tomonidan noqonuniy qum qazib olganligi holati aniqlandi.

👮‍♀️Aniqlangan holat yuzasidan huqubuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKsining 70-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so'm miqdorida jarima qoʻllanildi.

📝Ma'lumot uchun:
«Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 70-moddasi 1-qismida foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish, yer qa'ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli ta'siridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish, xuddi shuningdek umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan buzish kabi qonunbuzarliklar ko‘zda tutilgan bo‘lib, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
👮‍♀️Noqonuniy qum qazib olganligi uchun Kasbi tumani Do'stlik MFYda yashovch fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKsining 70-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so'm miqdorida jarima qoʻllanildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz