Ads Manager
44 subscribers
42 photos
7 videos
29 links
Assalomu alaykum Ismim Davlatjon. Digital Marketing sohasida faoliyat olib boraman.

Kanalimda quyidagilarni ulashib boraman:
1. Portfolio
2. Targetingda foydali instrumentlar
3. Keyslar

Hamkorlik uchun: @davlatjonusmonov
Download Telegram
#portfolio #tojikiston #leads

MubinTour Turizm firmasining $11000 lik Haj dasturi uchun Tojikiston davlatiga yoqilgan mana bu yerda e'lon qilingan target natijalarini ulashish vaqti keldi.

Maqsad: Hajga bormoqchi bo'lgan Tojikistonlik insonlarni kontaktini yig'ish
Muddat: 24.05.23 - 31.05.23
Sarfangan pul: $64
Lidlar soni: 197 ta
Bitta lid narxi : $0,32

Xulosa:

1. Tojikistonga target yoqib O'zbekistonga qaraganda 2х -3х arzonroq narxda lid olish mumkin
2. CPC (har bitta link bosish narxi) va CPM ( har 1000 ta odamga reklama berish narxi) ham 2х -3х arzonroq

@facemanager - Maqsadga yo'nalganlar uchun
#portfolio @nurinvest #leads #tahlil

Nur Invest Akademiyasi uchun yoqilgan target natijasi va kichik tahlilni ko'rsatmoqchiman.

1-qism.
Umumiy byudjet: $ 21,24
Leadlar soni: 100 ta
Bitta lid narxi: $0,21

Izoh: Kursga atiga 20 ta talaba qabul qilinishi va joylar to'lgani sababli target o'chirildi.
——————————————————
2-qism. Targetda 2 hil auditoriya yaratib, qaysi biri yaxshi ishlashini test qildim.

1-auditoriya: Nur Invest profilidagi videolarning kamida 10 sekundini ko'rgan va ularga o'xshash (lookalike), instagram profilda like, komment... bosgan odamlar

2-auditoriya: Toshkent shahar atrofidagi Trading strategiyasi va Investitsiyaga qiziquvchi iphone foydalanuvchilari

1-Auditoriyada bitta lid narxi 15 sent, 2-auditoriyada esa bitta lid narxi 37 sentdan tushdi. 1-auditoriyada bitta lid narxi 2x arzonligining sababi bu odamlarga sotuv videosi darhol ko'rsatilmayapti, ular Nur Invest haqida tasavvurga ega.