Uzbekistan Football Association
39K subscribers
47.5K photos
3.32K videos
84 files
16.1K links
Download Telegram
📍 Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yildagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida “Maktablarda futbol”- “Football for schools" dasturi asosida Namangan viloyatida ham musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.

Pop tumanida kuni kecha tumanning 24 ta umumta'lim maktab o‘quvchilari uchun maktabda futbol loyihasi yo‘lga qo‘yilib maktab o‘quvchilari uchun FIFAning maxsus futbol koptoklari taqdim etildi

Obuna bo‘ling
🕊telegram📱instagram📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 Jahon chempionati kundaligi

Futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 24 jamoa nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan bu galgi turnir joriy yilning 14-sentyabr — 6-oktyabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida otkaziladi.

26-may kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida turnirga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unga qadar har bir terma jamoaning asosiy o‘yinchilari va Jahon chempionatida qayd etgan natijalari haqida ma’lumotlar taqdim qilib boramiz.

⚡️ O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi

Bosh murabbiy: Xose Venansio Lopes
Jamoa laqabi: Oq bo‘rilar

🏆 Jahon chempionatlari tarixi

Ishtirok: 2 marta (2016, 2021)
Gʻalaba – 1
Durang – 1
Mag‘lubiyat – 5

Eng yirik g‘alaba: Misr 1:2 O‘zbekiston (2021)
Eng yirik mag‘lubiyat: Portugaliya 5:1 O‘zbekiston (2016)
Eng yaxshi to‘purar: Ixtiyor Ropiyev (4 gol)
Eng yaxshi natija: 1/16 final (2021)

JCH yo‘llanmasini qanday qo‘lga kiritgan: Mezbon (2024-yilgi Osiyo kubogida 3-o‘rin)

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Yana bir legionerimiz klub ixtiyoriga joʻnab ketmoqda

U-23 Osiyo kubogida terma jamoamizning tarixiy natijasiga munosib hissa qoʻshgan futbolchimiz Abbosbek Fayzullayev kelishuvga muvofiq, navbatdagi muhim oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun Moskvaga yo‘l olmoqda.

OʻFA Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritishda legionerimizning terma jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishiga koʻmaklashgani uchun “SSKA” klubiga minnatdorchilik bildiradi.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Asker Xalmuratov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 29-may, 1-iyun kunlari Vengriya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi

🇺🇿 O‘zbekiston 🆚 Vengriya 🇭🇺
🗓 29-may, 1-iyun
🏟 “Do‘stlik” terma jamoalar markazi

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BizningJamoa Osiyo kubogi finaliga tayyorgarlikni davom ettirmoqda 🏆

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Timur Kapadze va Jasurbek Jaloliddinov Osiyo kubogi finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi:

Timur Kapadze:
Ertaga qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Bir biriga munosib ikki jamoaning oʻyiniga guvoh boʻlamiz. 2 yil avvalgi Osiyo kubogida ular kabi biz ham yosh tarkib bilan harakat qilgan edik. Shuningdek, finalga yetib kelgani va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgani bilan Yaponiya jamoasini qutlayman.

Ertaga raqibning oʻyin uslubi haqida
Ikkala jamoa bir-birini yaxshi biladi. Ularning oʻyinlarini tahlil qilib chiqdik. Final uchun tayyorlagan rejamiz bor va shunga asosan oʻyin koʻrsatamiz.

Olimpiada yoʻllanmasi oʻzbek futboli uchun qanday ahamiyat kasb etishi haqida
Biz bu natijadan juda ham xursandmiz. Zero, futbolimiz tarixida dastlabki Olimpiada yoʻllanmasiga ega chiqdik. Bizgacha jamoalarimiz harakat qilishgan edi. Lekin qaysidir pallada ularga omad yetishmagan. Olimpiada litsenziyasi kuchimizga yanada kuch qoʻshmoqda. Ertangi finalda yanada yaxshi oʻynashga harakat qilamiz.

Legionerlarning finalda ishtirok etolmasligi haqida
Agar legionerlarimiz finalda ham ishtirok etishganida, boshqacha boʻlar edi. Lekin biz Qatarga 11 ta emas, 23 ta futbolchi bilan tashrif buyurganmiz. 3 nafar oʻyinchi ketgani bilan u qadar katta oʻzgarish boʻlmaydi. Har bir oʻyinimiz koʻrsatdiki, jamoada ularning oʻrnini toʻldira oladigan yigitlar bor va ular buni bildirishmaydi. Fursatdan foydalanib, mezbonlarga ajoyib tashkilotchilik va mehmondoʻstlik uchun jamoam nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman.

Jasurbek Jaloliddinov:
Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi va finalga chiqqanimiz bilan butun xalqimizni tabriklayman. Ertangi oʻyinga ham munosib tayyorgarlik koʻrib, yaxshi natija koʻrsatishga harakat qilamiz.

2022-yilgi Yaponiyaga qarshi oʻyin haqida
Avvalgi musobaqadan yaxshi xotiralar bor. Chiroyli gʻalaba bilan final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edik. Lekin raqibimizga hurmat bilan yondashamiz va ertangi oʻyinga tayyorgarlik koʻrishda davom etamiz.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oʻzbekiston Yaponiyaga qarshi toʻliq oq libosda oʻynaydi

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi ertaga Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Eslatib oʻtamiz, uchrashuv 3-may soat 20:30 da “Jassim Bin Hamad” stadionida start oladi.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM