GEOGRAFIYA JDPU
146 subscribers
809 photos
147 videos
169 files
800 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
― Murojaat uchun: @geografiya_JDPIbot
Download Telegram
#Bayram_tabrigi

«ODDIY MUALLIM»

Qadri bilinadi endi menga goh,
Oddiy maktabimning o‘sha behasham,
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir o‘qitgan-ku Alisherni ham!
Shunday buyuk zotga harf o‘rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Ayagan hayotning sanchiqlaridan,
Yiqilsa ko‘targan to‘siqlaridan,
Otadek ezilgan, g‘ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan.
Uyquda shogirdin o‘ylab yotgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Yo‘qdan Beruniyni binolar qilgan,
Husaynni Ibn Sinolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan.
Abdulloning tilin burrolar qilgan,
Ilon o‘ynatgandek so‘z o‘ynatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Yuzga kiraman men Xudo xohlasa,
Ehtimol, yuzdan ham o‘tarman bir kun.
Qaynoq quchog‘ida hurlar chorlasa,
Hech kimdan qarzim yo‘q ketarman bir kun.
Bo‘lsa ham, bir zotda bo‘ladi qarzim,
Oddiy muallim u, oddiy muallim!

©Muhammad Yusuf


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bayram_tabrigi

Aziz ayollar! Muhtarama onajonlar, qadrli opa-singillar. Barchangizni Bugungi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan bilan chin yurakdan muborakbot etamiz! Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, bitmas tuganmas boylik, kasbingizga rivoj, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz! Hamisha yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat va ehtirom bilan kanal ma’muriyati.

Oliy ta’lim va Xalq ta’limi sohasidagi Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring👇

Oliy ta’lim | Xalq ta’limi | Murojaat uchun
🎉#Bayram_tabrigi
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a’zolari. Sizni va siz orqali butun oila a’zolaringizni bugungi ayyom bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, tinchlik va farovonlik hamda boshlagan ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ilohim yurtimiz tinch, xalqimiz sog‘ va salomat bo‘lsin.

👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bayram_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu qutlug‘ damda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik yor bo‘lishini, xonadoningizdan fayz-baraka arimasligini tilab qolamiz! Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borayotgan sharafli kasbingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat bilan kanal ma’muriyati jamoasi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#bayram_tabrigi

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!


Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓#bayram_tabrigi

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti magistratura bo'limi magistrantlarining 1-oktabr ‘’O’qituvchi va murabbiylar kuni’’ bayramiga bag`ishlab tayyorlagan videolavhasi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Bayram_tabrigi

Aziz ayollar! Muhtarama onajonlar, qadrli opa-singillar. Sizlarni bugungi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbot etamiz! Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, bitmas tuganmas boylik, kasbingizga rivoj, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz! Hamisha yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat va ehtirom bilan kanal ma’muriyati.

Oliy ta’lim va Xalq ta’limi sohasidagi Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring👇

Oliy ta’lim | Xalq ta’limi | Murojaat uchun
#bayram_tabrigi | #ramazon

Bismillahir rohmanir rohiym.

Hurmatli dindoshlar, aziz vatandoshlar. Barchangizni muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbdan tabriklayman.

Ushbu ayyomda har bir xonadonga baxtu-saodat, quvonch, shodlik, tinchlik va xotirjamlik olib kelishini tilayman. Barchangizning qilgan ezgu orzu-istaklaringiz amalga oshsin! Keyingi yil shu kunlarga barchamizni bag‘ri butunlikda yetkazsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
#bayram_tabrigi

📌 Assalomu alaykum! Qurbon Hayitingiz muborak bo‘lsin, aziz dindoshim!

Sizni va siz orqali butun oila a’zolaringizni bugungi ayyom bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Alloh barcha o‘ylagan ezgu niyatlaringizni ijobat qilsin. Nafaqat yurtimizdan, balki butun dunyodan tezroq bu balolarni daf qilib, yana avvalgidek jamoat bo‘lib Hayit namozlarini birgalikda o‘qish, yaqinlarni yo‘qlash, ko‘pchilik bo‘lib bayramni xushkayfiyatda nishonlash nasib qilsin, ilohim.


Hurmat bilan kanal ma’muriyati!
#Bayram_tabrigi

Aziz ayollar! Muhtarama onajonlar, qadrli opa-singillar. Sizlarni bugungi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbot etamiz! Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, bitmas tuganmas boylik, kasbingizga rivoj, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz! Hamisha yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat va ehtirom bilan kanal ma’muriyati.

Oliy ta’lim va Xalq ta’limi sohasidagi Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring👇

Oliy ta’lim | Xalq ta’limi | Murojaat uchun