GEOGRAFIYA JDPU
146 subscribers
809 photos
147 videos
169 files
800 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
― Murojaat uchun: @geografiya_JDPIbot
Download Telegram
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

IRRIGATSIYA - [lot. irrigatio – suv qo'yish; sun'iy sug'orish] Suvsiz yerlarga suv chiqarish, dalalarni, ekin maydonlarini sug'orish ishlari.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

Antarktika — janubiy sovuq o‘lka, uning maydoni 52,5 mln kv km. Antarktikaga Antarktida materigi, Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining shu materikka tutash qismlari, shuningdek Antarktida yaqinidagi orollar kiradi.

Antarktida — yaxlit muzli materik bo‘lib, maydoni 14 mln kv km. Antarktida Janubiy qutbiy doirada, boshqa materiklardan juda uzoqda joylashgan yagona materik.

Qo‘shimcha + | Antarktika | Antarktida


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

KOOPERATSIYA - [lot. cooperatio – sheriklik; hamkorlik] O'zaro bog'langan ishlab chiqarish jarayonida yoki sanoat tarmoqlarida kishilarning yoki tashkilotlarning hamkorlik asosida ishlashini tashkil etish shakli.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

Fraxt – suv yo‘lida yuk tashish haqi. Bu haq yukning og‘irligi, qancha masofaga tashilishi, hajmi, kemada tashish vaqti miqdoriga ko‘ra belgilanadi. O‘zbekiston chetga sotgan mollarni chet el kemalarida tashib, ko‘p mablag‘ sarflashga majbur bo‘lmoqda.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

Investitsiya - xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet el sarmoyasini kiritish shakli.

Eksport - tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi.

Import - chet mamlakatlardan zarur mahsulotlarni olib kelish.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#Geo_izoh

📌 Davlat boshqaruv shakli: monarxiya va respublika (izoh oʻzingizdan).

🏷 Mavzuga a’loqador postlar:
Monarxiya tushunchasiga umumiy ta’rif.
Respublika tushunchasiga umumiy ta’rif.
Monarxiya va respublika mavzusida taqdimot.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#tashkilotlar | #geo_izoh

📌 UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#geo_izoh

📌 Antiklinal va sinklinal

Antiklinal
Sinklinal

👉 @geoedu_uz
#geo_izoh

Geotektura (geo... va lot. tectura - qoplam) — Yerning eng yirik relyef shakllari: materiklar va okean botiqlari. Relyef elementlarining shakllanishi umumsayyoraviy (planetar) kuchlar bilan bogʻliq.

Morfostruktura (yunoncha: morphe -shakl va structure - tuzilish) — yer yuzasi relyefining uzoq, geologik davr mobaynida endogen va ekzogen kuchlarning oʻzaro taʼsiri natijasida, xususan endogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan qismlari. Bunday ko‘rinishdagi relyef shakllariga qirlar, yassi togʻlar, togʻ zanjirlari, tizma togʻlar, togʻ vodiylari, platolar, pasttekisliklar, botiq va boshqalar misol bo‘la oladi.

Morfoskulptura - (yunoncha: morph "shakl", lotincha sculptura - "haykal, o'ymakorlik") — asosan tashqi omil­lar (oqar suvlar, yer osti suvla­ri, shamollar, muzliklar, doimiy muzloqlar, nurash va b.) tasiri­da paydo bolgan qiyosan kichik reylef shakllari. Masalan, jar, yassi jar, morena tepaligi, barxan, dyuna, do`ng qum, karst voronkalari va h.k.


👉 @geoedu_uz
#geo_izoh

Rеlyеf — yеr yuzаsining shаkllаri – tоg‘lаr, tеkisliklаr, qirlаr, tеpаlаr, vоdiylаr, аdirlаr, sоylаr vа bоshqаlаr mаjmuyi. Relyef uchga: makrorelyef, mezorelyef va mikrorelyefga bo'linadi:

Makrorelyef - relyefning eng katta relyef shakli boiib, bunga kattakatta tekisliklar, togiar, vodiylar va b. lar kiradi.

Mezorelyef - relyefning o‘rtacha relyef shakli boiib, bunga terrasalar, soy, jarlik va boshqalar kiradi.

Mikrorelyef - eng kichik relyef shakllari hisoblanib, unga tepachalar, dalalardagi past-balandliklar kiradi.


👉 @geoedu_uz