GEOGRAFIYA JDPU
146 subscribers
809 photos
147 videos
169 files
800 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
― Murojaat uchun: @geografiya_JDPIbot
Download Telegram
#Muhim_xabar

⚡️Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga:

❗️2021-yil 11-yanvardan barcha kurslarda (1-2-3-4) o‘quv jarayoni a’nanaviy shaklda davom etadi.

ASOS | Batafsil ma’lumot


👉 t.me/geografiya_JDPI
#abituriyent2021 | #Muhim_xabar

⚡️⚡️Kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti beriladi

Bu 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Prezident granti sohibi bo‘lgan talabaga o‘qishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan Prezident granti stipendiyasi to‘lanadi.

O‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lib, bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmaydi.

2021-yil 1-iyunga qadar Prezident grantini ajratish tartibi ishlab chiqiladi va OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plagan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni yig‘uvchi yagona elektron reyestr tuziladi.


👉 t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️ Endi majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichlari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi

Prezident farmoniga muvofiq 2022/2023 - o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

🏷 Asos: https://lex.uz/docs/5085999

P. S. Quyidagi rasmda prezident farmonining aynan shu qismi ilova qilingan.


👉 @geografiya_test_video_slayd
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️ Ali Ahmad Jaloliy Afg‘oniston islom amirligining yangi rahbari

Ashraf Gʻani shu daqiqalarda hokimiyatni topshirdi.

ℹ️ Ali Ahmad Jaloliy - zahiradagi general, Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri.


👉 @geografiya_test_video_slayd
#muhim_xabar

📌 Moliya vazirligi tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, talabalar yuqoridagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin.

ℹ️ Ta’lim krediti haqida batafsil ma‘lumot: https://t.me/geografiya_JDPI/2750


👉 t.me/geografiya_JDPI
YILLIK TO'LOV-KONTRAKT.pdf
870.9 KB
#muhim_xabar

⚡️KONTRAKT MIQDORLARI TASDIQLANDI

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

❗️Bunda, OTMning KUNDUZGI ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

P. S. Yuqoridagi jadvaldan o‘zingizga kerakli soha bo‘yicha kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.


👉 http://t.me/geografiya_JDPI
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️RASMIY XABAR

24 yanvardan boshlab
maktablar va OTMlar bir oy davomida «Onlayn» faoliyat olib boradi
__________________

С 24 января в Узбекистане ученики общеобразовательных
школ и студенты высших учебных заведений перейдут на онлайн-обучение


👉 @geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️RASMAN: 2022-yil 7-fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladiSSV


👉 @geoedu_uz
#muhim_xabar

⚡️MAGISTRATURADA O‘QIYDIGAN BARCHA XOTIN-QIZLARNING KONTRAKTI TO‘LAB BERILADI

2022/2023 o‘quv yilidan magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–87-son, 07.03.2022 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib byudjet hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to'lanadi.

☑️ 2022/2023 o‘quv yilidan:

davlat OTMlarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;

xorijiy OTMlarga bakalavriat uchun – 50 nafar, magistratura uchun – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;

har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi;

mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.


👉 @geoedu_uz
#muhim_xabar

⚡️⚡️Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi.


👉 @geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar

⚡️9 iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

Qurbon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olishadi:

• 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
• 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
• 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
• 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

🏷 Batafsil...


@geoedu_uz
Forwarded from GEOEDU.UZ
#muhim_xabar | #magistratura

⚡️23 avgust kuni magistratura mandati e’lon qilinishi kutilmoqda

2022/2023 o‘quv yili davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlarning qabul natijalari magistr.edu.uz platformasi orqali e’lon qilinadi.


👉 @geoedu_uz - biz bilan birinchilar qatorida bo'ling!