GEOGRAFIYA JDPU
146 subscribers
809 photos
147 videos
169 files
800 links
Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishining maxsus kanaliga xush kelibsiz!!!

👨‍💻 Kanal muallifi: Juraxujayev Davronxo‘ja

― Rasmiy guruhimiz: @geografiya_JDPI_group
― Murojaat uchun: @geografiya_JDPIbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

⚡️ Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida
brifing bo‘lib o‘tdi.

Qisqa vaqt davom etgan brifingda magistraturaga kirish imtihonlarining qachon o‘tkazilishi, o‘qishni ko‘chirish hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi haqidagi savollarga javob berildi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Brifing

⚡️Abituriyentlar va talabalarni qiziqtirayotgan ba’zi bir savollarga Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi rahbariyati mas’ul xodimlari javob berdi.

❗️Birinchi kurslar uchun o‘qish 1 oktyabrdan boshlanishi rejalashtirilyapti
________________________

❗️Ikkinchi va undan yuqori kurslar sentyabrdan boshlab masofadan tahsil olishni boshlaydilar.
________________________

❗️Bu yilgi to‘lov-kontrakt miqdorida o‘zgarish bo‘lmaydi.
________________________

❗️Agar karantin 15 avgust yoki 30 avgustda bekor qilinsa, test sinovlari 2 sentyabrda boshlanadi.
Agar karantin uzaytirilsa, albatta test qoldiriladi.
________________________

❗️Test sinovlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi. Ertalabki smenalar soat 8:00da boshlanib, 10:00da tugaydi, kechki smenalar esa soat 17:00da boshlanib, 19:00da yakunlanadi.
________________________

❗️Abituriyentlarga bir martalik himoya vositalariga qo‘shimcha ravishda kepkalar ham tarqatiladi.
________________________

❗️Abituriyentlar 2 ta fandan jami 60 ta test savoliga javob topadi.
________________________

❗️Barcha test sinovlari stadionlarda o‘tkaziladi. Shaklidan qat’iy nazar. Kunduzgi, kechki yoki sirtqi — barchasi ochiq stadionlarda o‘tkaziladi.
________________________

❗️Test sinovlaridan o‘n kun oldin Davlat test markazining saytida har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida DTM hujjati qo‘yiladi. Har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda xabar beriladi.
________________________

❗️Har bir abituriyent test topshirish joyi sifatida qayerni ko‘rsatgan bo‘lsa, test sinovlarini o‘sha joyda topshiradi. Davlat test markazi bazadagi ma’lumotni o‘zgartirish huquqiga ega emas.
________________________

❗️Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qabul jarayonlari, jumladan magistratura, akademik liseylar va ijodiy imtihonlar ham test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda (2-16 sentyabr) o‘tkaziladi.
________________________

❗️Ikkinchi mutaxassislikka hujjat qabul qilish 10 avgustdan onlayn tarzda boshlanadi va avgust oyining oxiriga qadar davom etadi.
________________________

❗️Agar talabaning vaziyati og‘ir bo‘lsa, talabaning qurbi to‘lashga yetmasa, oliy o‘quv yurti vaziyatni o‘rganib chiqib, shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasi ko‘riladi. Talaba endilikda kontraktni to‘lay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Bunda OTM tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganilgach, qaror qabul qilinadi.
________________________


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Brifing

⚡️Abituriyentlarni qiziqtirayotgan ba’zi bir savollarga Davlat test markazi rahbariyati va mas’ul xodimlar javob berdi.


❗️Agar test o‘tkaziladigan kun ob-havo tufayli, qattiq shamol va yog‘ingarchilik kuzatilsa, shu kungi test boshqa kunga, ya’ni barcha imtihonlar tugagandan keyingi kunlarga ko‘chiriladi.
_____________________

❗️Davlat komissiyasining 2-bayoniga maxsus band kiritilib, abituriyentlarga to‘lovni amalga oshirish uchun yana uch kun muddat berildi. Ana shu muddatda 7 ming abituriyent to‘lov qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning barchasiga test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma beriladi. Agar to‘lovning ma’lum qismini to‘lab qolganini muayyan sabablarga ko‘ra to‘lamagan va ruxsatnomani ololmagan abituriyentlar bo‘lsa, ariza bilan murojaat qilib, bemalol to‘lagan pullarini qaytarish olishlari mumkin.
_____________________

❗️Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan sektorlarga kamida yarim soat oldin kelib o‘z o‘rnini egallashi kerak. Ertalabki smenada 6:30dan boshlab abituriyentlarni binoga kiritish boshlanadi, Ikkinchi smenada 16:30 dan boshlab sektorlarga kiritish ishlari boshlanadi.
_____________________

❗️Abituriyentning qo‘lida ikkita hujjat bo‘lishi lozim — pasport va DTM ruxsatnomasi. Ushbu hujjatlar bo‘lmagan taqdirda abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi!

Brifingning to‘liq videosini ko‘rish uchun quyidagi havola ustiga bosing👇

🎥 https://youtu.be/oiy6cKO3RFU


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Brifing

⚡️AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va sohaga oid savollarga javob qaytardi:

______________________

Magistraturaga kirishda mutaxassislik fani bilan xorijiy tildan imtihonlar bir kunda bo‘ladimi yoki alohida o‘tkaziladimi?

❗️Hozirgi kundagi pandemiya holatlari, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda abituriyentlarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari bir kunda topshiriladi.

______________________

Magistraturaga kirish imtihonini topshirish uchun ruxsatnomani qaysi saytdan yuklab olish mumkin?

⛔️ 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun RUXSATNOMA JORIY ETILMAYDI.

📲 Talabalar o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga elektron tizim orqali kirib, kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joy va muddat to‘g‘risida axborot olishlari mumkin bo‘ladi.

📗 Talabalardan kirish imtihonlariga pasporti bilan kelishlari talab etiladi.

______________________

«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarda yashovchi talabalarga 4 mln. so‘mgacha belgilangan chegirmani olish uchun qanday ma’lumot kerak va qaysi tashkilot tomonidan beriladi?

🧾 Talaba “temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan oila a’zosi ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotni o‘zi tahsil oladigan OTM rahbariyatiga taqdim etishi zarur.

📢 “Temir daftar” ro‘yxatida ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotni olish uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari (ya’ni o‘zi yashab turgan hududiy bo‘linmasi)ga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq.

______________________

Nega faqat kunduzgi talim shaklida o‘qiyotgan talabalarga 10% kontrakt puliga chegirma berildi? Sirtqi ta’limga bu yil o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq hujjat topshirilganku?

🚫 OTMlarda sirtqi va kechki ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar asosiy ish o‘rni va o‘zlarini moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli ushbu chegirmadan foydalana olmaydi.

______________________

Oldingi o‘quv yillarida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihonlar umumiy imtihonlardan 10 kun oldin suhbat asosida alohida vaqtda olinardi. Bu yil imtihonlar qanday tartibda bo‘ladi?

🗣 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish muayyan ta’lim yo‘nalishi test blokidagi fanlardan og‘zaki savol-javob orqali amalga oshiriladi.

📣 Bunda oliy ta’lim muassasalari tomonidan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlarining o‘tkazish muddati va joyi to‘g‘risida axborot beriladi.

______________________

O‘qishga kirish uchun ball yetmay qolgan taqdirda superkontrakt tabaqalashtirilgan tizimi mavjud, lekin juda qimmat. Superkontrakt to‘lovini kamaytirish va superkontrakt to‘lovini 4 yoki 6 yil mobaynida bo‘lib to‘lash tartibini joriy etsangiz.

🔎 Avvalo bildirilgan taklif uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda amaldagi oshirilgan to‘lov-shartnoma (superkontrakt) to‘lovini to‘lashga doir hujjatlar zaruratga ko‘ra o‘zgartirilganda mazkur taklifingiz vakolat doirasida ko‘rib chiqiladi.

⚡️Ma’lumot o‘rnida, oshirilgan to‘lov-shartnoma (superkontrakt) asosida o‘qish ixtiyoriy bo‘lib, undan tushgan mablag‘lar OTMning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi bir qator xarajatlarga yo‘naltirilgan.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Brifing

📢E’LON!

⚡️Bugun, 6 sentyabr soat 16:00 da AOKA anjumanlari zalida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari borasidagi savollaringizni, @aokapressa ga yuborishingiz mumkin.

🖥 Anjuman UzReport TV va O‘zbekiston 24 telekanallari hamda Youtube tarmog‘i orqali onlayn yoritiladi.


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Brifing

⚡️Abituriyentlarni qiziqtirayotgan ba’zi bir savollarga Davlat test markazi rahbariyati va mas’ul xodimlar tomonidan batafsil javob berildi.

_________________

❗️Telefon orqali test savollarini tarqatgan abituriyentlarning to‘plagan ballari hisobga olinmaydi va test sinovlaridan chetlashtiriladi.
_________________

❗️Ruxsatnoma ololmagan abituriyentlar imtihon topshiradigan hududga kelib ruxsatnomasini olishi mumkin.
_________________

❗️17 sentyabr kuni tana harorati baland bo‘lib test sinovlariga kirolmagan abituriyentlar uchun test o‘tkaziladi.
_________________

❗️24-sentyabrgacha bo‘lgan muddatda tanlovlar natijalari to‘liq e’lon qilish rejalashtirilyapti.
_________________

❗️O‘zi yoki birov yordamida ro‘yxatdan o‘tgan, lekin bilmay ro‘yxatdan o‘tganini o‘chirvorgan abituriyentlar uchun test sinovlariga kirish imkoniyati yaratiladi.
_________________

❗️Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib imtihonga qatnasholmagan abituriyentlar DTMga ariza bilan murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

_________________


👉 @geografiya_JDPI 👈
#Brifing | #Magistratura

⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha berilgan ba’zi bir savollarga javob berdi:

__________________

Magistraturaga kirish imtixonlarining javoblari qachon chiqadi?

❗️Yakuniy natijalar chiqishining taxminiy muddati 25-sentyabrdan keyin bo‘ladi

__________________

Magistraturada qo‘shimcha kontraktga qabul qilinish uchun mutaxassislik fanidan 55 ball yoki 55 foiz to‘plashim kerakmi?

❗️Mutaxassislik fani + IQ testlar jamlanmasidan 55 foizdan yuqori ball to‘plash kerak.
__________________


👉 @geografiya_JDPI 👈