Grow'n'Roll
342 subscribers
3 photos
6 videos
1 file
23 links
@yuridikyordamxizmati_bot - bepul yuridik yordam oling.
—————————
Kanal yuridik yordam, marketing, IT va shaxsiy rivojlanish haqida.
Download Telegram
Assalomu alaykum, orada ancha vaqt uzilish bo'lgani uchun uzr. Kanal o'z faoliyatini davom ettiradi. Kutyapsizmi? Reaksiya qoldiring :)
Reload yoxud nostalgiya kuchi

Har birimiz motivatsiyani yo'qotgan, disiplinani ortiq ushlolmay qoladigan vaqtlarimiz bo'ladi, bu tabiiy. Ammo shunda qaysi yo'l bilan disiplina va motivatsiyani qaytarib olish mumkin?

Javobi oddiy: tarixga qayt. Tarixga, yoshliging o'tgan joylarga qayt, yaxshi sherik topib suhbatlash. Bu ruhiyat qayta tug'ilishiga, yangi kuch bilan ishga kirishishga yordam beradi, ortiqcha gapirmayman, shunchaki sinab ko'r.

Motivatsiya va disiplinaga kuch qolmaganda shu usulni qo'lla va darhol ishga kirish. Ortiqcha dam olish, uzilish va tushkunlik maqsadimizdan shuncha uzoqlashtiradi. Sen kutayotgan narsa seni kutayotganini unutma, uni ko'p kuttirma.

@grownroll
Multitasking yoxud bir vaqtning o'zida ko'p narsa o'rganish

Odatda biz biron ish bilan shug'ullanishni boshlasak, boshqa shug'ullanmoqchi bo'lgan ishlarimizni chetga suramiz. Nega? Sababi ulgurmaymiz.

Ammo bu hayol reallikdan uzoq ekanligini tushunish uchun ba'zan butun umr ketadi.

Aytaylik, til o'rganmoqchisan, qo'shimchasiga grafik dizayn, yana bu yerda ish-o'qishing bor. Bular orasidan grafik dizayn yoki til o'rganishni chiqarib tashlaysan. Ish yoki o'qish faqat senga bog'liq bo'lmagan ehtiyoj bo'lgani sabab qoladi.

Endi til o'rganish bilan 1 yil shug'ullanding, ungacha qiziqishlaring va prioritetlaring o'zgarmasa, grafik dizaynni o'rganishni boshlaysan. Grafik dizaynni ham deyarli bir yil o'rganding, umumiy 2 yil umring o'tdi. Aslida, shu ikkalasini birga olib ketsang, 1 yil yutishing va hayotingda yana ortiqcha 1 yilga ega bo'lishing haqida o'ylab ko'rdingmi?

Xulosa shunday: ko'p ish bilan bir vaqtda shug'ullanish mumkin, shunchaki miyang o'ta dangasa va sen miyangga muttasil buyruq berib turishing kerak. Miyang seni boshqarayotgani, vaqtdan yutqazayotganingni bildiradi. Unutma, miya insonga berilgan eng qudratli, ayni paytda eng xavfli qurol.

@grownroll
​​Barchani mustaqillik kuni bilan tabriklayman, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

@grownroll
Bir vaqtlar boks bo'yicha Osiyo chempioni bo'lgan ingliz tili o'qituvchim aytib qoldi:

- Boksda kuchli va aniq zarba yo'llash uchun bir qo'limda boks xaltasining faqat bir nuqtasiga og'riqni sezmagunimcha tinimsiz zarba berardim. Aynan bir narsaga yo'naltirilgan kuch, kuchni taqsimlagandan ko'ra ko'proq effekt beradi.

O'sha-o'sha doim nima bilan shug'ullansam qop xaltaning faqat bir nuqtasiga zarba berishga odatlanib qoldim...

@grownroll
G'oya bormi?

Har qanday g'oyani real proyektga aylantirish yo'llarini bo'lishmoqchiman. Bu ko'nikma, amalga oshirgan loyihalarim orqali yuzaga kelgan.

1. G'oyani analiz qil.

Analiz qilish:
- Loyiha jamiyatga qanday qiymat beradi?
- Loyiha SWOT analizi qilinganmi?
- Loyiha uchun bozor tayyormi, ya'ni talab bormi?
- Loyiha bo'yicha insonlar orasida so'rovnoma o'tkazilganmi?

2. G'oyani reallikka ko'chir.

Reallikka ko'chirish:
- Jamoa yig'ish (kerak bo'lsa)
- Mablag' yig'ish:
1) Imkon bo'lsa, xarajatlardan qisish
orqali;
2) Oiladan investor topish orqali;
3) Tashqaridan loyihaga qiziqqan investor topish orqali;
4) Kredit olish orqali;
- Hamkor topish;

3. Loyiha haqida xabardor qil.

Xabardor qilish (marketing):
- Loyihaga aloqador platformalarda soxta foydalanuvchilarni joylash (bu reklamadan oldin bo'lsa reklama effekti oshadi, keyin bu yo'l tavsiya etilmaydi);
- Reklama;
- Keng auditoriyaga ega insonlarni loyiha ko'lamiga ishontirish va ular bilan bepul hamkorlik qilish;
- Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lish;
- KPI;

4. Sabr.

Eng asosiysi, murakkabi Sabr qilishdir. Har qanday loyihani ishga tushirish oson, ammo uni natijasini his qilish uchun sabr kerak bo'ladi. To'g'ri, sen g'oya bilan yonayotgan bo'lsang, bu yaxshi, ammo bu hissiyot odatda sabrsizlikni keltirib chiqaradi. Sabrsizlik esa umidni so'ndiradi, loyiha muvaffaqiyatiga bo'lgan ishonch susayadi. Sababi sen kutgan natija sen o'ylaganchalik tez kelmayatgan bo'ladi. Shunday qilib, loyigaga e'tibor kamayadi va u nobud bo'ladi.

Post foydali deb hisoblasangiz, uni ko'proq insonlar ko'rishiga hissa qo'shing, tarqating.

P.S: Yuqorida aytilganlarni amalga oshirishda shaxsiy rivojlangan bo'lish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

@grownroll
Qisqa hikoya

Bir kuni bir xabarchi savdogarga karvoningiz yo'lda halokatga uchrab barcha mahsulotlardan ayrilibdi, katta zarar ko'rdingiz deb xabar beribdi.

Mulk egasi sal o'ylanib Alhamdulillah deyish bilan kifoyalanibdi.

Ertasi kuni yana o'sha xabarchi kelib halokatga karvon uniki emasligini aytibdi.

Mulk egasi sal o'ylanib yana Alhamdulillah deyish bilan kifoyalanibdi.

Xabarchi ikki holatda ham mulk egasining javobida hayron qolib sababini so'rabdi.

Mulk egasi javob beribdi:
- Karvon halokatga uchraganini eshitib ham xavotirga tushmadim, demak mol-mulkka bog'lanib qolmagan ekanman, shunga Alhamdulillah dedim. Ikkinchi marta xabar berganingizda esa mol-mulkim ko'payib ketganda ham o'zimni yo'qotmasligimni bilib Ollohga shukur qildim, chunki mol-mulk qancha bo'lishini ahamiyati yo'q, asosiysi iymondan chiqmaslik, nafsga bo'ysunmaslikdir degan ekan.

@grownroll
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha muammolarni unuting, shunchaki bahra oling. 🍹

@grownroll
O'zgarish

1. Odamdagi barcha yaxshi xislatlar fikrlash ortidan keladi. Adashadi. FIkrlaydi. To'g'rilaydi. O'zgaradi.

2. O'zgarish uchun odam o'z fikri xato ekanligini tan olishi kerak. Ko'pchilik uchun bu qiyin ish. Atrofingga qara - nechta odamni yillar o'tib eshitib, "iye ancha o'zgarib ketibdi", nechtasi haqida "haliyam o'sha" degan fikrga kelasan?

3. O'z fikrini eng to'g'ri deb o'ylagan odam qotib qoladi. Chunki unga yangi fikr kerak emas. O'ziniki eng to'g'ri. Noto'g'ri bo'lsa ham, isbotlanmagan bo'lsa ham. Kibrning alomati bu.

4. Bilmaslik ayb emas. Bilaman deb o'ylashlik ayb. Birinchisini o'zgartirsa bo'ladi. Ikkinchisi esa senga seni sohangda dars beradi. U fikrlashni "bilaman" degan illuziyaga almashtirib yuborgan.

5. Agar har 6 oyda o'zingga o'zing - "1 yil oldin g'irt ahmoq bo'lgan ekanman" demayotgan bo'lsang - yetarli tezlikda o'zgarmayapsan. Yangi fikrlar shakllantirmayapsan.

6. O'zgarishdan qo'rqma. Agar umuman o'zgarmagan bo'lganimizda - gap eshitishdan qo'rqgandan yoki qizlarga yoqish uchungina bir ish qiladigan maktab bolasi bo'lib qolib ketardik. Qizig'i atrofingdagi ba'zilar hali ham shunday.

(c) Aziz Rakhimov
Forwarded from Sirojiddin Oshno
#xayriya
#repost

Assalomu alaykum va rohmatulloh! Ancha avval quyidagi post xayriyasi orqali bemorga operatsiya uchun kerakli mablag'ni yig'ib bergan edim. Barchangizdan Alloh rozi bo'lsin! Musannif Adham , Muhammad Temur A'zam , Abu Joseph akalar va yana ko'pchilik o'sha postni sahifalarida ulashib, yordamga hissa qo'shishdi. Baraka topishsin.

Operatsiya puli taxt turibdi. Navbat dekabr oylariga surilib ketgan ekan. Ammo bemorning ahvoli og'irlashib borayotgani uchun muddatni tezlashtirishga harakat qildik. Olimjon Haydarov aka biladilar. Kecha kasalxonadan qo'ng'iroq bo'libdi. Chaqirishibdi. Agar kelishmasa, navbat yana cho'zilib ketar ekan. Ammo bemorning qoni kamligi uchun avval qoni 7-8 darajasiga chiqarib olish kerak ekan. Buning uchun ma'lum muddat davolanishi kerak ekan. Xarajatlarni dhabakuni oldindan to'lashmasa, kasalxonaga yotqizishmas ekan. Miqdor 15 million so'm (15 000 000). Bolaning topganlariga oila xarajatlarini, yeyish-icjishni zo'rg'a qopladi. Shunga o'sha postni qayta qo'yyapman. Yordamni yakuniga yetkazib qo'yaylik, azizlar. Ehson qiluvchilardan Alloh rozi bo'lsin!

Iltimos, hech yo'q ostni ulashib bo'lsa ham o'z hissangizni qo'shing, azizlar.

#саховат
#репост

Укам — Аъзамжонов Хуршидга Тошкент Урология маркази лабараторияси шу йил май ойи охирларида иккала буйрак қуриши ташхисини қўйишди (укам Наманган Давлат университети учинчи босқич талабаси).

Онамнинг бир буйраги укамга мос келди, операция орқали кўчириш амалиёти амалга ошириладиган бўлди. Мана шу жараён 30 миллион сўм миқдоридаги операция тўлови амалга оширилгач бўлиб ўтади. Операциягача бўлган даврдаги харажатлар, дори-дармон, умумий операция тўлови миқдоридан ҳам ошиб кетди.

Ёлғиз боқувчи мен бўлганлигим сабабли ҳозирги кунда бир нечта жойда ишлаяпман, аммо операцияга керакли миқдорни тўплай олмаяпман.

Худо хоҳласа, операция муваффақиятли ўтса, чет элдан баъзи дори-дармонлар келтириш кераклигини, доим назоратда туришини ҳам таъкидлашди, албатта, булар ҳам маблағга бориб тақалади.

Дадамиз 2015 йилда оламдан ўтганлар. Шу сабабли оиламизга қийинчилик кунлари тўғаноқ бўлиб турибди. Албатта, Аллоҳ берган синов, чидаймиз, яхши инсонлар ёрдами билан бу қийинчиликлар юки енгиллашса, улардан Аллоҳ рози бўлсин!

* * *
Бемор Фарғона вилояти Фурқат туманидан. Иккала буйраги ҳам қуриб қолибди. Онаси ўз буйрагини берар экан. Беморнинг акаси оила бошлиғи. Чунки оталари вафот этган. Иккита жойда ишлайди, лекин етарли маблағни тўплай олмаяпти. Ўзи 1999 йил. Аллоҳ шу ёшидан оғир синовлар берибди.

Ҳаётбекни яхши танийман. Бамаъни, илмга чанқоқ йигит. Аммо мен билан сўнгги суҳбатида уни анча тушкунликка тушиб қолганини, бу синовлар эзиб қўйганини сездим. Юрагим эзилиб кетди...

Аллоҳ, балки, у кутмаган жойдан нажот-ёрдам тайёрлаб қўйгандир... Шунинг учун ҳам ушбу постни тайёрладим. Аллоҳ сиз — саховат эгаларини сабабчи қилар бу оилга яна шодлик қайтишига, балки...

Тўлиқроқ маълумот олишингиз учун телефон рақами:
+99893 0299613 +99833 0299613

КАРТА РАҚАМ: 8600 0610 7773 8028


Аллоҳ ажрингизни кўпайтириб берсин...

Саҳифангиз, каналларингизда улашиб бўлса ҳам, шу инсонларга ёрдам беринг!

Далолат ва матн эгаси Sirojiddin Oshno

P/s: Avvalgi postning Muhammad Temur A'zam aka yozgan ulashuvlari ilova qilindi.

@oshno_official
SMM xizmatlariga ehtiyoj sezasizmi?
Anonymous Poll
24%
Ha
44%
Yo'q
32%
SMM?! Nima u? 🤔
Forwarded from Grow'n'Roll
10.000 soat qoidasi

Bu qoida haqida bir martta bo'lsa ham eshitgan bo'lsang kerak. Eshitmaganmisan? Unda bugun shu haqida gaplashamiz.

10.000 soat qoidasi muntazamlikka, intizomga asoslanuvchi qoida. Sen o'z sohangda professional bo'lishni xohlaysanmi? 10.000 soat shug'ullan!

Agar 10.000 soatni kuniga 3 soat shug'ullanib o'tkazmoqchi bo'lsang, sen taxminan 10 yil o'tib o'z sohangda professional darajasiga yetar ekaning. Eng qiziq joyi shu yerda boshlanadi: nega professional bo'lish uchun 10 yil kutish kerak? Nega kuniga 10 soatlab shug'ullanish imkoniyati bo'lsa ham, faqat 3 soat ajratasan? Agar har kuni 10 soat shug'ullansang, o'ylab ko'rdingmi, Karl, boshqalar 10 yilda yetadigan yo'lga sen 3 yilda yetasan! Mana nimaga muvaffaqiyat yosh, vaqt tanlamaydi. U mehnatni tanlaydi...

Soddaroq aytsam, sendan oldin yo'lga chiqqan avtomobilni quvib o'tish uchun u bilan bir vaqtda start olish shart emas, shunchaki tezlikni oshir va sen muddatidan oldin marradasan...

Professional huquqshunos bo'lmoqchimisan, 10.000 soat mashq qil! Professional SMM mutaxassisi bo'moqchimisan 10.000 soat mashq qil! Professional dasturchi bo'lmoqchimisan, 10.000 soat mashq qil! 10.000 soat...

@grownroll
Har ikki so'zidan birida Olloh deb, qiladigan ishi ateistnikidan battar bo'lgan, o'zini musulmon sanaydigan insonlarga tupurdim!

@grownroll
G'azabda va nafsda o'lik kabi bo'l.

@grownroll
Million, Dizayn hamda Bravo kabi beldan pastga, faxsh hazillar qiladiganlardan zerikkan bo'lsangiz samimiy kulguni tavsiya qilaman.

👉 https://youtu.be/oosUQIgEFO4

@grownroll
O'ziga bo'lgan ishonchni oshirishning eng zo'r yo'li, o'zingga bergan va'dangni bajarishingdir.

Kirib kelayotgan yangi yil muborak!

@grownroll
#goalsfor2022

Barchamizga kirib kelgan yil barokat, fayz, muvaffqiyat, sog'lik hamda boylikka to'la bo'lsin. Yildan yilga qalbimiz iymon nuri bilan to'lib borsin. Yaqinlarimiz doim sog'-salomat bo'lishsin. Yana bir bor yangi yilingiz bilan tabriklayman.

Aytgancha, bugun ajoyib kun. Sababi bu kun sizga yana bir yilga oppoq yangi daftar beradi. Uni yil oxirigacha qanday to'ldirishni hozirdan belgilasangiz, iloji boricha kamroq xato qilasiz. Eng katta xato esa, vaqtni bekorga sarflashdir. Yil oxirida daftarni qanday to'ldirganimiz haqida gaplashamiz. Hozircha esa o'zimniki bilan bo'lishsam.

2022-yil uchun rejalar:

1. Dasturlash akademiyasini gibrid shaklga ko'chirish

2. Dasturiy ta'minot bilan shug'ullanuvchi kompaniya tuzish

3. Marketing agentligini kengaytirish

4. Online savdoga kirib borish

5. 18 ta kitob o'qish

6. 200 kun sport bilan shug'ullanish

7. Kanalni aktiv yuritish

8. Kamida 4 ta innovatsion loyiha olib chiqish

Xudo xohlasa bu maqsadlarni amalga oshirish jarayoniga doir protsesslarni sizlar bilan bo'lishib boraman. 2022-yil oxirida yil sarhisobini muvaffaqiyatli amalga oshirish nasib qilsin.

Siz ham 1 yillik maqsadlarni tuzdingizmi?

@grownroll
2022 uchun boshlagan birinchi kitobim: (1/18)

Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi? (Larisa Burakova)

@grownroll
Vaqt mashinasi kerakmi? Mana 😉

2022-yilda Tokiodan yo'lga chiqqan samalyot, AQShga 2021-yilda yetib boradi.

@grownroll