Grow'n'Roll
353 subscribers
3 photos
6 videos
1 file
23 links
@yuridikyordamxizmati_bot - bepul yuridik yordam oling.
—————————
Kanal yuridik yordam, marketing, IT va shaxsiy rivojlanish haqida.
Download Telegram
🌙 Barchani kirib kelgan Ramazon oyi bilan tabriklayman, Alloh bilib-bilmay qilgan gunohlarimizni kechirsin, qalbimizdagi iymon nurini yanada kuchaytirsin, hammamizga boshqalar uchun ham manfaatli va foydali inson bo’lishimizni nasib qilsin.

Shu oyda o’zimga vazifa qo’ydim - yana bir yangi tilni o’rganaman. Oy oxirida guruhda hisobotini beraman. Nazoratda ushlanglar.

Aytgancha, kanal ochilganiga ham deyarli 3 yil bo’libdi. 2021-yil Ramazon oyida aktiv yuritish boshlangandi.

@grownroll
Qurbaqa effekti

Olimlar bir eksperiment o’tkazishibdi. Idish olib ichiga qurbaqani joylashtirishibdi. Shunda idish ichiga birdan issiq suv solishgan ekan qurbaqa sakrab idishdan chiqib ketibdi.

Endi ikkinchi eksperimentni o’tkazishibdi. Idishga qurbaqani solib, idish ichini sekinlik bilan issiq suvga to’ldirishibdi. Oldingi holatga nisbatan o’zgarish bor - qurbaqa idishdan chiqib ketmay unda moslasha boshlagan ekan…

Xulosa o’zingdan…

@grownroll
Kaizen

Yaponlarning shaxsiy rivojlanishga oid bir qancha juda foydali tamoyillari bor.

Shulardan biri - kaizen.

Bu tamoyil asosida kichik va muntazam harakat orqali yuqori natijaga erishish yotadi.

Ya’ni sen har kuni 100 bet kitob o’qishing shart emas, balki 10 bet o’qisang ham qoldirmay, muntazam o’qi. Shunda sen 1 kun 100 bet o’qib keyin to’xtab qolgan insondan afzalroq bo’lasan.

Kaizen asosi muntazamlikka qurilgan. Ya’ni intizom bilan muntazam shug’ullanib borishing kerak. Qay darajasa ko’p mehnat qilyapsan - bu ikkinchi darajali masala. Asosiysi sen doim harakatda bo’lishing kerak.

Umuman olganda kaizen shaxsan menga juda yoqadigan tamoyil. Yana bir nechta tamoyillar bo’lib, keyingi postlarda ulashib boraman. Kuzatib boring.

@grownroll
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikigai

Yapon tamoyillarini davom ettiramiz. Oldin kaizen haqida gaplashgan edik. Bugun esa…

Hayotda yashashdan maqsadingiz nima? Tanishing - Ikigai.

Ikigai yapon so’zlari - “iki” hayot va “gai” qiymat so’zlari birlashmasidan hosil bo’lgan va ko’pincha “hayotdan, yashashdan maqsad” kabi tarjima qilinadi.

Ikigai konsepsiyasi o’z ichiga siz nimani yaxshi ko’rishingiz, nimani yaxshi bajarishingiz, dunyo ehtiyoji, nima qilsangiz sizga yaxshi haq to’lashlari kabilarni birlashtiradi.

Ikigai mohiyati quyida sanab o’tiladiganlarning umumiyligini topishdan iborat.

1. Nimani yaxshi ko’rasiz. Qiziqish, hobbi kabilar

2. Nimada yaxshi ekaningiz. Mahorat, talant, kuchli tomonlar.

3. Dunyo ehtiyoji. Atrofdagilar, jamiyat, davlat nimaga muhtoj?

4. Nima qilsangiz sizga yaxshi haq to’lashadi.

Sizdagi hayot mazmuni, yashashdan maqsad mana shu 4 unsurning balansga kelgan holati bo’ladi. Shunday ekan, uni qancha erta topsangiz, shuncha vaqtdan yutasiz.

@grownroll
Murojaat qiling

Bizdagi huquqiy ong, huquqiy madaniyat shakllanmaganligi sabablaridan biri odatda kimningdir huquqi poymol qilinganda “козёл”ga chiqishdan qo’rqib, hech kimga shikoyat qilmaganligidir.

Shu sabab murojaat qilishga nimalarga e’tibor berish kerak, bugun shu haqida gaplashamiz.

Huquqingiz poymol qilindimi? Ariza yozing.

1. Ariza yozganda albatta kontakt ma’lumotlaringizni kiritishga, holat haqida batafsil yozishga, kerakli qonun hujjatlariga havola berishga, tegishli hujjatlarni ilova qilishga e’tibor qaratishingiz kerak.

2. Ariza yozib, uni topshirganda har ehtimolga qarshi 2 nusxada olib boring. Bundan bir nusxasini tashkilot xodimiga berasiz, ikkinchi nusxasiga tashkilot xodimiga arizani qabul qilib olganiligini tasdiqlash uchun “oldim” deb yozdirib, qo’l qo’ydirib olasiz.

3. Ariza topshirgan vaqtingizni eslab qoling. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi qonunning 28-moddasiga ko’ra, murojaatlarni ko’rib chiqish muddati 15 kundan 30 kungacha deb belgilangan. Shunga ko’ra, agar murojaatingizga 30 kun ichida ham javob olmasangiz, undan yuqori turuvchi tashkilotga yoki prokuraturaga murojaat qilishingiz kerakligi tushuntiriladi. Murojaatga javob xatini kechiktirganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 43-moddasida mansabdor shaxsga nisbatan javobgarlik ko’rsatib o’tilgan.

4. Nihoyat javob xatini oldingiz, ammo undan norozimisiz? Demak yuqori turuvchi tashkilotga yoki tegishliligiga ko’ra prokuraturaga/ichki ishlarga murojaat qilishingiz kerak. Bunda norozi bo’lib yuqori tashkilot yoki boshqa organga murojaat qilganda, olgan javob xatingizni ilova qilishni unutmang.

5. Yuqori turuvchi tashkilotda ham shu ahvol kuzatildimi? Unda yanada yuqori turuvchi tashlilotga yana o’sha ssenariy bo’yicha murojaat qilishingiz kerak bo’ladi. Yuqori turuvchi tashkilotga oldingi javob xatini ilova qilmay ariza berish, arizangizni qaytib quyi tashkilot ko’rib chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunda shunchaki vaqt va asab yo’qotasiz.

Umuman olganda murojaat qilish tartiblarini ushbu qonunda batafsil bilib olishingiz mumkin.

@grownroll
Shikata ga nai

Bu hayotda hamma narsani nazorat qilishning iloji yo’q. Hamma narsani nazorat qilishga harakat qilish yakunda stress keltirib chiqaradi. Xo’sh, unda nima qilish kerak?

Shunchaki hayotda nazorat qilishingiz mumkin bo’lmagan, sizga bog’liq bo’lmagan hodisalar ro’y berishiga qo’yib bering, ularni qabul qiling va yo’lingizda hech narsa bo’lmaganday davom eting, bir so’z bilan aytganda - shikata ga nai.

Nazorat qilishingiz mumkin bo’lmagan narsani o’z holiga qo’yib berish, sizni ichki hotirjamlikka olib boradi.

Shunday ekan, o’zingizni bosing, ko’proq nazorat qilishingiz mumkin bo’lgan ishlarga e’tibor bering, masalan kanalimiz obunachilari soni oshishiga yordam bering - yaqinlaringizni taklif qiling, kanalimizga qo’shing, axir buni nazorat qila olasiz)

@grownroll
Sora AI

ChatGPT haqida gaplashgandik, uni OpenAI kompaniyasi yaratganidan xabaringiz bo’lsa kerak. Umuman olganda, OpenAI yana bir revolyutsion mahsulot yaratdi, tanishing - Sora AI.

Ushbu xizmat orqali textlar bilan qanaqa bo’lishi kerakligini kichik detallargacha e’tibor berib video tayyorlasa bo’ladi. Videoni oldingi IT xizmatlar tayyorlagan videolardan farqi - uning reallikka juda yaqinligi. Shu darajada yaqinki, aynan e’tibor bermaydigan bo’lsangiz deyarli sun’iyligini sezmaysiz.

Ushbu havola orqali o’tib, Sora AI da yaratilgan videolardan namunalar ko’rishingiz mumkin.

Ba’zan o’ylab qolaman, fantastik filmlar kelajak uchun ideya beradimi yoki filmlar texnoevolyutsiyaga qarab shakllanadimi?

@grownroll
O’zim uchun qiziq bir nechta savol beraman, iltimos aktiv va aniq javob bersangiz xursand bo’lardim.
Dasturlash uchun to’liq yo’l xarita bo’yicha tayyorlangan video kurs sotib olishni xohlarmidingiz?
Anonymous Poll
53%
Ha
47%
Yo’q
Buning uchun nechi pul berishga tayyorsiz? (Pul bir martalik, to’lov qilib to’liq kursga ega bo’lish mumkin.)
Anonymous Poll
67%
500 minggacha
12%
500 ming - 1 mln orasida
10%
1 mlndan - 1.5 mln orasida
12%
1.5 dan oshiq
Suv kabi bo’l

Hayollaringni bo’sh qo’y. Shaklsiz, moslashuvchan bo’lsin, xuddi suv kabi. Suvni choynakka solsang, choynak shakliga kiradi, suvni idishga solsang, idish shakliga kiradi. Suv tinch oqishi mumkin yoki vayron qilishi ham mumkin. Suv kabi bo’l, do’stim.

Bryus Li aytgan bu gaplar haqida chuqur mulohaza qilsa arziydi…

@grownroll
IT, dasturlash mavzusi sizga qiziqmi? Bu borasida postlar va yangiliklar ko'payishiga nima deysiz?
Anonymous Poll
82%
Roziman
18%
Noroziman, sababini izohda yozaman
Shu ha ri

O’rganish va usta bo’lishning uch bosqichini yaponlar shu ha ri deb atashgan.

Bunda “shu” bo’yin egish ma’nosini bildirib, boshida bo’yin egib, tajribani to’liq o’rganishni bildiradi.

“Ha” esa o’rganishdan keyingi jarayon - chegaradan biroz chiqib, yangi narsalarni sinab ko’rish ma’nosini beradi.

“Ri” esa mustaqillikni ifoda etib, bunda endi yangi narsalarni sinab ko’rish, kashf etish kabilarni bildiradi. Innovatsiya aynan mana shu “Ri” darajasida sodir bo’ladi.

Deyarli biz hammamiz ham “Shu” darajada bo’lganmiz. Ammo, faqat intizom, aniq maqsadga va harakatga ega bo’lgan odamlargina “Ri” darajaga yetib keladi. Aynan “Ri”lar innovatsiya lokomotivini boshqaruvchilardir.

Xo’sh, siz hozir qaysi darajadasiz?

@grownroll
Be formless, shapeless like water. Water can flow or it can crash. Be water, my friend. Let go of preconceived notions and open yourself up to new possibilities. Embrace the present moment without being bound by limitations of the past or worries of the future. Through this mindset, you will find strength in flexibility, resilience in adversity, and a deep connection with your own inner power.

@grownroll
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilon Maskka tegishli Neuralink kompaniyasi tarixda ilk marta insonning chip orqali shaxmat o’ynashiga erishdi. Boshqacha qilib aytganda tarixda ilk marta inson idrok kuchi orqali jismlarni harakatga keltirdi.

29 yoshli Noland Abro kursorni idrok kuchi orqali harakatlantirdi. U bu qiyin bo’lganini, bu uchun uzoq vaqt mashg’ulot o’tkazganini bildirdi.

Bu haqida nima deb o’ylaysiz?

@grownroll
Pepsi Cola vs Coca Cola

Bu ikki kompaniya o’rtasidagi raqobat 100 yillarga borib taqaladi. Raqobat davomida turli qiziq reklama kampaniyalari olib borilgan. Shulardan biri Hallowen bayramida qilingan reklamadir.

Dastlab, Pepsi ustiga Coca Cola yopinchig’i ilingan pepsi idishini ko’rsatib, “Sizga qo’rqinchli Hallowen tilayman” deydi. Bundan ma’no Coca Cola qo’rqinchli degan xabarni yetkazish edi.

Shundan keyin Coca Cola xuddi shu reklama rasmidan foydalanib, textni “har kim qahramon bo’lishni istaydi” deb o’zgartirib qo’yadi…

Nima ham deymiz, 0-1 Coca Cola hisobiga.

@grownroll
Ular sizning vaqtingiz evaziga pul ishlashyapti. Siz esa shunchaki tekinga vaqtingizni sarflayapsiz. Dunyodagi eng katta isrofgarchilik aslida shu - sizdagi vaqt.

Instagram, Facebook, YouTube, TikTok yoki boshqa bir platformada bema’ni videolarni ko’rib o’tirganingizda shu gaplarimni eslang…

@grownroll
Ramazon hayit hammaga muborak bo’lsin!
Poyafzal

Sizdagi poyafzal noqulayligi yurishingizga ham ta’sir qiladi. Xuddi shunday hayotda o’zingizga yoqmaydigan ishni qilishingiz hayotdagi imidjingizga ta’sir qiladi. Hop, nima qilish kerak?

Poyafzalni qulayiga almashtiring.

@grownroll