Grow'n'Roll
342 subscribers
3 photos
6 videos
1 file
23 links
@yuridikyordamxizmati_bot - bepul yuridik yordam oling.
—————————
Kanal yuridik yordam, marketing, IT va shaxsiy rivojlanish haqida.
Download Telegram
Bir kuni zavodlarda ish o’rnini robotlar egallashi yaxshilikka bo’lishi mumkin deb o’ylayman. Oddiy ishlarni robotlar bajarsa, robotlar bajara olmaydigan, yuqori intellekt talab qiladigan ish o’rinlariga raqobat kuchayadi. Bu esa umumiy ta’lim sifati va aholi savodxonlik darajasi yanada yaxshilanib borishiga xizmat qiladi. Bu esa siyosiy va iqtisodiy institutlar rivojlanishi, yakunda farovon jamiyat qurilishiga olib keladi. To’g’ri, bu o’zgarish qurbonlarsiz bo’lmaydi - aholining ma’lum qatlami iqtisodiy jihatdan bir muddat qiynalishiga to’g’ri keladi.

@grownroll
Jamiyatdagi asosiy muammolar va siyosiy tizim xalq mentalitetidan kelib chiqadi. Xalq faqat siyosat ustidan shikoyat qilishi noto’g’ri, chunki siyosat mentalitetimiz ustiga quriladi. Demak, muammo aniq. Yechim-chi? Yechim oddiy - mentalitetni o’zgartirish kerak. Mentalitet o’zgarishi globalizatsiya natijasida yuz beradi, xalq ongli ravishda taaluqlilikni his qiladi, shunda loqaydlik kamayib, davlat sohalarda rivojlanadi. Bitta zamonaviy dunyoqarashga ega inson o’z oilasidagi kamida 3 kishiga bu dunyoqarashni singdiradi. Natijada zanjir reaksiyasi vujudga keladi. O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatoriga kiradimi? Albatta. Bu uchun 100 yil kerak emas.

@grownroll
video.mp4
74.8 MB
💯
Tanqid foydami yoki zarar?

Ayrim blogerlar va shaxslarning davlat tuzumini haddan tashqari yomonlab, FAQAT qora tomonini ko’rsatishi fuqarolarning davlat hokimiyatiga nisbatan legitimligini tushirishda va oxir-oqibat xaos yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

Insonlar noroziligi yuzaga chiqa boshlaydi, qaysidir sohada jiddiy kamchilik kuzatiladi va bum! Xalqaro jamoatchilik uchun davlat ichki ishiga aralashishiga yaxshi bir bahona tug’iladi va muammolar ikki karra ortadi.

Xo’sh, ayrim bloger va shaxslar faqat muammo haqida gapirayotganda bu haqida o’ylashadimi? Bu dramatizm emas. Yuqoridagilarni o’qib tanqidni qoralayapti deb o’ylayapsizmi? Yo’q, o’rinli tanqid, albatta, rivojlanish mevasi va buni tan olmaslik ahmoqlik. Muammo ularning judda hissiyotga berilishi va radikal munosabatini keng jamoatchilikka o’ylamay olib chiqishlarida.

Hop unda nima qilish kerak? Auditoriya katta mas’uliyat ekanligini tushunishsin. Tanqid qilishsin, faqat o’rinli, asoslangan tanqid qilishsin, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tekshirilsin. Tanqid qilinganda yechim ham taklif qilishsin.

Tanqid bilan birga erishilayotgan yutuqlar ham bir o’rinda ko’rsatib o’tilsin. Shunda “six ham, kabob ham kuymaydi.” Fuqarolarning davlatga nisbatan legitimligi ham kamaymaydi, kamchiliklar o’rinli tanqid qilinib muammolarga barham berila boshlaydi.

So’z erkinligi davlat rivoji uchun juda muhim vosita, ammo tanqidiy fikrlash, hozirgi axborot asrida iste’mol qilinayotgan ma’lumotlarni “factcheck” qilish undan ham muhimroqdir.

P.S. Yuqoridagi tred o’rinli tanqid qilib, yechim taklif qilib borayotgan, auditoriya mas’uliyatini his qiladigan blogerlar haqida emas.

@grownroll
Insonga ta’sir o’tkazish?

“Juda shoshqaloqsan. O’zingni bosib ol, keyin gapir. Shu xaraktetiringni o’zgartirsang yaxshi bo’lardi.”

Bu ko’rinishda kimgadir fikr berish, odatda hech qanday natija bermaydi. Hatto kimdir oldingizga kelib mendagi yomon xislatlarni ayt, nuqsonlarimni kamaytirmoqchiman desa ham, hech qanday foyda bermaydi, sizni eshitmaydi. Chunki insonlar odatda to’g’ridan-to’g’ri fikr bildirishga odatlanishgan. Bu holatda esa suhbat ikki frontda tuziladi va inson psixologiyasi o’z frontini ongostida mustahkamlashga intiladi. Suhbatdoshga ta’sir o’tkazish, suhbat natijasi siz kutgandek tugashi uchun aynan siz narigi inson tomonida ekanligingizni bildirishingiz kerak.

Keling, boshidagi gapni shunga qo’llab ko’ramiz.

“Umuman olganda sendagi har bir jihat menga yoqadi, xaraktering zo’r. Faqat sal shoshib gapirishing bor, shuni o’zgartirsang yana ham yaxshi bo’lardi. Axir men seni yanada o’sishingni qo’llab-quvvatlayman.”

Bu jumla ko’proq yon berish, birgalikda ekanlik ruhida tuzilgan va tinglovchi miyasiga ham shu ko’rinishda yetib boradi. Bu esa sizga nisbatan eshiklar ochilishiga olib keladi.

@grownroll
2 yoki 3?

Tasavvur qiling Olimpiyada musobaqasidasiz. Birinchi o’rin nasib qilmadi, shunda sizni qaysi o’rin ko’proq qoniqtiradi, ikkinchimi yoki uchinchi?

Tadqiqotlarga ko’ra, uchinchi o’rin olgan inson ikkinchi o’rin olgan insondan ko’ra ko’proq xursand bo’lib depressiyaga deyarli tushmas ekan. Ikkinchi o’rin olgan inson esa, aksincha, ko’proq afsuslanish, yutqazganlik hissi bilan depressiyaga tushishi mumkin ekan. Bu g’alabaga qanchalik yaqin kelganlik bilan ifodalanadi, ya’ni g’alaba bir qadam narida tursa-yu, unga siz yetolmay qolsangiz, bu sizga yetarlikcha tushkunlik uyg’otishi mumkin. Albatta, bu har doim uchraydigan holat emasligini, har bir shaxs individ ekanligini ta’kidlashimiz kerak.

@grownroll
Yo’q deyishga qiynalasizmi?

Suhbat davomida sizdan nimadir so’ralsa, javob berishga shoshmang. Chunki shoshib berilgan javob ko’p hollarda reaksiyaga asoslanadi va bosim ostida qabul qilinadi. Bu esa odatda noto’g’ri, o’ziga zarar keltiradigan qarorlar qabul qilinishiga olib keladi.

Tadqiqotlarga ko’ra, bu kabi holatlarda 50-100 milisekundgacha pauza olish, bosim ostida bo’lishingizga qaramay yaxshiroq javob berishingizga yordam beradi. Shuningdek, “hozir aniq aytolmayman, hafta oxirida qayta aloqalashsak anig’ini aytishim mumkin”, “Ish rejamni ko’rishim kerak, ertaga gaplashsak bo’ladimi” yoki “hozir juda muhim ishlarim bor, kutib tursangiz keyingi hafta gaplashsak yaxshi bo’lardi, bo’lmasa vaqtingiz behuda ketmasligi uchun boshqa birovdan so’rab ko’rsangiz ham bo’ladi” kabi gaplar bilan yakuniy javob berishni keyinga qoldirishingiz mumkin.

Bu esa bosimdan to’la holi bo’lganingizda maksimal aniq javob berishingizga, to’g’ri qaror qabul qilishingizga yordam beradi.

Bugunga shu, ertaga ko’rishguncha ;)

@grownroll
Kontent

Tanavvul qiladigan taomlaringiz, ichadigan ichimliklarinigiz sog’lingingizga ta’sir qiladi. to’g’rimi?

Shu sabab to’g’ri ovqatlanishga harakat qilasiz, chunki sizga sog’lom tana kerak. Sababi sog’lom tanada o’zingizni yaxshiroq his qilasiz.

O’zingizni yaxshi his qilishga harakat qilasiz, chunki bu ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.

Siz qabul qilayotgan kontent sizdagi dunyoqarashni salbiy tomonga o’zgartirishini o’ylab ko’rganmisiz? Siz o’zgarishni birdan sezmaysiz, chunki bu sekin-asta, sizga bilinmay amalga oshadi. YouTube, Instagram, Facebook, TikTok yoki umuman deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlar algoritmi sizni ushlab turishga harakat qiladi va buni sizga qiziq va yaqin mavzularni ko’rsatish orqali uddalaydi.

Qaysi yo’lni tanlash tanlovi doim o’zingizda. Siz ushbu kanaldamisiz? Unda to’g’ri tanlov qilgansiz. ;)

@grownroll
Vaqtim tez o’tib ketyapti, pulim tez tugab qolyapti.

Bu ikkala jumlani nima birlashtiradi bilasizmi? Qadrsizlik. Pulingizni qadrsiz narsaga sarflasangiz, tez kamayib boradi, chunki tez unutasiz, qadrsiz narsani unutish oson. Xuddi shu qoida vaqtga nisbatan ham ishlaydi.

Hozirgi kunda ko’pchilik vaqt tez o’tib ketyapti deyishadi, balki siz ham. Aslida bu vaqtda emas, sizda bo’lgan muammo ekanligini o’ylab ko’rganmisiz?

Vaqtni behuda sarflash, uni qadrsiz holatga keltiradi, shunda ishlarga, vazifalarga ulgurmaslik boshlanadi. Buni ustiga ijtimoiy tarmoqlar miyangizni kontent bilan to’ldirib charchatib qo’yadi. Charchaganlik “illuziyasi”ga berilasiz. Shu bilan bir kun bir soatday o’tishni boshlaydi.

Xo’sh nima qilish kerak, yechim nima?

Vaqtingizni ham, pulingizni ham ko’proq qadrliroq narsalarga sarflang. Shunda siz uchun vaqt “sekinlashadi”, pulingiz ham barakali bo’ladi. Bu narsalarni deyarli hammamiz bilamiz, shunchaki yana bir eslatib qo’ydim. Axir unutish oson.

@grownroll
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon muborak, ushbu ulug’ oyda Alloh gunohlarimizni mag’firat qilsin, iymonimizni mustahkam qilsin! 🌙

@grownroll
Nimaga?

Insonlarda himoyalanishni talab qiladigan so’z qaysi ekanligini bilasizmi? Ha, bu so’zni sarlavha sifatida tanlaganmiz - nimaga.

- Nimaga buni qilding?
- Nimaga bunaqa qarorga kelding?
- Nimaga bunaqa o’ylaysan?

Bu so’z juda provakatsion bo’lib, kishilarni o’z qobiqlariga o’ranishlariga olib keladi.

Bu to’g’ridan-to’g’ri bola psixologiyasiga borib taqaladi. Eslab ko’ring, bolaligingizda quyidagi savollarni qanchalik ko’p eshitganmisiz?

- Nimaga hamma uyga vazifalaringni qilib qo’yding?
- Nimaga so’ramasdan xonangni tozalab qo’yding?
- Nimaga bunaqa zo’r bolasan?

Endi quyidagi savollarga e’tibor bering:

- Nimaga uyga vazifalaringni qilmading?
- Nimaga xonangni tozalamading?
- Nimaga opangga o’xshab ishingni puxta qilmaysan?

Farqini sezdingiza? Birinchi qism savollarni deyarli eshitmagansiz, ikkinchi qism savollar esa... Ha yoshligimiz :) Shu tariqa so’z negativ ohangda miyaga o'rnashadi.

Shunday ekan, savol bermoqchimisiz? Ko’proq “nima” yoki “qanday” kabi neytral so’zlardan foydalaning. Bu suhbatdoshni erkin tutishi, bu esa u bilan yaxshi suhbat qurilishiga olib keladi. Masalan:

- Sizni bu fikrga nima olib keldi? Nimaga bunaqa fikrlayapsiz?
- Bu qarorga qanday keldingiz? Nimaga bu qarorga keldingiz?

Bugunga shu, ertaga ko’rishguncha!

@grownroll
Quyida kanal faoliyati haqida fikringiz, tanqidlaringiz bo’lsa yozib qoldiring. Mikrofon sizda, endi gapiring ;)
Hozircha

Holatga nisbatan qarash va munosabatingizni o’zgartirib, optimistik kayfiyatni ulashuvchi so’zni bilasizmi? Ha, bu “hozircha” so’zi.

Siz qanchalik buni tan oling yoki tan olmang, siz ishlatayotgan so’zlar ish sifatingizga ta’sir qiladi. Har qachon nimadir negativ hayollar kelishni boshlasa, shunchagi gap oxirida “hozircha” so’zini qo’shib qo’ying, bu miyaga optimistik impuls beradi.

Biz kundalik hayotda birovlar yoki o’zimiz bilan gaplashishda ishlatadigan so’zlarimiz, o’zimizni qanday ko’rishimizga katta ta’sir qiladi.

Shunday ekan, o’zingizni chegaralayotgan bo’lsangiz, oxirida “hozircha” deb qo’yishni unutmang. Bu sizda o’rganish va rivojlanishga qodir ekanligingizni bildirib turadi. Bu ongostida kechadi, siz buni deyarli sezmaysiz ham.

- Men buni qilolmayman, hozircha!
- Men o’qishga kirolmadim, hozircha!
- Men maqsadimga erisholmadim, hozircha!

Lozim topsangiz, izohlarda davom ettiring ;)

@grownroll
Ton o’zgarishi

Ovozingiz toni o’zgarishi siz aytayotgan gapga va uni qabul qiluvchi insonga, shubhasiz, ta’sir qiladi.

Masalan, “bu ajoyib loyiha” deb emotsiya bilan aytishingiz va emotsiyasiz aytishingiz o’rtasida farq bor. Birinchi holatda emotsiya orqali yetkazib berilishi, tinglovchining o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Ikkinchisi esa aksincha.

Suhbat davomida tinglovchini muhim shaxs ekanligini his qildirish orqali siz samimiy suhbat qurishga erishishingiz mumkin.

Sizdagi vokal va emotsiya qiziq yoki zerikarli suhbat qurishga sabablardan biridir.

Agar omma oldida yoki muhim bir uchrashuvda nutq so’zlashingiz kerak bo’lsa, ovozingizni yozib olingda, oldin o’zingiz eshiting. Agar yoqmasa, to’g’ri, zerikarli nutq qilgansiz. Yoqsa, tabriklaymiz, siz chiroyli nutq egasisiz.

@grownroll
Auditoriya haqida qisqacha bilmoqchi edim. Nechi yosh orasidasiz?
Anonymous Poll
13%
10-17
55%
18-24
30%
25-35
2%
36<
Jinsingiz?
Anonymous Poll
97%
Erkak
3%
Ayol
Kanalga qo’shilishdan maqsadingiz nima? Izohlar qismida yozib qoldiring.
Psixologiya marketingda

Keling, ko’p gapirmay quyidagi real keyslar bilan ishlaymiz. Har holda agar siz biznesmen bo’lsangiz yoki kelajakda o’z biznesiga ega bo’lishni xohlayotgan bo’lsangiz bu albatta foydali bo’ladi!

1. $3 emas $2.99. Miyamiz shunchalik tez qaror qabul qiladiki, birinchi ko’ringan raqam narx qimmat yoki arzon ekanligi haqida xulosa beradi.

2. $1,599 emas $1599. Tadqiqotlarga ko’ra vergul yo’qligi narxni kamroq shaklda ko’rsatib beradi.

3. The Green Transfer. Misol uchun Korzinkaga kirganingizda kassaga butun maydonni aylanib keyin yetib kelasiz. Bu bilan supermarketdagi mahsulotlarni maksimum ko’rishingizga, bu esa yo’l-yo’lakay oldindan rejalashtirmagan narsalar xarid qilishingizga olib keladi.

4. Ayol sotuvchi. Tadqiqotlar ko’rsatadiki, sotuvda ayol kishi bo’lishi, potensial xaridorlarning xaridorga aylanishini osonlashtiradi.

5. Bo’lab to’lash. “Рассрочка”ga sotyapsizmi? Unda mahsulotga bo’lib to’lanadigan summani qo’ying, umumiy summani yozish xaridorni qochirishi mumkin.

6. Kofe. Mahsulot narxi bilan tanishtirayotganingizda umumiy summani aytishdan ko’ra, mahsulot nechta kofe (kofe o’rnida har narsa bo’lishi mumkin) puli bo’lishini aytish mumkin. Bu inson miya faoliyati bilan bog’liq bo’lib, kichikroq mahsulot narxi bilan solishtirib aytish, narxni arzonroq qilib ko’rsatishga yordam beradi.

Davomi bor. Foydali bo’lgan bo’lsa reaksiya qoldiring va yaqinlaringizga ulashing!

@grownroll