📚 Hikoyalar 📚
492 subscribers
312 photos
376 videos
1 file
97 links
Download Telegram
#Sabr ila ro‘za tutib,
Savob oldi bu damlar.
Arafa xayrli o‘tib,
Hayit kirdi odamlar!

Bir safda tong saharda,
Hayit namozin o'qib.
Qishloqlar-u, shaharda,
Alloh rizq berdi to‘kib.

Bir-biriga mo‘minlar,
Hursandchilik ulashar.
Yangi sarpo, kiyimlar,
Liboslari yarashar.

Bu kun qavoq solinmas,
Unitar arazlarni...
Ziqnalik ham qilinmas,
Hadya etar narzlarni..

Bu kun ko‘ngil to‘qlanar,
Inson iymonga o‘rtoq.
Yosh-u, qari yo‘qlanar,
Tashrifga dillar mushtoq.

Sog‘inch, sayilga boshlar,
Mehr deb, entikar yurak.
Musulmonlar qardoshlar,
Hayit ayyom muborak!!!

@hikoyalar2019