Ibrohim Abdurahmonov
962 subscribers
1.52K photos
131 videos
2 files
600 links
O’zR qishloq xo’jaligi vaziri

Министр сельского хозяйства РУз

Minister of Agriculture of the Republic of Uzbekistan

fb.com/ibrokhim.abdurakhmonov.7
Instagram.com/ibrokhim.abdurakhmonov
twitter.com/Ibrokhimabdu5
Download Telegram
VIII Jahon paxta tadqiqotlari konferensiyasi (World Cotton Research Conference – WCRC-8) 2024-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2022-yilning 6-oktabr kuni Misrning Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon paxta tadqiqotlari konferensiyasida 8-Jahon paxta tadqiqotlari konferensiyasi 2024-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi haqida e’lon qilingan edi.

Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC) ijrochi direktori Erik Traktenbergni bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra ushbu nufuzli xalqaro tadbirni 2024-yilning 7-11-oktyabr kunlari o‘tkazishga kelishib oldik. Bundan tashqari, Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC) va O‘zbekiston o‘rtasida paxtachilik yo‘nalishida hamkorlikni chuqurlashtirish, ICACning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish, shuningdek ushbu xalqaro tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni ham muhokama etdik.

___

VIII Всемирная конференция по исследованию хлопка пройдет в Узбекистане в 2024 году

6 октября 2022 года на Всемирной конференции по исследованию хлопка, проходящей в Каире, было объявлено о проведении в 2024 году 8-й Всемирной конференции по исследованию хлопка в Узбекистане.

По итогам встречи с исполнительным директором Международного консультативного комитета по хлопку (ICAC) Эриком Трахтенбергом мы договорились о проведении этого престижного международного мероприятия 7-11 октября 2024 года. Кроме того, мы обсудили вопросы углубления сотрудничества между Международным консультативным комитетом по хлопку (ICAC) и Узбекистаном в сфере хлопкового производства, расширения деятельности ICAC в нашей стране, а также организационные моменты по проведению этого международного мероприятия на высоком уровне.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 19-22-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Gulfood” xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida qatnashmoqdamiz.

Ko‘rgazma doirasida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, “Abu Dhabi Developmental Holding Company” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Silal” kompaniyasi direktori Salman Al-Ameri bilan muloqot davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash va eksportini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonda mavjud issiqxonalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflarimizni taqdim etdik. Shuningdek, “Lulu Group International” kompaniyasi direktori Salim V.I. bilan muzokara o‘tkazdik. Unda Hindistondan go‘sht mahsulotlarini import qilish va O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini BAA bozoriga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikrlar almashdik.

___
19-22 февраля текущего года мы участвуем в крупнейшей международной выставке пищевой индустрии и агропромышленного сектора Gulfood 2024, которая проходит в Дубае.

На полях выставки провели ряд встреч. В частности, в ходе диалога с директором компании «Silal», входящей в состав «Abu Dhabi Developmental Holding Company» Салманом Аль-Амери обсудили вопросы налаживания производства, переработки, упаковки и экспорта сельскохозяйственной продукции и использования существующих теплиц в Узбекистане. А с директором компании «Lulu Group International» Салимом В.И. мы обменялись идеями по импорту мясной продукции из Индии и экспорту фруктов и овощей, выращенных в Узбекистане, на рынок ОАЭ.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#GulfoodInspire #Gulfood #RealFoodRealBusiness #innovation #tradeshow #foodandbeverage #culinary #chefs #networking

BAA ning Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Gulfood” oziq-ovqat ko‘rgazmasi doirasida BAAning nufuzli nashrlaridan biriga intervyu 👆👆

___
Интервью одному из престижных изданий ОАЭ в рамках продовольственной выставки «Gulfood» в Дубае

___
Interview with one of the prestigious UAE publications as part of the Gulfood food exhibition in Dubai, UAE

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
#tashrif

Ayni damda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibmiz.

Tashrif doirasida qator lokatsiyalarda bo‘ldik. «Hosildor Zamin» zamonaviy ko‘chatchilik ta’lim majmuasining ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdik. Qarshi shahridagi “Sulton Tex Group” korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, laboratoriyalarni qayta jihozlash, mutaxassislar tayyorlash, fermerlar bilan munosabat joriy yil birja savdolaridagi ishtirok kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida fikrlar almashdik.

Qarshi shahrida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institut faoliyati bilan tanishar ekanmiz, Qashqadaryo qishloq xo‘jaligi o‘ziga xos maktab yaratilganligi, bugun qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion bilim va amaliyotning birgalikda olib borilishi uchun institut yosh ilmiy xodimlari malakasini xorijda oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda ma’nan eskirgan, avvallari yaratilgan texnikalarni zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh texnikalar bilan o‘zgartirish, bunda barcha ishlanma va yosh olimlarning izlanishlariga keng o‘rin berilishi kerak.

___

В настоящее время мы находимся в Кашкадарьинской области с целью ознакомления с реализуемыми в сфере реформами и их эффективностью.

В ходе визита мы посетили несколько локаций. Ознакомились с исследованиями, проводимыми в открытом грунте и теплицах современного садоводческого образовательного комплекса «Hosildor Zamin». Обменялись идеями по дальнейшему развитию предприятия «Sulton Tex Group» в Карши, переоснащению лабораторий, обучению специалистов, взаимоотношениям с фермерами, участию в биржах в этом году, будущим работам и их решениям.

Ознакомились с деятельностью Научно-исследовательского института земледелия в южных районах, расположенного в городе Карши, где создана специальная школа сельского хозяйства.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
Xalqaro akkreditatsiyadan o’tgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi “Agro & Food techno centre” markazi o’z faoliyatini boshladi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hududida O‘zbekiston va Ummon sultonligi hamkorligidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati uchun muhim bo‘lgan yangi xizmat markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu markaz bosh ofisi Ummonda joylashgan “Atyab International Services” tashkilotining O‘zbekistondagi filiali sifatida tashkil etildi.

“Atyab International Services” qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida mingga yaqin turdagi xizmatlarni qamrab oladi. Tashkilot laboratoriyalari xalqaro akkereditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, laboratoriyalar imkoniyatlari qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibidagi barcha moddalarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu markaz O‘zbekistondagi import yoki eksport qilinayotgan mahsulotlarning sifat darajasini yuqori aniqlikda tahlil qiluvchi ilk xizmat ko‘rsatish markazidir.

Endilikda eksport bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar eksport qilinadigan mahsulotlar uchun jahon bozorida talab qilinadigan sertifikatlarni ushbu markazdan olishlari mumkin.

___

Приступил к работе центр “Agro & Food techno centre” для обеспечения безопасности пищевой продукции, прошедший международную аккредитацию.

Состоялась презентация сервисного центра в сотрудничестве Узбекистана и Султаната Оман на территории Национального центра знаний и инноваций в сельском хозяйстве. Он создан как филиал организации «Atyab International Services» в Узбекистане.

«Atyab International Services» охватывает около тысячи видов услуг в сфере сельского хозяйства и пищевой промышленности. Лаборатории организации прошли международную аккредитацию, а возможности лабораторий позволяют определять все вещества в составе сельскохозяйственной и пищевой продукции. Этот центр является первым сервисным центром в Узбекистане, который будет анализировать уровень качества импортируемой или экспортируемой продукции.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
#xalqaro_hamkorlik

Qozog‘istonning Jambul viloyati Taraz shahrida III Turkiy agrobiznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari tomonidan iqtisodiy salohiyat, eksport imkoniyati, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish quvvatlariga oid taqdimotlar namoyish etildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan kelishuvlarga erishdik.

___
В городе Тараз Жамбылской области Республики Казахстан проходит 3-й Тюркский агробизнес форум. Министры сельского хозяйства стран-членов Организации тюркских государств представили презентации об экономическом потенциале, экспортных возможностях, сельскохозяйственном и производственном потенциале.

В рамках мероприятия достигнуты договоренности о расширении видов взаимно поставляемой между Узбекистаном и Казахстаном сельскохозяйственной и продовольственной продукции, а также о практических аспектах эффективного и конструктивного сотрудничества.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hududlargatashrif #qoraqalpog‘iston

Joylarda agrar sohadagi islohotlar izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan bahorgi agrotexnik tadbirlar jarayoni bilan tanishish maqsadida ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldik.

___
Посетили Республику Каракалпакстан с рабочим визитом в целях ознакомления обеспечения последовательности реформ в аграрной сфере, а также ходом весенних агротехнических мероприятий.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
#Media_About_Us

Tojikiston va boshqa davlatlarda ommabop bo‘lgan Avesta axborot agentligi tomonidan o‘zbek-tojik munosabatlari tarixi va bugungi kuniga bag‘ishlangan maqolam e’lon qilindi.

___

Популярное информационное агентство «Avesta» опубликовало мою статью, посвященную истории и сегодняшнему дню узбекско-таджикских отношений.

Dunyo axborot agentligi:
https://dunyo.info/.../ia-Avesta-druzheskie-otnosheniya...

Avesta:
https://avesta.tj/.../derevo-druzhby-s-glubokimi.../

@Ibrokhim_Abdurakhmonov