Илму Ирфон 📚
169 subscribers
316 photos
67 videos
24 links
Канал "Жўйбори Калон" мадрасаси талабаси томонидан юритилади.

Каналдан маьлумот олинганда манба кўрсатилиши шарт

Инстаграм 👉🏻: http://instagram.com/ilmu_Irfon
Download Telegram
#Eslatma #muslima_ayol

"Ayollar yoʻlda yurushlari odobi "

Abu Usayd Al-ansoriy رضي الله عنه aytadilar:

Rasululloh ﷺ masjiddan chiqayotib , erkaklar bilan ayollar yoʻlda qorishib ketganini koʻrib aytdilar:

"Chetroq turinglar, yoʻlning oʻrtasidan yurush sizlarga emas ! Sizlar yoʻlning chetini lozim tutinglar " dedilar .
Sahobiy aytadi :
"Shundan soʻng , ayollar (yoʻl chetidagi) devorlarga yopishib yurushlaridan , xatto kiyimlari devorga ilashib qolar edi! "
📚 Abu Dovud

Sahobiya ayollarning bu amrga boʻysunishlarida mubolagʻani qarang :
"Erkaklarga tegib ketmasak boʻldida" deb Rasululloh alayhissalam amrini oʻzlaricha taʼvil qilishmadi .
Asli Rasululloh alayhissalam ularga : "Devorga surkalib yuringlar" demadilar .
Ammo "chetda yuringlar" degan soʻzni ortigʻi bilan ado qildilar .

#aksariyat: Bizning zamonamizda esa , erkaklar koʻchada yurganda xijolatdan devorga yopishishga majbur boʻlmoqdalar...!

@Ilmu_Irfon