445 subscribers
1.92K photos
633 videos
40 files
2.94K links
.
Download Telegram
#Ey, farzand!

Ayniqsa, juma kuni ko‘p salovat aytish kerak. Kim juma kuni yuz marta salovat aytsa, Alloh uning yuzta tilak-istagini o‘rinlatadi. Bu tilaklarning o’ttizi dunyo, yetmishi oxirat uchundir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Har kun yuz marta salovati sharif keltirgan kishi mahshar maydonining chidab bo‘lmas issig‘idan qutiladi. O’sha dahshatli kunda arsh soyasida men bilan birga bo‘ladi!».

Kim bir marta salovati sharif aytsa, Alloh o‘sha salovati sharif hurmatiga bir farishta yaratadi, u qiyomatgacha o‘sha kishi uchun Allohdan mag‘firat tilaydi. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Kim menga kunda uch marta salovat aytsa, uning o‘sha kun qilgan gunohlari kechiriladi!».

Ey, farzand!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘p eslamoq, u zotga ko‘p salovati shariflar aytmoq zarur. Salovati shariflar aytmoqqa davom etgan kishi xo‘rlanmaydi va qashshoqlik ko‘rmaydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Uch toifa kishining qo‘lga kiritgan narsasida barokat bo‘lmaydi va qayda bo‘lsa xo‘rlanadi. Bular:

1. Mening nomimni eshitganda salovati sharif aytmagan.

2. Ramazon oyiga hurmat ko‘rsatmagan, ro‘za tutmagan, taroveh namozini o‘qimagan.

3. Ota-onasi tirik bo‘la turib, ularni xursand qilmagan.

"Ey farzand!" Kitobidan.