Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
521 subscribers
10.8K photos
1.86K videos
69 files
4.97K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
Markaziy bank Boshqaruvining 2024 yil 25 aprelda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Press-reliz.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Avlodlar oʻrtasidagi ruhiy-maʼnaviy bogʻliqlik nima orqali namoyon boʻladi?
Anonymous Quiz
13%
Ixtirolar
8%
Binolar
63%
Til
16%
Turmush
O‘zbekistondan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish uchun Balxga jo‘nab ketdi.

Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bu_kun

Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov 1936-yil 26-aprelda tavallud topgan.

Uning ijrosidagi qoʻshiqlar xalqning qalbidan chuqur joy olgan, qachon yangramasin kishiga oʻzgacha xush kayfiyat bagʻishlaydi.

Botir Zokirov 1956-yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etib, katta shuhrat qozongan edi. U kuylagan opera ariyalari, oʻzbek xalq qoʻshiqlari, xorij shlyagerlari oʻz davrida dunyo boʻylab tarqaldi. Xonandaning repertuaridan milliy qoʻshiqlar bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan, rus, yunon tilidagi qoʻshiqlar ham joy olgan.

Oʻzbek estrada sanʼatining rivoji Botir Zokirov ijodi bilan bogʻliqligini taʼkidlash oʻrinli. Shuningdek, B.Zokirov tasviriy sanʼat, rejissura sanʼatlarida ham iqtidorli boʻlgan.

Xonanda 1985-yil 23-yanvarda olamdan oʻtgan. Botir Zokirov mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
📊 O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlatlar

2024-yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida) ma’lum qilindi. Bular:

🇨🇳 Xitoy – 3 mlrd;
🇷🇺 Rossiya – 2,8 mlrd;
🇰🇿 Qozog‘iston – 937,7 mln;
🇹🇷 Turkiya – 656,3 mln;
🇰🇷 Janubiy Koreya – 544,1 mln;
🇫🇷 Fransiya – 337,1 mln;
🇩🇪 Germaniya – 268,1 mln;
🇹🇲 Turkmaniston – 235,2 mln;
🇦🇫 Afg‘oniston – 224,8 mln;
🇮🇳 Hindiston – 213 mln.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
🔴Live

🇺🇿🇨🇳Ayni vaqtda Xitoylik investorlar Qo‘shrabot tumani hokimligida tashkil etilgan yarmarkada tumanda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik durdonalari, sanoat mahsulotlari, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli xil mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
O'zbеkistonda rasman ishlayotgan talabalar yuzasidan ma'lumot bеrildi.

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ko'ra, jami ishlayotgan talabalar soni 113 724 nafar:

davlat tashkilotlarida — 62 707 nafar (55,1 foiz);
xususiy sub'еktlarda — 47 235 nafar (41,6 foiz);
ikkala sеktorda — 3 782 nafar (3,3 foiz).
Jins bo'yicha:

erkaklar — 66 524 nafar (58,5 foiz);
ayollar — 47 200 nafar (41,5 foiz).
Qayd etilishicha, bu borada Toshkеntda o'qiyotgan talabalar pеshqadam — 35 864 nafar (31,5 foiz);

erkaklar — 25 226 nafar (22,2 foiz);
ayollar — 10 638 nafar (9,3 foiz)

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
🔴LIVE

BULUNG‘UR TAJRIBASI O‘RGANILMOQDA

📚Ayni vaqtda Bulung‘ur tumani 1-sektor hududida “Sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodliy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi”ga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Tadbir doirasida viloyatimizdagi 16 ta tuman (shahar)larning 1-sektor rahbarlari hamda ularning kotiblari Bulung‘ur tajribasi bilan tanishmoqdalar.

🕌Xususan, dastlabki manzil "Amir Hamza" jome masjidi bo‘ldi. Bu yerda Qur'on oyatlaridan tilovat qilinib, qurbonlik qilindi. Masjidda yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

▶️Ma'lumot uchun, Bulung‘ur tumani 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Tuman Jizzax viloyatining Gʻallaorol, Baxmal tumanlari, Samarqand viloyatining Jomboy, Toyloq, Urgut tumanlari hamda qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0.76 ming km, aholisi 201 ming 968 nafarni tashkil etadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari