Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
470 subscribers
10.6K photos
1.69K videos
69 files
4.89K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
DEPUTATLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH DAVR TALABI

Batafsil

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxning tog‘li hududlarida qor yog‘moqda

Bugun, 30-aprel kuni Zomin tumanining dengiz sathidan 2400 metr balandlikdagi Suffa platosida qor yog‘ishi kuzatilmoqda.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Nok daraxtlarida uchraydigan «baktеrial kuyish» kasalligi

Baktеrial kuyish (Erwinia amylovora Winsl. Et al.) kasalligida daraxtlarning gullari to'satdan so'lib, qorayadi. Barglari buralib, qorayadi va novdalarda osilib qoladi (tushmaydi). Pishmagan mеvalar ham qorayib quriydi, tushib kеtmaydi. Novda uchlari yoki guldan boshlangan kasallik avval novda, kеyinchalik shoxlar va, hatto ildizgacha еtib boradi.
Daraxt olovdan kuyganga o'xshab qoladi. Yosh shox va novdalar po'stlog'ining zararlangan joylari kеyinchalik gummoz ekssudat ko'rinishida po'stloqqa oqib chiquvchi suyuqlikdan biroz shishadi. Oqib chiqqan suyuqlik dastlab rangsiz bo'lib, asta-sеkin quyilib, qahrabo-sariq yoki to'q qo'ng'ir rangga kiradi. Ana shu oqib chiqqan suyuqlik shu kasallikning boshqa o'xshash kasalliklardan farqlaydi.
Infеksiya manbai eski bog'lardagi kasallangan daraxt, zararlangan urug' va ko'chat hisoblanib, baktеriyalar yomg'ir tomchilari, zararli hasharotlar, asalarilar, qushlar yordamida tarqaladi. Kasallik bog' asboblari bilan kеsish va payvand qilish davrida yuqishi mumkin.
Kasallikning inkubasion davri 3-4 kundan 6-10 kungacha cho'zilishi mumkin. Kuyishning dastlabki bеlgilari paydo bo'lguncha minimal harorat 14°S dan yuqori bo'lishi zarur. Daraxtlarning zararlanishi havo sеryog'in kеlib, harorat 18°S va undan yuqori bo'lganda sodir bo'ladi. Baktеriyaning rivojlanishi uchun qulay harorat 30°S bo'lib, 45-50°S da ular o'ladi.
Yozda kasallik tuzalganga o'xshasada, bahorda daraxt tanasida suv yugurishi bilan “uyg'onib”, butun o'simlik bo'ylab tarqaladi. Mеvalari yosh, pishmagan davrda zararlanadi, pisha boshlagan va pishgan mеvalarda kasallik rivojlanmaydi.
Kasallikka qarshi kurash choralari quyidagi agrotеxnik tadbirlardan iborat:
– kuzda kasallangan mеvalarni tеrib yo'qotish;
– kuzda va bahorda kuchli zararlangan shox va novdalarni kеsib yo'qotish;
– hasharotlarga qarshi o'z vaqtida kurashish;
– oldingi yili kasallik bеlgilari paydo bo'lgan bog'da asalari qutilarini joylashtirmaslik;
– kеsish paytida bog' asboblarini 0,5 foizli xloramin yoki 2 foizli formalin eritmasida tеz-tеz zararsizlantirib turish;
– kuzda barg to'kilishidan so'ng va bahorda kurtak yozishdan oldin 3 foizli, o'suv davrida esa (gullashdan 10-12 kun kеyin) 1 foizli Bordo suyuqligini purkash.
Bir tomonlama faqat azotli o'g'itlar bilan oziqlantirish kasallikning avj olib rivojlanishiga sababchi bo'ladi.

O‘simliklar karantini Qo‘shrabot tuman bo‘limi Fitosanitar nazorati davlat inspеktorlari
A Nosirov
U Mavlonov.
Oʻzbekistonda qancha fuqaro rasman ishlayotgani ochiqlandi

Yuridik maqomidagi korxonalarda ishlovchi jami erkaklar soni 3 mln 64 ming 410 nafar boʻlsa, ayollarning umumiy miqdori 2 mln 675 ming 371 nafarni tashkil etadi.

Quyida ularning yosh jihatidan taqsimoti keltirilgan:

👨🏻‍🦱 Еrkaklar
◽️ 16-17 yosh – 2 381 nafar (0,1 foiz);
◽️ 18-30 yosh – 797 221 nafar (26 foiz);
◽️ 31-60 yosh – 2 030 220 nafar (66,3 foiz);
◽️ 60 yoshdan yuqorilar – 234 588 nafar (7,6 foiz).

👩🏻 Аyollar
◽️ 16-17 yosh – 1 861 nafar (0,1 foiz);
◽️ 18-30 yosh – 616 762 nafar (23 foiz);
◽️ 31-45 yosh – 1 315 668 nafar (49,2 foiz);
◽️ 46-60 yosh – 690 924 nafar (25,8 foiz);
◽️ 60 yoshdan oshganlar – 50 156 nafar (1,9 foiz).

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Forwarded from HAJ-UMRA MARKAZI
⚡️Ҳаж ва Умра вазирлиги Ҳаж ибодатини адо этиш истагида бўлганларни огоҳлантирди.

❗️Саудия Арабистони Ҳаж ибодатини адо этиш учун бир қатор мамлакатлардаги ижтимоий тармоқлар орқали ўз хизматларини реклама қилувчи сохта Ҳаж кампаниялари қурбони бўлиб қолмасликдан огоҳлантирди.

🇸🇦Вазирликнинг аниқлик киритишича Ҳаж қилиш фақат Ҳаж визасини олиш орқали амалга оширилиши мумкин. Бунда, ҳар бир давлат учун ажратилган квота асосида Ҳаж ишлари ташкил этилади.

❗️ Эслатма: Ўзбекистон Республикаси фуқаролари учун «Ҳаж» тадбири Ўзбекистон мусулмонлари идораси томонидан амалга оширилади. «Ҳаж» фаолияти билан бошқа ташкилотларнинг, хусусан, сайёҳлик ташкилотлари ва бошқаларнинг шуғулланишига йўл қўйилмайди ва қонунчилик ҳужжатлари билан тақиқланади.

❗️Азиз юртдошлар, огоҳ бўлинг, фирибгарларга алданманг!
😎 Ўзбекистон мусулмонлари идораси Ҳаж-Умра маркази

🌐Обуна бўлинг ва улашинг!
📷Instagram 💬Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Minimal isteʼmol xarajatlari qiymati oshdi

2024-yil may oyidan hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming soʻmni tashkil etdi. (2024-yil yanvarda eʼlon qilingan qiymat 621 ming soʻmni tashkil etgan).

Minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
1-maydan nimalar oʻzgaradi?

2024-yilning 1-mayidan boshlab mamlakatimizda bir qator yangi tartiblar kuchga kiradi.

Xususan:

◽️ Aholi uchun elektr va gaz tariflari narxlari oshiriladi. Energiya isteʼmolining ijtimoiy normalari ham joriy etiladi. Kam taʼminlangan oilalarga bu tartibda kompensatsiya toʻlanadi.

◽️ Afrosiyob tezyurar poyezdi uchun chiptalar narxlari koʻtariladi. Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga qimmatlashadi.

◽️ Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga har oy minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida moddiy yordam koʻrsatiladi.

◽️ Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolarida metall boʻlmagan materiallarni qazib olish taqiqlanadi va konchilikka ruxsatnoma olishda faqat elektron tizim qoʻllaniladi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi yana pastladi

Markaziy bank 1-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 610,17 soʻm (–9,84)
🇷🇺 RUB 135,24 soʻm (–0,50)
🇪🇺 EUR 13 526,93 soʻm (+4,59)

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
1- MAY KUN TARIXI HAQIDA

☑️ 1840 yil – Angliyada dunyoda ilk bor pochta markalari paydo bo‘ldi.

☑️ 1884 yil – Chikagoda birinchi osmono‘par bino - 10 qavatli uy qurilishi boshlandi.

☑️ 1885 yil – Ottava shahrida birinchi elektr chiroqlari yondi.

☑️ 1890 yil – 1 may Xalqaro mehnatkashlar kuni.

☑️ 1899 yil – Aspirin birinchi marta sotuvga chiqdi.

☑️ 1912 yil – Kanada dollari ilk bor muomalaga kiritilgan.

☑️ 1933 yil – Britaniya va Hindiston o‘rtasida telefon aloqasi o‘rnatildi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Davlat bog‘chalari uchun yangi to‘lov miqdorlari belgilandi

Hukumatning tegishli qaroriga (246-son, 29.04.2024-yil) ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat bog‘chalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari tasdiqlandi.

To‘lovlar dastlab o‘rtacha 20%ga, yangi yildan esa 10%ga qimmatlamoqda.

Ma’lumot uchun: oxirgi marta bog‘cha puli 3 yil avval, 2021-yil 1-mayda 15%ga oshirilgandi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Oltindеk qimmatli fikrlar

—  Bir xil harakatni takrorlayvеrib, undan har xil natija kutish aqlsizlikdir.

—  Harakatsizlikning asosiy sababi fikrlamaslikdir.

—  Istе'dodsiz bola yo'q, e'tiborsiz ota-onalar bor, xolos.

—  Kitob o'qish fikrlashga o'rgatadi.

—  Atrofimizda sizdan ham fazilatli odamlar borligini unutmang.

—  Rahbarning obro'si uning shaxsiy ibratidadir.

—  Johillik ilmsizlikdan, boshqalarning qalbini, fikrini, qadrini bilmaslikdan boshlanadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026 yillarga mo‘ljallanmoqda.

2025−2026 yillarda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2024 yil 4 mart kuni Prezident imzolagan 114-sonli qaror ilovasida belgilab qo‘yilgan.
Prezident qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligi hamda mas’ul vazirlik va idoralarga 2025-2026 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Xususan, mazkur qarorda 2024 yil davomida Statistika agentiligi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishi, jumladan, aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash, 2021 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish ishlarini amalga oshirishi belgilangan.
Shuningdek, agentlik xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida «Aholini ro‘yxatga olish» axborot tizimini takomillashtirishi va ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirishi, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqishi kerak.
Aholini ro‘yxatga olish 2025−2026 yillarda o‘tkazilishi, natijalari esa 2026−2027 yillarda tayyorlanishi va e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Bundan avval, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish umummilliy tadbiri 2022 yilda o‘tkazilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655son farmoni, 2020 yil 16 martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan edi.
Keyinchalik koronavirus pandemiyasi tufayli mazkur tadbirni o‘tkazish muddati uzaytirilib, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, respublikada aholini ro‘yxatga olish ishlari 2023 yilning 1-25 noyabrida o‘tkazilishi belgilangan edi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 2-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 22,05 soʻmga qimmatlab, 12 632,22 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi tushdi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Ob-havo

Bugun, 2-may kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari