KIF 4-kurs / 4-курс КИФ
150 subscribers
140 photos
18 videos
194 files
851 links
"Kompyuter injiniringi" fakulteti 3-kurs talabalari uchun rasmiy kanal. / Официальный канал для студентов 3 ого курса факультета «Компьютерный инжиниринг».
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Munosabat

⚡️Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtildan keyingi oʻqish onlayn shaklda boʻlishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan

Soʻnggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari koʻpaygani sabab jamoatchilik oʻrtasida qishki taʼtildan keyingi oʻqish onlayn shaklda boʻlishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Xabaringiz bor, rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi munosabati bilan oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytiriligan edi.

Shu oʻrinda, belgilangan tartibga koʻra, koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi hamda barcha idora va tashkilotlar, shu jumladan, oliy taʼlim muassasalari ham mazkur qaror asosida ish yuritadi.

Bu borada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilgan taqdirda vazirlik rasmiy manbalari orqali qoʻshimcha maʼlum qilinadi.

Shu sababli barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan asoslanmagan xabarlar tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrab qolardik.

Vazirlik axborot xizmati rasmiy maʼlumot olishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi. Bunda @eduuzaxborotxizmati_bot telegram boti yoki 71-207-15-86 raqami orqali murojaat qilishlari soʻraladi.

Fuqarolar 1006 ishonch telefoni va 71-230-64-64 call-markazi orqali oʻz murojaatlarini yoʻllashlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube