Kun.uz | Rasmiy kanal
118K subscribers
65.7K photos
7.13K videos
45.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998 78 113 10 10

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz
Download Telegram
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 29-30 aprel va 1 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/66044385

Kun.uz rasmiy kanali
Xorijdan avtomobil keltirib berishini aytib odamlarni chuv tushirgan shaxs Turkiyaga qochib ketdi

Kun.uz manbasiga ko‘ra, u 35 nafar fuqaroning 250 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan hamda Turkiya davlatiga qochib ketgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

👉 https://kun.uz/25796556

Kun.uz rasmiy kanali
“Jilovlanmagan asov yo‘rg‘a” – dunyoga mashhur Ford Mustang avtomobili tarixi

Dunyodagi aksariyat avtoishqibozlar Ford Mustang nomini eshitgandan bir entikib qo‘yishadi. Chunki bu avtomobil tashqi va ichki ko‘rinishi hamda dvigatel quvvatining kuchliligi bilan ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olgan. Bu yil Ford Mustang ilk ishlab chiqarilganiga 60 yil bo‘ldi. U hanuzgacha ishlab chiqarilmoqda va ko‘pchilikning orzusidagi avtomobil bo‘lib qolmoqda.

👉 https://kun.uz/25266524

Kun.uz rasmiy kanali
Londonga qaytish chog‘ida Toshkentda to‘xtab o‘tgan Devid Kemeron Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni aniq natijalar bilan boyitish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga tayyorligini tasdiqladi.

👉 https://kun.uz/27506843

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Falastinni tan olgan Yamayka, Ukraina vokzallariga zarba va kriptovalutani taqiqlayotgan Rossiya - kun dayjesti

Dunyoda sodir bo‘lgan voqea va hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning kundalik sharhi bilan tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/75525821

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent shahar hokimi: “Bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri”

Abdulla Qodiriy va “Do‘stlik” bog‘larini tadbirkorga 49 yil muddatga ijaraga bergan Toshkent hokimi Shavkat Umrzoqov bu qaroriga izoh berdi. Uning fikricha, “bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri”. “Butun dunyoda shunaqa”, dedi hokim.

👉 https://kun.uz/93361357

Kun.uz rasmiy kanali
Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Respublika darajasidagi ijro organlari Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilib, ularning hozirgi binolari sotiladi. Sotishdan tushgan mablag‘lar Yangi Toshkentda ma’muriy binolar qurishga sarflanadi.

👉 https://kun.uz/69198346

Kun.uz rasmiy kanali
🌍 Jahon xabarlari

🇷🇺 Krasnodar o‘lkasiga dronlar hujum qildi

🇺🇦 Kiyevdagi shifoxonalar Belarus «KGB» rahbarining tahdidlaridan keyin evakuatsiya qilinyapti

🇾🇪 Yaman husiychilari Qizil dengizdagi kemalarga yana hujum qildi

🇧🇪 Belgiya 2024 yildayoq Ukrainaga F-16 qiruvchilarini yetkazib berish niyatida

🇩🇪 Shols Boku va Yerevanni murosaga chaqirdi

Kun.uz rasmiy kanali
DXXga yolg‘on xabar bergan shaxs 3 yilga qamaldi

U Qo‘qonda novvoychilik bilan shug‘ullanuvchi tanishi va boshqa shaxslarning ekstremistik oqimga a’zo ekani, O‘zbekistonda o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida yolg‘on ma’lumot bergan. Sudlanuvchi sudda ushbu yolg‘onni o‘ylab topishidan asosiy maqsadi qarzlaridan qutulish bo‘lganini bildirgan.

👉 https://kun.uz/86613282

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalar IPO o‘tkazadi. NKMKning 5 foizgacha, OKMKning 7 foizgacha aksiyasi sotuvga qo‘yiladi

O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalar, mamlakatning eng katta soliq to‘lovchilari – Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari IPO'ga chiqadi. Ularning 5 foizgacha aksiyasi xalqaro fond bozorida, shuningdek, OKMKning yana 2 foiz aksiyasi mahalliy fond bozorida sotuvga chiqariladi. “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zbektelekom” AJ aksiyalarining ham 7 foizgacha qismini ommaviy taklif yo‘li bilan sotish ko‘zda tutilgan.

👉 https://kun.uz/29389985

Kun.uz rasmiy kanali
Kiyevda Belarus KGB rahbari tahdididan keyin bolalar hospitali evakuatsiya qilindi. U «terrorchilar xasta bolalar ortiga yashiringani»ga qaramay jazosini olishini aytgandi

Urushning 793-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/51761079

Kun.uz rasmiy kanali
APLda chempionlik va YChL yo‘llanmasi uchun kurash avjiga chiqmoqda. Hafta o‘yinlari anonsi

Italiya va Germaniyada chempion nomi aniq bo‘ldi, Fransiya va Ispaniyada ham bu yaqin turlarda hal bo‘ladi. Ammo ushbu ligalarda ham kamida Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash davom etmoqda.

👉 https://kun.uz/68702074

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Cobalt’ni turmush o‘rtog‘imga sovg‘a qildim» – kitobxonlik tanlovida yutgan yosh ona hikoyasi

Gulhayo Soliyeva - bu yilgi «Yosh kitobxon» tanlovining g‘olibasi, u kitob o‘qigani uchun onalik ta’tili davrida mashinali bo‘ldi. «Ba’zi oilalarda qiz farzandlarini o‘qitishni xohlashmaydi, lekin bizda unday bo‘lmagan», deydi u. Kun.uz’ning "Mikrofon qizlarda" loyihasi navbatdagi sonida Gulhayo yosh bolali bo‘lishiga qaramay vaqtni qanday tarzda to‘g‘ri taqsimlab o‘qish va o‘rganishga imkon topish mumkinligi haqida gapirib berdi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
O‘zbekistondagi o‘rtacha maoshlar ma’lum qilindi

Joriy yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 4 mln 920 ming so‘mni tashkil etdi. Eng ko‘p oylik oluvchilar – bank, lizing va sug‘urta sohasi xodimlari bo‘lib, ular o‘rtacha 13,2 mln so‘m oylik olyapti. Tibbiyot va ta’limdagi oyliklar eng past darajada qolmoqda.

👉 https://kun.uz/73714918

Kun.uz rasmiy kanali
Investorga berilgan bog‘lar, Jo‘rayevlar va Karimovlar oilasida sudlar - hafta dayjesti

Davlat xarajatlari inflatsiyani, tashqi qarzlar esa dollar kursini oshiryapti. Pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi qisqargan. Garajida 30 ta avtomobili bor Qashqadaryo hokimligi yana 4 ta elektromobilga buyurtma berdi – viloyat aholisining salkam yarmi esa ichimlik suvisiz yashayapti. O‘tgan haftaning shu va boshqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
Issiqlik elektr stansiyalaridagi davlat ulushi sotiladi

O‘zbekistondagi elektr energiyasining 80 foizdan ko‘pini ishlab chiqaradigan «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ustav kapitalidagi 51 foiz ulush va kompaniya tarkibidagi alohida issiqlik elektr stansiyalari xususiylashtiriladi.

👉 https://kun.uz/48663391

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonga qurol eksportini chekladi

Cheklovlar qo‘yiladigan «yuqori darajadagi xavfli» davlatlar ro‘yxatiga 36 mamlakat kiritilgan.

👉 https://kun.uz/71836889

Kun.uz rasmiy kanali
Ukraina urushidagi vaziyat: AQShning yordami kechikmadimi?

AQSh Kongressi nihoyat Ukraina uchun 61 mlrd dollar atrofida mablag‘ ajratishni ma’qulladi. Lekin Kiyev vaziyatni o‘nglashi uchun kech bo‘lmadimi? Maqsad Ukrainaning g‘alabasimi yoki Rossiyani holdan toydirish? “Geosiyosat” jang maydoni va siyosiy frontdagi holat bo‘yicha savollar bilan tahlilchilar Kamoliddin Rabbimov, Oybek Sirojov va Jahongir Akramovga murojaat qildi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Navoiylik tadbirkor tergov izolyatorida vafot etdi

56 yoshli tadbirkor Azamat Xoliqovga jinoyat ishi doirasida bir necha kun avval qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi. Azamat Xoliqov Kun.uz bir necha bor yoritgan “To‘dako‘l ishi” bilan bog‘liq ishda tomonlardan biri edi.

👉 https://kun.uz/50570007

Kun.uz rasmiy kanali
Ota o‘zi bilan yashashni xohlamagan o‘g‘lini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi

Ota o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lgan, o‘g‘il u bilan ketishni istamagan, shunda unga zo‘ravonlik ishlatilgan. Zo‘ravon ota jazoga tortildi.

👉 https://kun.uz/78083407

Kun.uz rasmiy kanali