Kun.uz | Rasmiy kanal
123K subscribers
64.9K photos
6.95K videos
44.5K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998 78 113 10 10

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi

Bugun davlat rahbari prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.

👉 https://kun.uz/43129360

Kun.uz rasmiy kanali
APLda chempionlik poygasi: «Arsenal»da muhim g‘alaba, «Siti» ham xato qilmayapti

«Tottenhem» London derbisida «Arsenal»ni qiynadi, «shporlar»da «Siti» va «Liverpul» bilan ham o‘yin bor.

📹 👉 https://kun.uz/49867423

Kun.uz rasmiy kanali
Yangi qurilayotgan xonadonlar uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirganlikda gumonlangan ikki shaxs qidiruvga berildi

Toshkentda fuqarolarning yangi xonadonlar uchun to‘langan pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs qidiruvga berilgan. Uylar ruxsatnomalarsiz qurilgani aytilmoqda. Kompaniya rahbari qamoqqa olingan.

👉 https://kun.uz/23527725

Kun.uz rasmiy kanali
Hafta davomida harorat foni ko‘tarila boshlaydi

O‘zbekiston bo‘yicha 29-30 aprel va 1-3 may kunlariga ob-havo prognozi berildi.

👉 https://kun.uz/38915975

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiyo‘ldagi sil kasalxonasiga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi joylashtirildi. Aholi virus yuqtirib olishdan qo‘rqyapti

Epidemiyaga qarshi kurashga vakolatli organ bunga xulosa bermagan. Markazga kelib ketuvchi aholi sil yuqishidan xavotir olib, markaz boshqa joyga ko‘chirilishini so‘rayapti.

👉 https://kun.uz/01971640

Kun.uz rasmiy kanali
Xitoy kompaniyalari AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini chetlab o‘tish yo‘llarini qidiryapti - OAV

Xitoyning yirik banklari Rossiya Federatsiyasi bilan bog‘liq operatsiyalarni moliyalashtirishdan bosh tortar ekan, ayrim firmalar yashirin moliyalashtirish kanallariga o‘tmoqda, deb yozadi Reuters.

👉 https://kun.uz/05998110

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sulh taklifini o‘rganayotgan HAMAS, Ukrainada keskinlashgan front va Nigeriyada tirbandlikda yongan mashinalar - kun dayjesti

Dunyoda sodir bo‘lgan voqea va hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning kundalik sharhi bilan tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/88023901

Kun.uz rasmiy kanali
Samarqandda 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona aniqlandi

Hududlarda gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.

👉 https://kun.uz/64026466

Kun.uz rasmiy kanali
«Frontda vaziyat keskinlashdi». Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi

Avdiyivkadan g‘arbda yana uchta qishloq tashlab chiqilgan. Ammo ekspertlar bu yo‘nalishda Rossiya kuchlarining tezkor yorib o‘tishi ro‘y beradi deb hisoblamayapti.

👉 https://kun.uz/02068353

Kun.uz rasmiy kanali
Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiyani mintaqada havo qatnoviga xalaqit berishda aybladi

Uch Boltiqbo‘yi respublikasi tashqi ishlar vazirlari so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Boltiq dengizi mintaqasida GPS’ni bostirmoqda va havo qatnoviga xalaqit bermoqda.

👉 https://kun.uz/45016196

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi rusumli avtomobillarni tanlaydi?

2024 yil 1 yanvar ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisida 3 mln 760 mingga yaqin yengil avtomobil mavjud. Xo‘sh, o‘zbekistonliklar qaysi rusumdagi avtomobillardan ko‘proq foydalanadi? Dunyoda-chi? Ushbu videoda shu kabi savollarga javob olish mumkin.

📹VIDЕONI TOMOSHA QILING
NYT: Isroildagilar Haaga sudi Netanyahuni hibsga olishga order berishidan xavotirda

Isroil hukumati vakillari G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilishda hamda Hamasning 2023-yil 7-oktyabridagi hujumiga «haddan tashqari qattiq javob qaytarish»da ayblanishi mumkin.

👉 https://kun.uz/02829084

Kun.uz rasmiy kanali
“Sudga nisbatan ijtimoiy bosim paydo bo‘lmoqda” - Sudyalar oliy kengashi Botir Qodirov kiritgan da’vo ishi haqida

O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi xonanda Sherali Jo‘rayevning otalik faktini belgilashga oid da’vosi bo‘yicha davom etayotgan fuqarolik nizosida tomonlarni turli xil bayonotlar berishdan tiyilishga chaqirdi. Kengash, shuningdek, OAVni sud ishiga doir axborot tarqatishga mas’uliyatli bo‘lishga da’vat qildi.

👉 https://kun.uz/14862158

Kun.uz rasmiy kanali
Oshxonada tayyorlanayotgan dronlar va Ocheretino uchun jang. Urush suratlari

Urushning 795-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/05542625

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish rejalari ishlab chiqildi, unda bahsli normalar ham bor

Ko‘chmas mulk va avtomobil sotuvi faqat naqdsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin. Soliq qo‘mitasi yana kartadan kartaga o‘tkazmalarni nazorat qilishga urinyapti. Naqd pulda xarid qilgan fuqarolarga keshbek bermaslik, QQSni qaytarish muddatini uzaytirish va soliq organlariga tadbirkorning hududiga kirish vakolatini berish kabi takliflar ham bildirilmoqda.

👉 https://kun.uz/63088980

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Unga ko‘ra, Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlari hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalar o‘rnatiladi.

👉 https://kun.uz/51645552

Kun.uz rasmiy kanali
Dushanbe: Rossiyada Tojikiston fuqarolarining huquq va erkinliklari keng miqyosda poymol qilinmoqda

Tojikiston TIV Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi. Notada Rossiyadagi Tojikiston fuqarolariga nisbatan ommaviy tarzda keskin salbiy munosabatlar kuzatilayotgani, ularning huquq va erkinliklari keng miqyosda poymol etilayotganidan xavotir bildirilgan.

👉 https://kun.uz/32164318

Kun.uz rasmiy kanali
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk marta Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Qatarda o‘tayotgan Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqish bilan birga o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi. Temur Kapadze shogirdlari 3 may kuni finalda Iroq – Yaponiya o‘yini g‘olibiga qarshi saf tortadi.

👉 https://kun.uz/85620485

📹👉 GOLLAR BU YERDA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qurbonlar" yarim millionga yetmoqda: o‘zbekistonliklarni moliyaviy piramidalardan kim qutqaradi?

Har kuni yuzlab odamlar bir necha ming dollarlarini moliyaviy piramidalarga tikib, kuyib qolishmoqda. Qancha ogohlantirilmasin, bong urilmasin, odamlar baribir aldanishda davom etyapti. O‘nlab aldov loyihalar huquq posbonlarining “burunlari ostida” gurkirab bormoqda. Ammo ularni to‘xtatadigan na bir tashkilot, na bir idora yo‘q, borlari ham “jabrlanuvchi yoki ariza yo‘q” degan bahona bilan o‘zlarini chetga olishadi. Kun.uz tayyorlagan ushbu ko‘rsatuvda firibgarlik va birovlarni talash ustiga qurilgan o‘nlab “biznes”lar haqida gap boradi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
29-aprelning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Ishga qaytgan prezident, sudyalar kengashining OAV va blogerlarga murojaati, Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov ochayotgan Qatar Airways, Nurobodda bir yilga yetmay buzilgan yo‘l - kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing.

👉 https://kun.uz/96582264

Kun.uz rasmiy kanali