Qaraqalpaqstan | Kun.uz
3.86K subscribers
4.84K photos
972 videos
4.98K links
Kun.uz’dıń Qaraqalpaqstan Respublikasına tiyisli xabar hám jańalıqlar rásmiy kanalı.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jiberiw ushın 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
💼 #Tayinlov

Beruniy tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi


Beruniy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Kurbaniyazov Alisher Tadjibaevich tayinlandi.

Kurbaniyazov shu kungacha Beruniy tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
💼 #Tayinlov

Kegeyli tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Kegeyli tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Davletov Bazarbay Tajetdinovich tayinlandi.

Davletov shu kungacha Kegeyli tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Oldinroq Qoraqalpog'istondagi 9 nafar hokimga o'rinbosar tayinlangani haqida xabar bergandik.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Xo‘jayli tumani hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Najimatdin Paxratdinov
Xo‘jayli tumani hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Baxadir Djanabayev tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

Beruniy tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Beruniy tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i lavozimiga Mansur Muratov tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

M.Muratov shu kunga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Taxiatosh va Nukus tumanlari hokimlariga o‘rinbosar tayinlandi

▪️ Baymurat Kaypnazarov
Nukus tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

▪️ Shuningdek, Rashid Yo'ldashev Taxiatosh tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

Amudaryo tumani hokimining o‘rinbosari tayinlandi

Jumanov Oybek Baxtiyorovich
Amudaryo tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O.Jumanov tayinlovga qadar Pensiya jamg‘armasi Amudaryo tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Radjapov Maxsud Ermakovich tayinlandi.

Bunga qadar u Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili tayinlandi

Jengisbay Shlimbetov
– Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman) Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha ushbu lavozimda Zuxra Reymova faoliyat olib borayotgandi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Qo‘ng‘irot tumani prokurori o‘zgardi

Javlonbek Muftullayev
Qo‘ng‘irot tumani prokurori etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar u Amudaryo tumani prokurori lavozimida ishlagan. Qo‘ng‘irot tumanining avvalgi prokurori Islam Karimov hozirda qaysi lavozimda ish boshlagani noma’lum.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Kegeyli tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Po'lat O‘teniyazov
Kegeyli tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Kegeyli tumani hokimligining bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Amudaryo tumani prokurori o‘zgardi

Aziz Ro'zmetov
Amudaryo tumani prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz'ga tuman hokimligi xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasida bo'lim boshlig'i lavozimida ishlagan.

Eslatib o'tamiz, bungacha Amudaryo tumani prokurori bo'lib ishlagan Javlonbek Muftullayev Qo‘ng‘irot tumani prokurori etib tayinlangandi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

Taxiatosh tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Azat Userbayev
Taxiatosh tumani hokimining qishloq va suv xo'jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Qoraqalpog‘iston to‘qimachilikni rivojlantirish boshqarmasida faoliyat olib borgan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Qoraqalpog‘istondagi 3 nafar hokimga o‘rinbosar tayinlandi

Sayyora Ko‘ziyeva
Beruniy tumani hokimining;

Guljaxan Xo‘jambergenova Kegeyli tumani hokimining;

Bibigul Uzaqbayeva Nukus tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istondagi hokimlarning 7 nafariga o‘rinbosarlar tayinlangandi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Beruniy tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Qahramon Qo‘shanov
Beruniy tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar Qo‘shanov mazkur vazifani vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ish faoliyatini yuritgan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri tayinlandi

Kazakov Rustamjon Allayarovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

👉 https://kun.uz/uz/92109591

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

2 ta tuman hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Umidjon Matirzayev
Beruniy tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, Islambek Sidikov Xo‘jayli tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

O‘zFAning Qoraqalpog‘iston bo‘limiga rahbar tayinlandi

Muratbay Jumanov
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Muratbay Arepbayevich tayinlovgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Chimboy tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Paraxat O‘rinbayev
Chimboy tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar O‘rinbayev QR uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Chimboy tumani bo‘limi rahbarida lavozimida ishlagan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Taxiatosh tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Gʻulomjon Bektemirov
Taxiatosh tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bektemirov bunga qadar qurilish sohasida faoliyat olib borgan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari
#Tayinlov

💼 Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziriga o'rinbosar tayinlandi

▪️ Mahmud Abdijaliyev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari etib tayinlandi.

🔺 Mahmud Abdijaliyev bunga qadar Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

➡️ Qoraqalpog‘iston xabarlari