Toshkent viloyati | Kun.uz
1.54K subscribers
5.15K photos
706 videos
5.64K links
Kun.uz’ning Toshkent viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
#Qiziqarli_fakt

O‘rgimchak to‘ri - bu tabiat tomonidan yaratilgan eng kuchli material. U po‘latdan kuchliroq va neylonga qaraganda elastikroq.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Toshkent shahrida haydovchilik imtihonlari bilan bog‘liq korrupsiya nolga tenglashtirildi” — Komil Allamjonov

Fevral oyida Toshkentda haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon o‘tkazuvchi avtomatlashtirilgan markaz ochilgan edi. Natijada shaharda “prava” olishdagi tanish-bilishchilikka butkul barham berildi. Bu haqda markaz asoschisi Komil Allamjonov bugun bo‘lib o‘tgan “Toshkent viloyati imtihon markazi” ochilish marosimida ma’lum qildi.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
10-iyun kuni Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 10-iyun kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

▪️Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/uz/82812793

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
Yangi ixtisoslashtirilgan maktablarga 7 mingga yaqin pedagoglar ishga qabul qilinadi

7 mingga yaqin pedagog-kadrni yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga qabul qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda AOKAda Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/76882239

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi

10−14 iyun kunlari Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/03342094

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
Toshkent viloyatida bir kunda ikki kishini poyezd urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida bir kunda ikki kishi poyezd urib ketishidan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Transport prokuraturasi hodisalar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/uz/43883499

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
4 ta hududda chet el valutasining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi departament Toshkent viloyati boshqarmasi va IIV Transportda XTBBlari tomonidan valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishi oldini olish yuzasidan Shayxontohur tumani, Jarariq ko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

👉 https://kun.uz/uz/47975103

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
Mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumatning 2022-yil 9-iyun kungi 322-son qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

👉 https://kun.uz/uz/17271560

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
O‘zbekistonda rahbarlik lavozimi uchun kadrlar zaxirasiga kimlar kiritilishi ma’lum bo‘ldi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova AOKAda o‘tkazilgan brifingda milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/uz/35360205

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
💍 May oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh holatlari qayd etilgani ma'lum qilindi

🏢 Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning may oyida respublika bo‘yicha 18 492 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:

— Qoraqalpog‘iston R. – 987 ta
— Andijon viloyati – 1730 ta
— Buxoro viloyati – 940 ta
— Jizzax viloyati – 729 ta
— Qashqadaryo viloyati – 1600 ta
— Navoiy viloyati – 644 ta
— Namangan viloyati – 1349 ta
— Samarqand viloyati – 1584 ta
— Surxondaryo viloyati – 1522 ta
— Sirdaryo viloyati – 520 ta
— Toshkent viloyati – 1714 ta
— Farg‘ona viloyati – 2347 ta
— Xorazm viloyati – 950 ta
— Toshkent shahri – 1876 ta

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
💸 Zangiota tumanida valyuta ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Zangiota tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.T. Chilonzor tumani “Bekto‘pi” bozor hududida muntazam valyuta ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, fuqaro U.ga 4 300 AQSH dollarini 47,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
Deputatlar “Tashabbusli budjet”da ovoz berish jarayonini murakkablashtirmoqchi

Qonunchilik palatasida o‘tirgan ba’zi deputatlarning ishi xalq uchun qandaydir taqiq va murakkabliklar o‘ylab topishdan iboratmi? Har holda deputatlarning so‘nggi vaqtlarda qabul qilib, muhokamaga olib chiqayotgan ayrim loyihalari shunga xizmat qilayotgandek.

👉 https://kun.uz/uz/44466194

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
📊 O‘zbekistonda may oyida 1 733 nafar egizaklar tug‘ilgan

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda 70,5 ming tug‘ilish qayd etilgan.

Shundan 1 733 nafari egiz tug‘ilganlar.

May oyida hududlar kesimida egiz tug‘ilganlar soni:
🔸Samarqand viloyati – 219 nafar
🔸Farg‘ona viloyati – 186 nafar
🔸Qashqadaryo viloyati – 184 nafar
🔸Toshkent shahri – 180 nafar
🔸Andijon viloyati – 170 nafar
🔸Surxondaryo viloyati – 136 nafar
🔸Namangan viloyati – 124 nafar
🔸Toshkent viloyati – 114 nafar
🔸Qoraqalpog‘iston R. – 91 nafar
🔸Buxoro viloyati – 88 nafar
🔸Jizzax viloyati – 75 nafar
🔸Xorazm viloyati – 63 nafar
🔸Sirdaryo viloyati – 52 nafar
🔸Navoiy viloyati – 51 nafar

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
O‘zbekistonda har kuni 10 ming tonna un birja savdolariga qo‘yilmoqda

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mahalliy unning vaqtinchalik tartib asosida sotilishini doimiy monitoring qilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/02252291

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
Xonadonlar uchun gaz xarajati kalkulyatori ishga tushirildi

“Hududgazta’minot” tomonidan xonadonlar uchun gaz xarajati kalkulyatori ishga tushirildi. U iste’molchilarga foydalanilgan tabiiy gaz uchun amaldagi va taklif etilayotgan tariflar bo‘yicha qiyosiy hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.

👉 https://kun.uz/uz/57550185

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Qiziqarli_fakt

Machu-Pikchu — Perudagi 2438 metr balandlikda joylashgan, qadimiy inklarning yo‘qolgan shahri hisoblanadi. Unga taxminan 1440-yilda inklar tomonidan asos solingan.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat bog‘chalari va maktablarga navbatga qo‘yilmasdan joylashtiriladi.

💰 Ularga texnikum, kollej, akademik lisey yoki OTMda o‘qiyotganda har o‘quv yilida 1 marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
O‘qishni ko‘chirish o‘rniga akademik mobillik. Bu qanday bo‘ladi?

O‘qishni ko‘chirishga talabgorlar soni bu yil 150 ming bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ularning aksari yo o‘zi o‘qiyotgan OTMdagi ta’limdan qoniqmasdan sifatliroq joyga borishni xohlaydi, yoki avvalboshdan shunday reja bilan o‘qishga kirgan. Shunday vaziyatda akademik mobillik – yaxshiroq joyda o‘zaro almashib ta’lim olish imkonini beradigan yangi tizimga o‘tilishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/91559801

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
Telegram'ning “pulli” versiyasi va devor ortini “ko‘ruvchi” radar – hafta texnodayjesti

Kun.uz yakunlanayotgan haftadagi texnologiya va ilm-fanga oid eng qiziqarli xabarlarni jamladi.

👉 https://kun.uz/uz/81051387

➡️ Toshkent viloyati xabarlari