Toshkent viloyati | Kun.uz
1.52K subscribers
5.15K photos
706 videos
5.64K links
Kun.uz’ning Toshkent viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

2021 yil 23-noyabr holatiga Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalari soni 152tani tashkil etadi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ma'lum qildi. Shundan:

▪️Universitet — 27 ta;
▪️Institut — 45 ta;
▪️Akademiya — 3 ta;
▪️Konservatoriya — 1 ta;
▪️Filial — 29 ta;
▪️Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
▪️Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

Quyidagi hollarda cheklov to‘xtatib turiladi va qazdorning chetga chiqishiga ruxsat beriladi:

▪️O‘zbekistondan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan hollarda;

▪️O‘zbekistondan chiqib ketuvchi delegatsiya tarkibiga kiritilganda.

Chegara hududlarda chetga chiqishi vaqtincha cheklangan qarzdor aniqlanganda, unga bu haqda to‘liq maʼlumot beriladi.

❗️Bundan tashqari, xorijga chiqish uchun ta'qiq mavjudligi (mavjud emasligi) haqida mib.uz sayti orqali ham ma'lumot olish mumkin.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

Navroʻz (Novruz, Navruz, Nooruz, Nevruz, Nauriz) — bahorning kun va tuni teng boʻladigan kuni. Butun dunyo boʻylab 500 milliondan ziyod aholi yangi yilning boshlanishi sifatida nishonlaydigan qadimiy bayram. Navroʻz Markaziy Osiyo, Bolqon, Yaqin Sharq, Kavkaz, Qora dengiz havzasi va boshqa mintaqalarda 3 000-yildan ortiq vaqtdan beri nishonlanadi.

2010-yil 23-fevralda BMT Bosh Assambleyasi 21-martni Xalqaro Navroʻz kuni deb eʼtirof etdi. Shu kuni YUNESKOning 2009-yil 30-sentyabrdagi Navroʻz bayramini insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori olqishlandi.

Xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan aloqalarni mustahkamlashda Navroʻzning oʻrni katta. Navroʻz avlodlar oʻrtasida ham, oilada ham tinchlik va hamjihatlik qadriyatlarini targʻib qilishga hissa qoʻshadi, madaniy xilma-xillikni saqlash, xalqlar va jamoalar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

Pilla boquvchilatga qancha subsidiya ajratiladi?

🔹 Qonunchilikka koʻra, 2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha:

🔹 Har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga subsidiya ajratiladi;

🔹Tutzorlarni sugʻorish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qoʻllaniladi.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

Aloqa operatorlari har bir abonentga hisobida puli boʻlmaganda ham quyidagi xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini taʼminlashi kerak:

yongʻin xavfsizligi xizmati;
ichki ishlar organlari;
tez tibbiy yordam;
gaz tarmogʻining avariya xizmati;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

🚫 Mehnat kodeksiga ko‘ra, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.

➡️ Istisno tariqasida, o‘zaro yaqin qarindoshlarning birga xizmat qilishlari mumkin bo‘lgan xodimlar ro‘yxati mavjud bo‘lib, ro‘yxat bilan bu yerda tanishing.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi:

🔹 I va II guruh nogironlari, bolalikdan nogironlar;
🔹 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilganlar;
🔹 Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogironlar;
🔹 1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;
🔹 Baynalmilalchi jangchilar;
🔹 Chin yetimlar;
🔹 Yolgʻiz pensionerlar;
🔹 18 yoshgacha boʻlgan bolalar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari;
🔹 Chaqiriq komissiyalari xulosasi asosida mudofaa boʻlimlari yoʻllanmalari boʻyicha 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlganlar;
🔹 “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar;
🔹 1 yoshgacha bolali emizikli onalar.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka koʻra, ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, BHM ning uchdan bir qismi (90 ming soʻm) miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.

⚠️ Tamaki mahsulotini maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalarda isteʼmol qilish lozim.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap g‘oyalari tanlovlari tashkil etiladi hamda har bir tuman va shaharda kamida 3 nafardan g‘olibga grantlar berish amaliyoti joriy etilgan.

💰Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun BHMning 200 baravarigacha grant mablag‘lari beriladi.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

Xotin-qizlarga davlat granti asosidagi OTMga qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma qanday holatda beriladi?

🔰Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

🔹 Kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

🔹 Toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

🔹 Turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

🔹 Nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

🔹 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;

🔹 Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

👉 Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

🔰 Quyidagilar 60 kvadrat metr doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilinadi:

▫️ 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalar (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida);
▫️ pensionerlar (pensiya guvohnomasi asosida);
▫️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar (pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi ma’lumotnomasi asosida).

➡️ Toshkent viloyati xabarlari
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat bog‘chalari va maktablarga navbatga qo‘yilmasdan joylashtiriladi.

💰 Ularga texnikum, kollej, akademik lisey yoki OTMda o‘qiyotganda har o‘quv yilida 1 marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.

➡️ Toshkent viloyati xabarlari