Leaders.uz
8.79K subscribers
363 photos
137 videos
67 files
384 links
🏥Leaders Medical School [] Oliy Tibbiyot Maktabi

https://taplink.cc/leaders Sahifalar
@LMS_Qabul Online Kurs Qabul
@Leaders_Result Natijalar
Download Telegram
​​#Alhamdulillah | #yil_3 | #Leaders | #created

Barcha Olamlar Robbi bo'lgan Alloh Subhanahu va Taologa Hamd-u Sanolar, Olamlar Sarvari bo'lgan Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v. ga durudu salovatlar bo'lsin.

Alhamdulillah,  Bugun 28.05.2023y. ni ko'rish barchamizga nasib qildi. 3 yil avval xuddi shu kunda Alloh Subhanahu va Taoloning Hidoyati ila shu Leaders jamoasi tashkillandi.

Hikmatni qarang-ki, yaqin 1 oydan beri uyga qayta olmayotgan edim. Dublyaj videolar, Videodarslar tayyorlash, kitob yozish va hakozo sabablar bilan. Lekin bugun negadir o'zimga aniq bo'lmagan sabab bilan uyga shoshdim. Alloh ota-onalarimizni va yaqinlarimizni o'z rahmati bilan siylasin.

Farzandim ilm yo'lida deya, xattoki farzand sog'inchiga ham chidashmoqda. Barchamizning ota-onalarimiz qalblariga Hidoyat bersin va burchlarimizni ado etishlikni nasib qilsin.

Uyga qaytganimni ta'kidlaganim sababi, aynan shu joyda jamoa tashkillangan edi, hozir yana shu joyda yozmoqdaman.

6000 dan ziyod talaba bilan ilm yo'lida uchrashish nasib qildi (offline&online) ba'zilarining mas'uliyatsizlik sabablari ila ulardan saboq olgan bo'lsak, ba'zilarini ijobiy hislatlari sabab saboq oldik, in shaa Alloh davomli qilsin.

Ilm tolibi uchun eng kerak omilni sizga aytaman. Bu bir yerga o'rnashgach, Allohga to'kis tavakkal qilib, mehnatdan to'xtamaslik.

Jamoa sababi ila berilgan ne'matlardam Roziman Alhamdulillah. 

Jamoa shakllanishidagi hodisa qanday qilib birdan (suddenly) kelgan bo'lsa, hozir ham 3 yil bo'lgani haqidagi fikr birdan keldi. Shu onda o'yladik, "bugun bejiz uyga qaytmabman" - deya.

Bugun sizni ham #fikr laringizni bilmoqchi edik, 3 yil mobaynida maqsadimiz yo'lida qodir qilgancha harakat qilib nimadir ulasha oldikmi?

Va yana nimalarni kutmoqdasiz in shaa Alloh.

Fikrlaringiz bo'lsa #fikr deya
@Leaders_official_bot ga yuborishingiz mumkin.

Qadam bosilgan in shaa Alloh umrimiz yakuniga qadar bu qadamni to'xtatib qo'ymasin. Bizdan so'ng davom etuvchilar qadamini ham shaxdam qilsin in shaa Alloh.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

© "Leaders" jamoasi

00:10 | 28.05.2023y |
📍Chortoq

Telegram | Instagram | YouTube