Leaders.uz
8.98K subscribers
363 photos
137 videos
66 files
384 links
🏥Leaders Medical School [] Oliy Tibbiyot Maktabi

https://taplink.cc/leaders Sahifalar
@LMS_Qabul Online Kurs Qabul
@Leaders_Result Natijalar
Download Telegram
#sarhisob | #2022 | #2023 | #hisobot

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Alhamdulillah, bu postni muvaffaqiyatini omadga emas, mehnat va Alloh Subhanahu va Taoloning bergan ne'matlariga bog'laydigan ummatning bir kichik bo'g'iniga "munosib bo'lay in Shaa Allah" - deya o'y fikrlovchi inson sifatida yozyapman.

Deyarli har kuni qodir qilgancha kunlik hisobot qilaman o'zim uchun.
Hisobot uchun:
•Daftar, qalam, kalkulyator
•Comfort sharoit shart emas
.

Bugun mana, ham oy hisoboti, ham yil hisobotini qilaman in Shaa Allah.

Bugun tugamadi hali in Shaa Allah, hali vaqt bor, kunning so'nggigacha ummat uchun yokida hech bo'lmaganda o'zimiz uchun, kichik bo'lsada foydali amallar bilan to'ldirish nasib qilsin.

Va bu aytilgan kun so'nggigacha faqat bugun uchun emas, ya'ni Yangi yilga qasd qilgan holda emas. Har kunlik tartib deb o'ylayman.

Asli buni eslatishga juda ikkilandim, amalini qanchalik uddalay olaman, amali riyodan omonda qolarmikin - deya.

Ammo, Kimningdir shu #eslatma sababi bilan vaqti unumli bo'lsa - deya ulashdim.

Bu bir mening fikrim emas, ilm talabida yurgan, aynan Yurtimizdagi minglab, balki millionlab talabalarning fikri in Shaa Allah.

Ha, chindan shunday; Nega biz ko'rmaymiz unda - degan fikr kelsa, sabr qiling. In Shaa Allah ko'rasiz, talabalar avvalo bilish uchun ilm olmoqda, bilinish uchun emas - buni yetkazish mas'uliyati bor ekani uchun ham, bu qismni ham ulashdim.

Bu yilimizni barakali qilib bergan Alloh, yangi yilni ham bundanda barakali amallar bilan o'tkazishni, nafs yo'limizdan yana bir qadam uzoqlasha olishni nasib qilsin in Shaa Allah.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

©"Leaders" jamoasi Liderlari
#eslatma

Telegram kanallarda kanal egalari xabar joylagandan so'ng avtomatik keluvchi rasmdagi kabi xabarlar Kanal egalariga tegishli bo'lmaydi.

Kanal mazmuniga to'g'ri kelmagan va Kanal linki keltirilmagan har qanday xabarga qiziqib ketavermang.

*Bu faqat bizning kanalga emas, istalgan telegram kanalga tegishli eslatma.
Forwarded from Leaders Leisure
#Eslatma
#Qizlar
#Rasm

Ko'p hollarda qizlarimiz o'z hayollari bilan qaror qilishadi. Bir kichik ijobiy tomon ko'rishsa ijobiy roman, salbiy tomon ko'rishsa salbiy roman yozib qo'yishadi.

Ko'p vaziyatlarda esa o'zlarini rasmga olish holatlari ham bor. Rasmga tushishda uni ehtiyot qilib saqlashni ham bilish kerak.

Bir qizni o'zidan bexabar rasmlarini jamlab, ba'zilariga ishlov berib, telegram guruh va kanallarda "foxisha" deya ustidan pul ishlashgan. Qiz rasmga tushyotganda buni "yetti uxlab tushiga" ham keltirmaydi.

Yana boshqa bir xolatda yaxshi niyat bilan (o'zicha) gaplashib yurgan yigiti bilan bo'lgan qizning. Ikkovlari orasida bo'lgan bexayo ishlarini (ijtimoiy tarmoqda bo'lgan, videoga yozib olingan, rasm orqali bo'lgan) yigit telegram guruhlarga tarqatib yuborgan.

Ijtimoiy tarmoqdan to'g'ri foydalanmasangiz, sizga taqdim etuvchi kutilmagan "hadya"sidan pushaymon bo'lib qolishingiz mumkin.

Ayniqsa telegram ijtimoiy tarmog'ida anonymous holda ishlaydigan profillarni topish ancha qiyinroq.

‼️Ko'p rasmga tushuvchi, profil va story larida o'z rasm va videolarini saqlovchi, hamda doim faqat "yaxshi niyatda xolos-ku" deyuvchi opa-singillarimizni ogohlantirib qo'ying.
Ogohlik davr talabi!!!