Maftuna Hamidullayeva blogi
58 subscribers
20 photos
1 video
4 links
Azizlarim siz bu kanalda sizlar bilan uz hayotiy tajribalarim bilan bo’lishib boraman❤️❤️❤️
Download Telegram
#FAKT

AYOLLARNING ENERGIYASINI KEMIRUVCHI ODATLAR:

❣️Kech uxlash
juda ham kech uxlash ayolning kunduzi lanj yurishiga sabab boʻladi;

❣️Kech ovqatlanish
hazm qilishga katta energiya sarflanadi;

❣️Televizor qarshisida koʻp oʻtirish
serial koʻradiganlar koʻp energiyani yoʻqotadi; qahramonlar hayoti bilan boʻlib, ularni oʻylab energiya yoʻqotadi;

❣️Negatev insonlar bn suhbatlashish salbiy energiyasini sizga tashlab, siz uni koʻtarib uyingizga, oilangizga olib kirasiz;

❣️«Odamlar men haqimda nima deb oʻylaydi» deb oʻylash katta energiyani chiqarib yuboradi;

❣️Doimiy kelajak haqida oʻylash
«nima boʻlarkin, endi nima qilaman?»deb oʻylash;

🔺Gʻiybat qilish;

📌 Gina-kudurat, xafagarchilik katta energiyani olib qoʻyadi

@pediatronline
#FAKT

Psixologlarning takidlashicha:

👉1. Agar inson oddiy narsalarga ham kulaversa demak u ich-ichidan juda yolgʻiz.

👉2. Agar odam juda koʻp uxlasa demak u gʻamgin.

👉3. Agar inson tez lekin kam gapirsa demak u nimanidir yashirmoqda.

👉4. Agar inson juda koʻp miqdorda va tartibsiz ravishda ovqat yesa bilingki unda stress.

👉5. Agar kimdir yigʻlab oʻz gʻamini chiqara olmasa u judayam kuchsiz.

👉6. Agar inson kichik narsalarga ham yigʻlasa u aybsiz va yumshoq koʻngildir.

👉7. Agar inson kichik va arzimas narsalarga ham jahl qilsa, demak bu u insonning muhabbatga muhtojligini bildiradi.

@maftunahamidullayevna
#FAKT

⚡️ Sizni hayratga solishi mumkin bo'lgan faktlar

🤗 Ikki kishi orasidagi quchoqlashish odatda oʻrtacha uzunligi 3 sekundni tashkil etadi. Ammo tadqiqotchilar aql bovar qilmaydigan narsani topdilar.

🤗 Quchoqlash 20 soniya davom etganda esa, bu tanaga va ongga, qalbga shifo taʼsirini yaratar ekan.

🤗 Sababi, samimiy quchoqlashish sevgi garmoni deb nomlanuvchi oksitotsin gormonini ishlab chiqaradi.

🤗 Ushbu moddaning esa, jismoniy sogʻligimizda koʻoʻpgina afzalliklari bor. Bu bizga dam olishga, qoʻrquv va havotirlarimizni tinchlantirishga, xotirjam qilishga va asabiylikdan qutulishga yordam beradi...

🤗 Bu ajoyib trankvilizator har safar yaxshi koʻrgan insonlarimizni „achom-achom“ qilganimizda, bolajonlarimizni oʻpganimizda, raqsga tushganimizda bepul qalbimizni yorishishiga yordam berar ekan...

🤗 Unda bugunoq 20 soniya davomida sizga yaqin boʻlgan insonlarni quchoqlang va ularga ajoyib sevgi taqdim eting...

@maftunahamidullayevna
#FAKT

NIMA UChUN ODAMLAR KASAL BO'LIShADI? 🤒😷🤕


Ko'pincha biz “Odamlar nimaga kasal bo'lishadi?“ Degan savolga javob izlaymiz.
Bugun men boshqacha savol bermoqchiman: “Nima sababdan odamlar kasal bo'lishadi?“

🦠 Ba'zida kasallik odamga foyda keltiradi. Qanday? ⬇️


💊 O'ZGALARNING MEHR VA HURMATINI QOZONISh UChUN.

Agar inson o'ziga ishonmasa va hayotda ahamiyatni his qilmasa, u kasallik tufayli boshqalar tomonidan bunga erishishga harakat qiladi. Axir, azob-uqubatlarga dosh bergan kishi hurmatga sazovordir. Shundaymi azizim? Qurbonchaa bo'lib jalb qilamiz o'zimizga odamlarni. To'gri buni siz o'ylamaysiz. Lekin shunday holatlar ham bor...

💊 QIYIN QARORNI KEChIKTIRISh USULI.

Odamning o'zi yoki unga yaqin kishining jiddiy kasalligi uni muhim masalalarni hal qilishni keyinga qoldirishga majbur qiladi.

💊 ISTAKLARNI AMALGA OShIRIShDA.

Ular kasal odamning xohish-istaklarini tinglashga harakat qilishadi.
Shubhasiz, er kasal bo'lgan xotiniga uy atrofida yordam berishdan bosh tortmaydi.


💊 DIQQATNI JALB QILISh.

Biror kishi g'amxo'rlik, sevgi va baxtdan mahrum bo'lsa, u kasallik bilan o'ziga e'tiborni jalb qilishga harakat qiladi.
Kasal bo'lishingiz bilan, qarindoshlaringiz va do'stlaringiz qo'ng'iroq qilishni va ziyorat qilishni boshlashadi ... Tanishmi?


AMALIYoT:

Agar siz bunday munosabatdan xalos bo'lishni istasangiz, vaziyatni tahlil qiling:

🛎 O'zingizga savol bering: “BU KASALLIK MENGA NIMA BERMOQDA?“

🔗 Har bir fikrni halol va samimiy yozing yoki o'ylang. O'zingiz bilan ochiq bo'ling.

🔗 Har bir javobingizni his qilib yashab o'ting yozayotganingizda...

🔗 O'zingizga etishmayotgan narsani kasallikning yordamisiz olishga imkon bering.

🦠 KASALLIK UNGA EHTIYoJ YO'QOLGANDA YO'QOLADI. 🦠

⚠️ Chunki bu holatingiz bilan, siz kasal bo'lib o'zingizga zulm qilishingizga arzimaydi. Yaxshisi, o'z ustingizda ishlang. Tanangizni qiynamang....

Sog' bo'ling!

☝️ Kasal bo'lganda shifoni dori vositalaridan emas, balki avval anglamagan ongingizdan qidirib toping.

☝️ Sizga kasallik nima uchun kerakligi haqida hech o'ylab ko'rganmidingiz?

☝️Endi bilib oldingiz... va tuzalishga ham tayyor bo'ling

@maftunahamidullayevna