Мактабгача таълим
10.2K subscribers
13.5K photos
1.46K videos
644 files
1.8K links
Мактабгача таълим муассасаси ходимлари учун махсус канал!

Фотолавҳалар учун: @Lavhalar_MTM_bot

Алоқа ва реклама учун: @MTMuzb_bot


Фарзандингизни МТМга навбатга қўйиш масаласи бўйича мурожаат учун: https://my.gov.uz/ru/service/285
Download Telegram
5 йил стажга эга бўлган ходимларнинг қабулига оид айрим маълумотлар

#abituriyent

74 та ташкилотнинг 5 йил иш стажига эга бўлган 100 нафардан ходимлари суҳбат асосида сиртқи (5 йил) ва кечки (4 йил) шаклга тўлов-шартнома асосида қабул қилиниши мумкин. Шу жараёнлар ҳақида тушунтириш беришга ҳаракат қилдим.

Ташкилотлар рўйхати мана бу ерда:
t.me/xushnudbek/6602

Қабул қилиш тартиби мана бу ерда:
t.me/xushnudbek/2633

Тавсиянома бланкасининг шакли мана бу ерда:
t.me/xushnudbek/2631


Манба: @xushnudbek



Бизга қўшилинг👇
@maktabgacha_talim
❗️Bugun oxirgi kun: abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli bugun tugaydi
#abituriyent

🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi;

to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi, soniga cheklov yo’q.

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi. Bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.

❗️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

‼️ Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi.


👉 @xushnudbek 👈
Sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatiladimi?
#abituriyent

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatildimi?" degan savollar ko‘paydi. Shu bo‘yicha tushuntirish bermoqchiman.

1️⃣ Birinchidan, ushbu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yo‘nalishlariga taalluqli. Ro‘yxati yuqoridagi suratda berilgan. Mana shu 14 ta yo‘nalishga joriy yildan boshlab qabul to‘xtatildi.

Boshqa yo‘nalishlarda sirtqi taʼlim bo‘yicha qabul to‘xtatilmagan.

2️⃣ Ikkinchidan,
PEDAGOGIKA sohasida yo‘nalishlar ko‘p, yuqoridagi 14 tadan boshqa yo‘nalishlarga sirtqiga hamma topshira oladimi?

❗️Yo‘q, topshira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi.

Yana qaytaraman, bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boshqa sohalardagi yo’nalishlarga bu qarorning aloqasi yo’q.

Shuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yo‘nalish uchun kunduzgi va kechki taʼlim shaklida ham cheklovlar yo‘q, istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

ℹ️ Yuqoridagi maʼlumotlarning asosi: Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori


👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
#abituriyent

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477

Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/14934

❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.


👉 @xushnudbek 👈