НУРАФШОН ШАҲАР 57-МАКТАБ ХАЁТИ
253 subscribers
3.6K photos
554 videos
29 files
556 links
Канал админига мурожаатингиз бўлса
@olimsamatovich га мурожаат қилинг
Download Telegram
Forwarded from BUXORO MAKTABI. (Санжар)
​​​#QABUL2021 | #TAVSIYA

⚠️ Hali hujjat topshirmagan abituriyentlar uchun tavsiyasi:

💡Qabul kvotasi tasdiqlangandan so‘ng ro‘yxatdan o‘ting.

🤝 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish ko‘nikmasiga ega bo‘lmasangiz, bu borada tajribaga ega yaqinlar yoki davlat xizmatlari markazlari ko‘magidan foydalaning.

🔔 Ro‘yxatdan o‘tishdan avval tayyorlangan fanlaringizga mos yo‘nalishlarni obdon o‘rganib aniqlab oling (yo‘nalishlarni quyidagi fayl orqali ko‘rishingiz mumkin).

👨🏻‍💻 Yo‘nalishni tanlayotganda shu yo‘nalish bo‘yicha kamida oxirgi 3 yilda o‘tish ballari haqida bilib oling. Agar siz tayyorgarlik jarayonida to‘playotgan balingiz so‘nggi 3 yildagi o‘tish balidan yuqori bo‘lsa, demak, bu tanlovingiz talaba bo‘lish ehtimolini oshiradi.

☝️Yangi ochilgan yo‘nalishlar bilan qiziqing.

Kelajagingizni tasavvur qilolmaydigan yo‘nalishni tanlamang.

❗️ Ro‘yxatdan o‘tishda ma’lumotlarning to‘g‘ri to‘ldirilishiga e’tiborli bo‘ling.

🚫 Eng muhimi o‘qishga kirgizib qo‘yishga va’da beradigan firibgarlarga ishonmang, KORRUPSIYa holatlari ishtirokchisiga aylanib qolmang. Zero, katta hayotdagi ilk qadamingizni korrupsiya botqog‘iga botirishdan boshlamang.

📨 Barcha abituriyentlarga ulashing


https://t.me/buxoro_maktabi