MA'RIFAT TARG'IBOTCHILAR JAMIYATI
11.2K subscribers
18.8K photos
1.99K videos
21 files
4.99K links
Download Telegram
#marifat_karvoni
#Fargʻona_viloyati

🔸Fargʻonada tadbirlar qizgʻin pallada.

🔰Oltiariqning Toshkent MFYdagi 14-sonli musiqa maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda, Yuksalish, Shodlik, Xo‘jaqo‘rg‘on MYFlaridan fuqarolar qatnashdi.

🔹Tadbirda “Ma’rifat” targibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Xusanov,
O
zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Abdulla Shomagʻrupov, Bahodir Nishonov,
“Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyati a’zosi, shoira Xosiyat Rustamovalar ishtirok etdi.

🔸Boʻlib oʻtgan tadbir yigʻilganlarga xush kayfiyat bagʻishlash bilan bir qatorda ularni yurtimizda madaniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor bilan ham yana bir bor tanishtirishga xizmat qildi.

🌐“Ma’naviyat karvoni” butun Fargʻona viloyatining barcha tuman qishloqlariga kirib bormoqda.

@marifat_jamiyati
#manaviyat_karvoni
#Fargʻona_viloyati

🔹Ma’naviyat karvoni harbiy qismda

🔰 Yoshlarimizni haqiqiy vatanparvarlik, azmu shijoat, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalashda ziyolilar, faol va fidoyi olimlar hamda ijodkorlarni o‘rni katta.

🔰Bularni oʻziga maqsad qilib yoʻlga chiqqan “Ma’naviyat karvoni” tomonidan Oltiariq tumanining Katput MFYda joylashgan 9229-D harbiy qismda navbatdagi madaniy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Tolko‘cha, Yangiariq MFY aholisi ham qatnashdi.

🔸 Yigʻilganlarga xush kayfiyat bagʻishlagan tadbirda taniqli san’atkor va xonandalar ishtirok etishdi.

👉Kanalga ulanish: @marifat_jamiyati
#marifat_karvoni
#Fargʻona_viloyati

🔰 Bir hafta davomida Farg‘ona viloyatida poytaxtdan borgan uch yuzdan ziyod madaniyat, san’at namoyandalari, shoir va yozuvchilar, ma’naviyat fidoyilari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ishtirokida viloyatning shaharu qishloqlarida 350 dan ziyod konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi.

♻️ Mazkur tadbirlar davomida yarim milliondan ortiq aholi vakillari qamrab olindi.

✏️ Aytish kerakki, Ma’rifat karvoni davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan insonlar holidan ham xabar olindi, ko‘ngli ko‘tarildi.

📎 Fargʻona tumani “Xonqiz” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan 72 yoshli munis onaxon Ziyodaxon Azimova xonadoniga borilib, holidan xabar olindi. Ziyodaxon Azimova tadbir tashkilotchilariga tashakkur bildirdi.

https://t.me/marifat_jamiyati
#Fargʻona_viloyati
#Xalq_konstitutsiyasi_bilan_xalqchil_davlat_sari

♻️Fargʻona viloyati Dang'ara tumanidagi "Tеlimin" MFY hududida joylashgan  mahalla guzarida "Xalq Konstitusiyasi  bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostida "Ma'naviyat fеstivali"  o'tkazilmoqda.

🔹Tadbirda O'zbеkiston Xalqaro islom akadеmiyasi dosеnti Bektosh Bеrdiеv, O'zbеkiston  Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Axtamquli, O'zbеkistonda xizmat ko'rsatgan artist Qursiya Esonovalar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar soni 200 nafardan ortiq.

🔹Mazkur tadbirda ishtirok etgan ziyoli guruhi aʼzolari yigʻilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir barchaga birdek manzur boʻldi.

📸 Tadbirdan fotolavhalar

🌐@marifat_jamiyati
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

"Yoshlar oyligi" loyihasi doirasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy festival ishtirokchilari Oltiariq tumani Povulgon MFYda yashovchi Shuhratjon Òrinboyev va Toshobod MFYning eng faol yoshlaridan Sarvarbek Umaraliyevlar xonadoniga tashrif buyurdilar.

"Inson qadri va mehr-saxovat" loyihasi doirasidagi mazkur tadbirda barcha inson bu dunyoda mehr-e'tiborga munosib ekanligi, jamiyatda òz òrniga egaligi alohida ta'kidlab òtildi.
Ayniqsa, Sarvarbekning "Tashabbusli byudjet" loyihasida ovoz toplashda faol ishtirok etganligi barcha yiģilganlarni hayratda qoldirdi.

@marifat_jamiyati
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

🔰"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"  shiori ostida davom etayotgan yoshlar sayllari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

🔹Ayni paytda Farg‘ona davlat universitetida" Ziyolilar forumi" bo‘lib o‘tmoqda. Unda poytaxtimizdan tashrif buyurgan "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, olimlar hamda viloyatdagi umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, yoshlar ishtirok etmoqda.

🔹Forumni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ochib, barchani Qurbon hayiti hamda Yoshlar kuni bilan tabrikladi. Yuridik fanlari doktori Feruza Muhiddinova mamlakatimizdagi islohotlar haqida so‘z yuritdi.

@marifat_jamiyati
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"  shiori ostida davom etayotgan yoshlar sayllari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Ayni paytda Farg‘ona davlat universitetida" Ziyolilar forumi" bo‘lib o‘tmoqda. Unda poytaxtimizdan tashrif buyurgan "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, olimlar hamda viloyatdagi umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, yoshlar ishtirok etmoqda.

Forumni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ochib, barchani Qurbon hayiti hamda Yoshlar kuni bilan tabrikladi. Yuridik fanlari doktori Feruza Muhiddinova mamlakatimizdagi islohotlar haqida so‘z yuritdi.

@marifat_jamiyati
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

Fargʻona davlat universitetida davom oʻtayotdan forum doirasida "Mening farzandim Oʻzbekiston faxri" loyihasi oʻtkazildi. Turli sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan viloyatimizning bir guruh yoshlari va ularning ota-onalari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati tomonidan tashakkurnomalar hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Respublika targʻibot guruhi aʼzolari yoshlarga samimiy tilaklarini bildirishdi.

TAQDIRLANGANLAR

Shermatov Qobiljon Otaqo‘zi o‘g‘li

Olimova Zuhrabonu

Mo‘ydinxo‘jaev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li

Davlatjon Karimov Shermuhammad o‘g‘li

Ubaydullayev Abduvoxid Muxiddin o‘g‘li

Yetmishboyev Shaxzodbek Ma’murjon o‘g‘li

Anorova Mashrabxon Anvarjon qizi

Ismoilova Sharofatxon Salimjon qizi

Ergasheva Nilufar Akramjon qizi

Nishonov Kamoliddin Axrorjon o‘g‘li


@marifat_jamiyati
#mustaqillik32
#Fargʻona_viloyati

🇺🇿YANGI HAYOT UCHUN YANGI OʻZBEKISTON UCHUN!

Fargʻonada "Yangi Oʻzbekiston davlati", "Yangi Oʻzbekiston" fotokoʻrgazmasi, "Yangi Moʻynoq" kitob-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🌐 Batafsil: https://telegra.ph/Farg%CA%BBonada-kitob-taqdimoti-08-26

@marifat_jamiyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_taraqqiyotiga_mening_hissam
#Fargʻona_viloyati


Farg‘ona shahridagi 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda shahar va tuman bosqichlaridan g‘olib bo‘lganlar 3 ta yo‘nalishda bellashadi.

🌐https://t.me/marifat_jamiyati
#Vatan_taraqqiyotiga_mening_hissam
#Fargʻona_viloyati
#jarayon

Tanlovda15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar

🔹“Tasviriy va amaliy san’at”

🔹“Adabiyot va publisistika” (nazm, nasr va publisistika)

🔹“Milliy maqom va milliy estrada” yo‘nalishida o'zaro bellashmoqdalar

🌐https://t.me/marifat_jamiyati
#Vatan_taraqqiyotiga_mening_hissam
#Fargʻona_viloyati

“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovining Farg'ona viloyati bosqichi g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹“Tasviriy va amaliy san’at” yo'nalishida Pokizot Jaloliddinov, “Adabiyot va publisistika” (nazm, nasr va publisistika) yo'nalishida
Qodirova Nigina ,“Milliy maqom va milliy estrada” yo‘nalishida Mehrangiz Xotamaliyevalar g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🔹G‘oliblar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limining Diplomi hamda eng sara kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

🌐https://t.me/marifat_jamiyati
#Online
#Fargʻona_viloyati

Avval xabar berganimizdek, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati,  Oliy Majlis to‘ huzuridagi jamoat fondi hamkorligida hududlarda  “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosining roli” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni damda Farg‘ona viloyatida anashunday navbatdagi o‘quv-seminar o‘z ishini davom ettirmoqda. Seminarda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, ma'naviyat tizimi vakillari hamda olimlar tomonidan ishtirokchilar bilan turli interaktiv amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Jarayondan fotolayhalar:


👉Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube