MA'RIFAT TARG'IBOTCHILAR JAMIYATI
11.2K subscribers
18.8K photos
1.99K videos
21 files
4.99K links
Download Telegram
#Jarayon
#Surxondaryo

Oltinsoy tumanida O'zbekiston Xalq yozuvchisi, A.Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog'ay Murod tavalludining 76 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

"Tog'ay Murod" mahalla markazining faollar zali adabiyot ixlosmandlari, bilan gavjum bo'ldi.

Tuman hokimligi va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu adabiy kechada yozuvchining yorqin xotiralari yodga olindi.

Anjumanda "Ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, "Xalq va hayot'" gazetasi bosh muharriri Normurod Temirov , To‘g‘ay Murodning o‘ziga xos ijod yo‘li, asarlarida qahramonlar siymosida o‘z aksini topgan o‘zbekona oriyat, g‘urur, diyonat, ma'naviyat va qadriyatlar kabi jihatlari haqida so‘z yuritdi.

Tadbir so'ngida faol qatnashgan o'quvchilar tashkilotchilar tamonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

⤵️Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Sirdaryo

"Jadidlar jasorati- millatimiz faxri" mavzsida ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar bo'lib o'tdi.


⤵️Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#Jarayon

Tashkent International universityda
o‘zbek adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan, buyuk mutafakkir va davlat arbobi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

⚡️ Anjumanda universitet talabalari, professor-o'qituvchilar hamda "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi bo'lim boshlig'i, Rustam Musurmon ishtirok etdi.

📚 Tadbir so'nggida shoir Rustam Musurmon tomonidan universitet axborot resurs markaziga O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan kitoblar sovg'a sifatida topshirildi.

⤵️Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#Jarayon

Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida 11- fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag'ishlangan "Ilmli ayol-jamiyat ko'zgusi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

⚡️ Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiati a'zosi va ekspertlar komissiyasi a'zosi, falsafa fanlari doktori professor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan "Yoshlar murabbiysi", xalqaro toifadagi spiker Jamila Shermuhamedova, Yunusobod tuman hokim o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i D.Muxsinova, "Yangi Tarnov" mahallasi oila va xotin-qizlar faoli Sh.Toshkenboyevalar ishtirok etdi.

❇️ Anjumanda jamiyatda ayollarning o'rni bugungi kunda ularga yaratilayotgan imkoniyat-imtiyozlar haqida so‘z yuritildi. Hayotiy saboqlar asosida qizg‘in savol-javoblar olib borildi. Faol qatnashganlar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

⤵️Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Navoiy_583

⚡️G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.


Unda Buxoro viloyat hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari, BuxDU rahbariyati hamda professor-o'qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#Jarayon

✍🏻 Jahon adabiyotining yirik namoyandasi Mark Tven:  "Kitobga to‘la uyning fayzi shu qadarki, ularni varaqlamay turib, sen o‘zingni ulardagi donolik sharbatini simirayotgandek his qilasan" – degan edi.

⚡️Samarqand shahridagi Chashma mahallasida kutubxona tashkil etildi.

📚 Ochilish marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari Farhod Nazarov, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi.

Ushbu kutubxona fondiga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan 100 dona sara badiiy kitoblar taqdim etildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#Jarayon

“Ustoz” ijtimoiy loyihasi uchun tasvirga tushirish jarayonlari


O‘zbekiston Qahramoni, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi Munojat Yo‘lchiyeva

🖊 O‘zbekiston xalq shoiri, "Jadid" gazetasi bosh muharriri, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi Iqbol Mirzo

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

⚡️Buxoro Davlat universitetida Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan taniqli olima, falsafa fanlari doktori, professor, xalqaro toifadagi spiker, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Jamila Shermuhammedova ishtirokida "Ayol jamiyat ko‘zgusi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#Jarayon

Jizzax viloyatida ham "Ezgulik – shiorimiz, ma'rifat qurolimiz!" shiori ostidagi  madaniy-maʼrifiy tadbirlar boshlandi.

⚡️ Baxmal hamda Zafarobod tumanlarida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda  umrini farzandalari taʼlim-tarbiyasiga bag‘ishlab, ularni jamiyatda o‘z o‘rinini topishiga munosib hissa qo‘shgan  onalar ishtirok etdi.

 Anjuman davomida “Mehr-saxovat” loyihasi asosida imkoniyati cheklangan shaxslar xolidan xabar olindi.

🌲“Yashil makon" loyihasi doirasida 40 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#jarayon

Farg’onada «Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz!» shiori ostida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday ma’rifiy targ‘ibot karvoni Toshloq tumani Furqat MFYda joylashgan 2- maktabda bo‘lib o‘tdi. Tadbirga mahallada istiqomat qilayotgan 300 nafar xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbirda poytaxtimizdan tashrif buyurgan olimlar, yozuvchi-shoirlar, san’atkorlar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar muhtaram Prezidentimizning 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda so‘zlagan nutqi hamda mamlakatimiz  ayollariga qilgan murojaatlarini mazmun mohiyati haqida so‘z oldilar.

Ilm –fan, madaniyat, sport kabi yo‘nalishlarda yutuqqa erishgan o‘quvchilarning onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook
#jarayon

Sirdaryoda «Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz!» shiori ostida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday ma’rifiy targ‘ibot karvoni Oqoltin tumani Yangi davr MFYda joylashgan Sardoba Madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga mahallada istiqomat qilayotgan 220 nafar xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbirda poytaxtimizdan tashrif buyurgan olimlar, yozuvchi-shoirlar, san’atkorlar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar muhtaram Prezidentimizning 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda so‘zlagan nutqi hamda mamlakatimiz  ayollariga qilgan murojaatlarini mazmun mohiyati hamda Navro'z umumxalq bayrami, milliy urf- odat va ana'nalar haqida so‘z oldilar.

⤵️Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Ko‘ngil burjidagi suhbatlar, samimiy, do‘stona dillashuv, qizg‘in bahs-munozara, dilbar qo‘shiqlar-u, ohangrabo raqslar, orzu-umidlar, maqsadlarning birlashuvi, shukronalik tantanasi – “Ezgulik — shiorimiz, maʼrifat — qurolimiz!” shiori ostidagi madaniy-ma'rifiy tadbirlarda.

⚡️ Jizzax viloyati, Zomin tumani


Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#jarayon

Yashil makon — vijdonimiz, bo‘lajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi mas’uliyatimizdir.

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyati, olimlar, yozuvchi, shoirlar, san’atkorlardan iborat ziyolilarni bir joyga to‘plab, “Ma’rifat bog‘i” tashkil qilish maqsadida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga yoʻl oldi.

⤵️Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#jarayon

Yashil makon — vijdonimiz, bo‘lajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi mas’uliyatimizdir.

⤵️Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#Jarayon

Bugun Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Xonatlas” festivali loyihasi doirasida "Milliy ma'naviy meros va qadriyatlarimiz" mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi. Anjumanni Vazirning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Obiddin Maxmudov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Maʼrifiy kechaga “Maʼrifat” targ‘ibotchilari jamiyati aʼzolari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Zebo Mirzayevalar Milliy meros – tarixiy taraqqiyotning oʻtmishga aylangan bosqichida muayyan millatning ajdodlari aql-zakovati, qobiliyati va mehnati bilan yaratilgan barcha moddiy va maʼnaviy boyliklar majmuini ifodalovchi tushuncha ekanligi borasida so‘z yuritdilar.

⤵️Rasmiy sahifalarimiz👇🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube  | Veb-sayt
#Jarayon
#Namangan

Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosining roli” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan o‘quv-seminar sho‘balarga bo‘lingan holda olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun, o‘quv-seminar ertaga – 2-may kuni ham davom etadi.

🎞 Jarayondan fotolavhalar

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#Jarayon

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida
15-may Xalqaro oila kuniga bagʻishlagan “Ayol maʼnaviyati oila mustahkamligini taʼminlashda muhim omil” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, Falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro toifadagi spiker, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova ishtirok etdi.

Anjuman davomida talaba-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis javobini oldilar. Tadbir koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#Jarayon

15-may – Xalqaro oila kuni

Namangan viloyati Uychi tumani mahallalarida faoliyat yuritayotgan "Ma'rifat" targ'ibotchilari tomonidan bugungi kunda ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tumandagi “Erkatoy” MFYda bo‘lib o‘tgan “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” mavzusidagi tadbir ham shular jumlasidandir.

Mazkur ahjumanda “Erkatoy” mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar, yosh sportchilar, faol yoshlar, mahalla "Ma'rifat" targ'ibotchilari ishtirok etdilar.

Oilada farzandning burchi, mas’uliyati kabi qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tgan tadbir qatnashchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Live
#Jarayon

"Ma’rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Javdat Po‘latov tomonidan oʻtkazilgan — Targʼibotchilarning yoshlar bilan ishlash jarayonida «qadriyatlar» va «maqsadni belgilash» mavzusidagi psixologik treningi bo'lib o'tdi.

Jarayondan fotolavhalar

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Jarayon

🎞 "USTOZ" ijtimoiy loyihasining tasvirga olish jarayonlari

🎓 “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov

⤵️Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube  | Veb-sayt