ХАЛҚ ТАЪЛИМИ
581 subscribers
555 photos
107 videos
222 files
481 links
Fotolavhalarni joylash uchun @Avazbek_admin ga murojaat qiling
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/+SslcZDC1BpkNgkNT
Download Telegram
Toifaga talabgor pedagoglar attestatsiyaga qatnashish toʻlovini 25 fevralga qadar toʻlashlari kerak boʻladi.

Toʻlov eng kam ish haqining 100% miqdorida amalga oshiriladi.

#Maʼlumot_uchun, hozirgi kunda eng kam ish haqi — 202 730 soʻm

#Eslatma

Toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda, attestatsiya jarayonida qatnasha olmaysiz!

👇👇👇👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAErJXGSZKPqLaxCqPA
#Eslatma

⚡️OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI

Barchamizga maʼlumki, ilgari oʻquvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda boʻlsin xoh darsdan tashqarida boʻlsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning oʻrinbosarlari javobgar boʻlardi. Misol uchun oʻquvchi taʼtil vaqtida qoʻshnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari oʻsha oʻquvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi.

Koʻp hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilar edi. Oʻquvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar koʻrilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan.

Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 22-fevral kungi 41-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

❗️Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 270 ming soʻmdan 1 mln 350 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

©️ Xalq taʼlimi info