MinInnovation
4.91K subscribers
8.32K photos
1.04K videos
38 files
5.06K links
Инновацион ривожланиш хабарлари
Новости инновационного развития
News of innovative development

@mininnovation

links:
www.mininnovation.uz
fb.com/mininnovation.uz
https://bit.ly/Minnovationuzb
☎️(71)2033231
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Endi “Web of Science” xalqaro ilmiy bazasidan 3 yil bepul foydalanish mumkin

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Web of Science”ga Oʻzbekiston Milliy obunasini tashkil etish” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Unda vazirlik mutasaddilari, “Clarivate” kompaniyasi vitse-prezidenti Xotorn Stiven, Jahon bankining Vazifalar guruhi rahbari Yerali Beksultan hamda oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari masʼullari, olim-tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Batafsil➡️https://edu.uz/uz/news/view/5100
〰️〰️〰️

Предоставлен бесплатный доступ на три года к международной научной базе данных «Web of Science»

Сегодня в Министерстве высшего образования, науки и инноваций состоялось мероприятие на тему «Организация национальной подписки Узбекистана на «Web of Science». В нем приняли участие уполномоченные лица Министерства, президент компании «Clarivate» Хоторн Стивен, руководитель группы Всемирного банка Ерали Бексултан, а также проректоры по научной работе и инновациям ВОУ, заместители директоров НИИ и ученые.

Подробно➡️ https://edu.uz/ru/news/view/5100

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Ibrohim Abdurahmonov
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston–Misr: oliy taʼlim va ilm-fan sohalarida aloqalar mustahkamlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Misr Arab Respublikasiga xizmat tashrifi doirasida Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Ayman Ashur bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5153

Узбекистан-Египет: укрепляются связи в сфере высшего образования и науки

Министр высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан Иброхим Абдурахмонов провел переговоры с министром высшего образования и научных исследований Айманом Ашур в рамках его официального визита в Арабскую Республику Египет.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5153

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
Forwarded from Innovatsiyalar Milliy ofisi (Nargiza Fayazova)
#xalqaro_hamkorlik

🤝 Bugun, 10-mart kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori v.b. Farhod Jumayev, Innovatsion rivojlanish agentligi xalqaro reytinglar bo'yicha mas’ul xodimlari va Ekvita konsalting kompaniyasi vakillari o’rtasida Jahon bankining “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi muhokamasi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

📌 Uchrashuv davomida “Murabbiylik va biznes-inkubatsiya” qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari loyihasi bo’yicha shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

📍Bundan tashqari, loyiha doirasidagi keyingi bosqichlarni, xususan startap loyihalarini qabul qilish jarayonlarini jadallashtirish masalasi ko’rib chiqildi.

Shuningdek, muzokaralar davomida Farg‘ona vodiysidagi oliy ta’lim muassasalarining innovatsiyalarga mas’ul xodimlari hamda mazkur hududlardagi tadbirkorlar uchun “Biznes-inkubatsiya va biznes-akseleratsiya” yo’nalishlarida seminar-treninglar tashkil etilib, seminar yakunida ishtirokchilarga xalqaro sertifikat topshirilishiga kelishib olindi.
#Xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma laboratoriyasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yangi dori vositalari boʻyicha “Bir makon, bir yoʻl” qoʻshma laboratoriyasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov hamda Shinjon avtonom viloyati xalq hukumati bosh kotibi oʻrinbosari janob Van Ley ishtirok etdi.

Ochilish marosimi doirasida Shinjon tibbiyot universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5232



Состоялось открытие совместной узбекско-китайской лаборатории

Состоялась официальная церемония открытия совместной лаборатории новых лекарственных средств «Один пояс, один путь», действующей в Ташкенте. В ней приняли участие первый заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Комилжон Каримов и заместитель Генерального секретаря Народного правительства Синьцзянского автономного района г-н Ван Лей.

В рамках церемонии открытия подписан меморандум о взаимопонимании между Синьцзянским медицинским университетом и Ташкентской медицинской академией.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5232

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Sankt-Peterburg Iqtisodiyot oliy maktabining rasmiy taklifi asosida Ilmiy-texnik axborot markazi jamoasi “Sankt-Peterburg Texnoparki”ga tashrif buyurdi va Texnopark direktori Oleg Yakimov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Sankt-Peterburg Texnoparki hamkorlikda faoliyatni amalga oshirish boʻyicha fikrlar bildirdi va tomonlar turli ilmiy-amaliy tadbirlarni oʻzaro takliflar asosida tashkil etishga qiziqish bildirdi.

_ _ _ _ _ _

По приглашению Санкт-Петербургской высшей школы экономики представители Центра научно-технической информации посетили «Санкт-Петербургский Технопарк» и встретились с директором Технопарка Олегом Якимовым.

В ходе встречи представители Технопарка Санкт-Петербурга высказали мнения о реализации совместной деятельности, а стороны выразили заинтересованность в организации различных научно-практических мероприятий на основе взаимных предложений.

@cntiuz
@mininnovation
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o'rinbosari Bunyod Raxmatullayev Germaniyadagi "Hannover Messe" ko'rgazmasida ishtiroki doirasida Fraunhofer uyushmasi vakillari bilan uchrashdi.

📍Fraunhofer Germaniyaning eng yirik amaliy-tadqiqotlar tashkiloti bo'lib, u 70dan ortiq ilmiy tadqiqot institutlari va texnogiyalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni birlashtiradi va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va tijoratlashtirish sohasini barcha bosqichlarida dunyoning yetakchi tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

🤝 Fraunhofer-Gesellschaft uyushmasi bilan o'tkazilgan uchrashuv davomida tomonlar yuqori texnologik uskunalar, xususan kabel va lazer texnologiyalari sohasida tajriba almashish va uskunalarni transfer qilish borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
#seminar #xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) bilan hamkorlikda tarmoq korxonalardagi innovatsiya bo‘yicha mas’ul bo‘linma rahbarlari uchun joriy yilning 2-may kuni xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida maxsus “Chief Innovation Officer workshop” seminari tashkil etildi.

Unda xalqaro va mahalliy ekspertlar, jumladan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE), BUREAU VERITAS kompaniyasi, "O'zsanoatqurilishbank" vakillari tomonidan innovatsion mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish va xalqaro standartlashtirish, innovatsiyalarni rivojlantirish uchun davlat-xususiy sheriklik modellari, startaplar va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda venchur fondlarining roli, Innovatsiyalar Milliy ofisining tarmoq korxonalar bilan hamkorligi va texnologiyalar transferiga ko‘maklashishdagi roli kabi mavzularda taqdimotlar o‘tkaziladi.

Batafsil



Сегодня Национальный офис внедрения инноваций и трансфера технологий Министерства высшего образования, науки и инноваций совместно с Европейской экономической комиссией ООН (UNECE) провели специальный семинар «Chief Innovation Officer workshop» с участием местных специалистов.

В нем приняли участие международные и местные эксперты, в том числе представители Европейской экономической комиссии ООН (UNECE), компании BUREAU VERITAS и Узпромстройбанка. Обсуждены инновационные продукты для экспорта и международная стандартизация, модели государственно-частного партнерства для развития инноваций, финансирования стартапов и инновационных проектов. Состоялись презентации на такие темы, как роль венчурных фондов, роль Национального офиса инноваций в сотрудничестве с отраслевыми предприятиями, а также содействия трансферу технологий.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi vakillari Germaniyaning yirik Berlin Partner for Business and Technology kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkillashtirishdi.

📌Berlin Partner for Business and Technology iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish yo'nalishlarida xalqaro hamkorlik qiluvchi yirik davlat kompaniyasi bo'lib, hozirgi kunga qadar 4500 dan ortiq startap va skeylap loyihalarni rivojlantirish va moliyalashtirishda qatnashgan.

🤝Uchrashuv davomida Germaniya va O’zbekiston o’rtasida innovatsiyalar, texnologiyalar transferi, startap va tadbirkorlikni rivojlantirish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni jadallashtirish va sohalar yuzasidan tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mamlakatimizdagi startaplar uchun Yevropa bozoriga chiqish imkoniyatlarini o'rgatuvchi qo'shma loyihalar ishlab chiqishga kelishib olindi, Berlin Partner vakillariga bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

💡Berlin Partner vakillari O'zbekistonda tashkil etiladigan innovatsion g'oyalar haftaligi INNOWEEK-2023 da qatnashish uchun taklif etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
#xalqaro_hamkorlik

Sirdaryo viloyatida tashkil etilayotgan klasterda biotexnologik ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumi doirasida bo‘lib o‘tgan «B2B» muzokaralarida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qator kompaniya vakillari bilan bo‘lajak hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5354


В создаваемом в Сырдарьинской области кластере будет запущено биотехнологическое производство

В ходе переговоров в формате «В2В», прошедших в рамках узбекско-китайского бизнес-форума, министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов провел переговоры о будущем сотрудничестве с представителями ряда компаний.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5354

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇹🇷Bugun, Innovatsiyalar Milliy ofisi vakillari “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki hamda Turkiyaning “Ostim Oraganize Sanayi Bölgesi Müdürlügʻü” kompaniyasi tashabbusi bilan Toshkentda tashkil etilgan “Oʻzbek-turk ishbilarmon doira vakillarining biznes uchrashuvlari”da qatnashib, bir qator turk kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib bordi.

📌Ushbu tadbirning asosiy maqsadi ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy, sanoat kooperatsiyasi va investitsiya aloqalarini kengaytirishga qaratilgan. Delegatsiya tarkibida elektrotexnika, togʻ-kon sanoati, mashinasozlik, yashil energetika, dasturiy taʼminot, muhandislik kabi sohalarda ishlab chiqaruvchi, savdo va xizmat koʻrsatuvchi kompaniya vakillari mavjud.

⚡️Tadbir davomida Innovatsiyalar Milliy ofisi vakillari Turkiyaning sog'liqni saqlash sohasida xizmat ko'rsatuvchi yirik kompaniyasi Medster bosh direktori Aysu O'zturk bilan uchrashib, O'zbekistonning tibbiyot sohasiga yangi ilg'or va innovatsion yechimlarni joriy qilish, xususan tibbiy implantlarni hamkorlikda ishlab chiqarish masalasi muhokama qilishdi.

🤝Shuningdek, KARTAL METAL GALVANIZ SAN. TIC.A.S kompaniyasi vakillari bilan ham uchrashib, metallurgiya va mis sanoatidagi innovatsion ishlanmalar bilan tanishildi va O'zbekistondagi sanoat korxonalari bilan hamkorlik o'rnatish masalasi ko'rib chiqildi.
#xalqaro_hamkorlik #innovatsiyalar

🇺🇿🇨🇳Paxtakor innovatsion tumanida joylashgan “Semrug’ cluster” MCHJ innovatsion urug’chilik klasteri rahbari Shohhasan Suvonqulov joriy yilning 6-8-iyun kunlari Xitoyning Beijing, Guangzhou, Qingdao shaharlarida Xitoyning yirik kompaniyalari bilan innovatsion to'qimachilik dastgohlari, ip yigiruv, mato to'quv, bo'yoq hamda tayyor kiyim kechak ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Xitoyning innovatsion texnologiyalari asosida “SEMRUG’ CLUSTER” MChJ tarkibida paxta tolasidan ip kalava, mato va trikotaj mahsulotlari hamda tayyor kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi innovatsion to‘qimachilik korxonasi tashkil etiladi. Natijada korxonada yiliga 2,5 mln. dona tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishi, 1,2 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi hamda qo‘shimcha 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#xalqaro_hamkorlik

12-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” ommaviy aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kamaz kunlari” oʻz ishini boshladi.

Tadbirni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ochib berdi.

Bugungi kunda “KAMAZ” kompaniyasida sinovchi-haydovchi, avtomobillarni taʼmirlash chilangari, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish kabi mashinasozlik sohasidagi kasblar boʻyicha 1500-2000 nafar oʻrta boʻgʻin kadrlarga ehtiyoj mavjud.

“Kamaz kunlari” 4 kun davom etadi (12-13-iyun kunlari Toshkent shahrida hamda 15-16-iyun kunlari Samarqand viloyatida).

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5411

————

12 июня дан старт дням "Камаза", которые проводятся при содействии Министерства высшего образования, науки и инноваций совместно с ОАО «КАМАЗ» Российской Федерации.

Мероприятие открыл заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Сарвархон Бузрукхонов.

Первый день мероприятия прошел в технопарке ИННО при Министерстве с участием выпускников высших образовательных учреждений и профессиональных училищ, колледжей и техникумов Узбекистана в сфере автомобильного производства и технического обслуживания, руководителей и преподавателей профильных учебных заведений.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5411

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Germaniya Ta’lim va tadqiqotlar federal vazirligi vakili Karsten Xayns bilan uchrashdi. U 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining yuqori martabali maslahatchisi lavozimida O‘zbekistonda faoliyat yuritgan.

Uchrashuv davomida Germaniya Ta’lim va tadqiqotlar federal vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan O‘zbekiston -Germaniya ilmiy loyihalar tanlovining amalga oshish holati, "Innoweek.uz-2023" innovatsion g‘oyalar haftaligida germaniyalik hamkorlar bilan konferensiya o‘tkazish rejalari muhokama qilindi.

Vazir K.Xaynsni Innovatsion g‘oyalar yetakchisi ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.



Министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов встретился с представителем Федерального министерства образования и научных исследований Германии Карстеном Хайнц. Напомним, в 2018-2022 годах К.Хайнц осуществлял свою деятельность в качестве высокопоставленного советника министра инновационного развития Республики Узбекистан.

В ходе встречи обсуждена работа, осуществляемая совместно с Федеральным министерством образования и научных исследований Германии, в том числе статус узбекско-германского конкурса научных проектов, а также планы по проведению конференции с немецкими партнерами в рамках недели инновационных идей «Innoweek.uz-2023».

Министр наградил К. Хайнца нагрудным знаком "Лидер инновационных идей".

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#live
#Xalqaro_hamkorlik

“Intellektual mulk siyosati va texnologiyalar transferi” seminari 2-kunidan o’rin olgan mavzular:

Ixtirolar va intellektual mulkni boshqarish

Amaloy tadqiqotlar bo’yicha guruh ishi

Kornell universiteti vakili Richard Cahoon bilan savol-javob sessiyasi

Intellektual mulk huquqlarini “PSRI”dan xususiy sektorga samarali o‘tkazish uchun asos yaratish

Texnologiyalar transferi va davlat-xususiy sheriklik

Seminardagi mavzularni ushbu havola orqali onlayn tomosha qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM