MinInnovation
4.96K subscribers
8.32K photos
1.04K videos
38 files
5.06K links
Инновацион ривожланиш хабарлари
Новости инновационного развития
News of innovative development

@mininnovation

links:
www.mininnovation.uz
fb.com/mininnovation.uz
https://bit.ly/Minnovationuzb
☎️(71)2033231
Download Telegram
Forwarded from "Innovator" jurnali
#Innovator
#xushxabar

⚡️"Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining respublika bosqichida g'oliblar safidan joy olgani bilan siz-u bizga tanilgan qahramonimiz Mahammadjonov Qudratbek "Yil talabasi" tanlovining respublika bosqichida "Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi" nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rin sohibi deb topildi.

🎉🎉🎉"INNOVATOR" jurnali jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan innovatorimizni samimiy muborakbod etadi hamda Qudratbekning kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Forwarded from "Innovator" jurnali
#xushxabar

🌐Mamlakatimiz bo'ylab yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilib olgan "Biznesga birinchi qadam" startap g'oyalar tanlovining tuman va viloyat bosqichlari o'tkazilib kelinmoqda!

💐Ushbu tanlovda Akbarali Turdiyev"INNOVATOR" jurnali qahramonlaridan biri — o'zining "Elektrotraktor" loyihasi bilan ishtirok etib, g'oliblar safidan joy oldi va 60 mln soʻmlik vaucher bilan mukofotlandi.

"Innovator" jurnali jamoasi ushbu eʼtirof bilan innovatorimizni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar quchishini tilab qoladi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Forwarded from Edu.uz
#xushxabar

O‘zbekistonlik qizlar jamoasi Kaliforniyada “Technovation Girls—2023” xalqaro tanlovi finalida uchinchi o‘rinni egalladi

Joriy yilning 3-8-oktabr kunlari Silikon vodiysida (AQSh) “Technovation Girls—2023” dasturining World Summit (xalqaro final) bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston nomidan 5 nafar ishtirokchi va murabbiydan iborat “Tecnas” jamoasi ishtirok etdi.

O‘zbekistondan Senior-jamoasi (16-18 yosh toifasi) birinchi marta xalqaro musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi va dunyoning 2 500 dan ortiq jamoalari orasidan eng yaxshi 12 ta jamoadan biriga aylandi.

5-oktabr kuni loyihani taniqli IT-kompaniyalar vakillaridan iborat ekspert hakamlar hay’atiga taqdim etib, jamoamiz “Social Impact Award” (ijtimoiy muammolarni hal qilishga hissa qo‘shadigan eng yaxshi Technovation loyihasi uchun mukofot) nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube